Mavzu: Dasturiy ta’minot va uning rivojlanish tendensiyalari (2 soat) Ishning maqsadi: Windows7
Download 139.49 Kb.
|
1-Laboratoriya ishlanmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish haqida nazariy ma’lumot
1-LABORATORIYA ISHIMAVZU: Dasturiy ta’minot va uning rivojlanish tendensiyalari (2 soat) Ishning maqsadi: Windows7 operatsion tizimida ishlash ko’nikmalarini hosil qilish. Qo‘llaniladigan jihozlar va materiallar: Pentium kompyuterlari printer, videoproyektor, ekran. Ish haqida nazariy ma’lumotMicrosoft korporatsiyasiga mansub bo’lgan Windows operatsion tizimlar oilasi, dunyoda eng ommalashgan operatsion tizimlar hisoblanadi. Bu operatsion tizim versiyalarining interfeyslari Windows 95, Windows 2000, Windows XP qadar va ulardan keyingi Windows 7, Windows 8., Windows 7 va Windows 10 versiyalarida farqlanadi. “Window” va “Windows” so’zi “Oyna” va “Oynalar” degan ma’no beradi. Operatsion tizim asosan oynalar bilan ishlashga asoslangan. Operatsion tizim yuklanganda dastlabki ochiladigan oyna ish stoli deyiladi. Bizda Windowsning ruslashtirilgan versiyalari qo’llanilishi sababli amaliyotda operatsion tizimning ob’yektlari va oynalari bilan ishlashda Рабочий стол atamasi qo’llaniladi. Bu oyna o’lchamlarini o’zgartirib yoki masalalar paneliga yig’ib bo’lmaydi, u kompyuter o’chirilishi jarayonida yopiladi. Рабочий стол odatda Компьютер (Kompyuter), Файлы пользователя (Foydalanuvchi fayli), Панель управления (Boshqarish paneli), Корзина (Savat), Сеть (Tarmoq) tizimli papkalaridan iborat bo’ladi. Operatsion tizimning Windows XP va undan oldingi versiyalarida Мой компьютер (Mening kompyuterim), Мои документы (Mening hujjatlarim), сетевое окружение (Tarmoq muhiti) va Корзина (Savat) tizimli papkalari joylashtirilgan. Bu tizimli papkalar va ulardagi ma’lumotlar kompyuterdagi operatsion tizim o’chirilganda o’chib ketadi. Tizimli papka yoki foydalanuvchining papka va fayllari ish stolida nishoncha (znachok) ko’rinishida joylashtiriladi. Ularni umumiy holda ob’yektlar deb nomlash qabul qilingan. Operatsion tizimda kontekst menyu tushunchasi ishlatiladi. Ob’yekt faollashtirilib, sichqonchani chap klavishini bosish orqali oynaga ochiladigan menyu kontekst menyu deyiladi. Download 139.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling