Dasrning turi: Amaliy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Masalalar yechish .
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsning bayoni.
variant.
1. Tarkibida 77,5 % 35Cl va 22,5 % 37Cl bo‘lgan xlor elementining
nisbiy atom massasi topilsin
2.. Uranning izotopi bitta alfa va - zarracha sochishi natijasida
qaysi elementning izotopi hosil bo‘ladi
3. 4,0 g noma’lum oddiy modda bilan suvning ta’sirlashishidan 30 oC harorat va 202,65 kPa
bosimda 1243 ml vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, shu moddani aniqlang.
15 %-li, 1,8 l (=1,102 g/ml) H2SO4 eritmasini tayyorlash uchun 40 %-li
(=1,302 g/ml) H2SO4 eritmasidan necha ml olish kerak?
140 g massali 0,2 massa ulushli (=1,25 g/ml) va 120 ml 1,5 M KOH
eritmalari aralashtirilganda hosil bo‘lgan eritmaning molyar konsentratsiyasini toping.
2-variant
1 Tarkibida 73 % 63Cu va 27 % 65Cu bo‘lgan mis elementining nisbiy atom massasini toping
2 . Quyidagi yadro reaksiyasida: qaysi element izotopi hosil bo‘ladi?
3. 20 g kislorod 27 oC harorat va 150 kPa bosimda qanday hajmni egallaydi?
4. 12 %-li, 4,5 l (=1,065 g/ml) H3PO4 eritmasini tayyorlash uchun 98 %-li (=1,84 g/ml) H3PO4 eritmasidan necha ml olish kerak?
5. 700 ml 5 %-li (=1,25 g/ml) va 300 ml 15 %-li (=1,17 g/ml) natriy gidroksid eritmalari aralashtirilganda hosil bo‘lgan eritmaning molyar konsentratsiyasini aniqlang. .
Do'stlaringiz bilan baham: |