Endi kompyutеrning dasturiy ta'minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta'minotlarni uchta katеgoriya bo’yicha tasniflash mumkin: 1.Tizimli dasturiy ta`minot; 2.Amaliy dasturiy ta`minot; 3. Servis dasturiy ta`minot . Tizimli dasturiy ta'minot (Sistem software) — kompyutеrning va kompyutеr tarmoklarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir. Tizimli dasturlar ta'minoti deganda avvalo operatsion tizim tushuniladi. Operatsion tizim maxsus dastur, aniqrog’i dasturlar umumiy tizimda jamlashganbo’lib, u kompyuter qurilmalarining ishini boshqaradi, turli qurilmalarining boshqa dasturlar tomonidan ishlatilishini tashkillashtiradi, bir necha dasturlarning birgalikda ishlashini xotira qurilmalarida ma’lumotlarni saqlanishi, ularning xafvsizligi va butunligi ta’minlaydi. Servis dasturiy ta’minoti — foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashda qo'shimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshimvchi dasturiy mahsulotlar yig‘indisidan iboratdir. Biroq, funksional imkoniyatlariga ko‘ra, servis vositalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: Servis dasturiy ta’minoti — foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashda qo'shimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshimvchi dasturiy mahsulotlar yig‘indisidan iboratdir. Biroq, funksional imkoniyatlariga ko‘ra, servis vositalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: • Ma’lumotlami buzilish va qoidasiz kirishlardan himoya qiluvchilar; • Disk va tezkor xotira qurilmasi o'rtasida ma’lumot almashuvini tezlashtiruvchilar; • Virusga qarshi vositalar.Tashkil etish va amalga oshirish usuliga ko‘ra servis vositalar qobiqli utilitalar va mustaqil dastur holida taqdim etilishi mumkin. Qobiqlar va utilitalar orasidagi farq ko‘proq faqat birinchisining unevirsalligi va ikkinchisining ixtisoslashganligida ifodalaniladi. OT ning sozlovchisi boigan qobiqlar operatsion qobiqlar deb ataladi. Utilitalar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan boiib, har biri o‘z vazifasini bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar muhitida bajariladi. Bunda ular o‘z vazifasini bajarishda OT dasturli va boshqa utilitalar bilan raqobatga kirishadi. Shu bois servis vositalar tasnifi o‘z vazifasi va tashkil etish usullariga ko‘ra ancha shartlidir.Qobiq foydalanuvchiga sifat jihatidan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi. Ko'pgina qobiqlar, masalan,MS DOS oilasiga mansublarining vazifalari fayllar va kataloglar bilan ishlashga yo‘naltirilgan hamda fayllami tez topishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |