Disketalar • Disketalar ma’lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga o‘tkazish va ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Asosan 5.25 va 3.5 dyuymli disketalardan foydalaniladi. • 5.25 dyuymli disketalar hajmiga ko‘ra turlicha bo‘ladi -180, 360 Kbayt va 1.2, 2 Mbayt. Shuning uchun ularni 360 Kbaytli disklarni o‘qish qurilmasidan o‘qish mumkin emas. Ularni maxsus disk o‘qish qurilmasida o‘qiladi.
3.5 dyuymli disketalar hajmi 720, 1.44, 2 va 2.88 Mbayt. Ular ishonchliroq, chunki qattiq plastmass qobiq ichida joylashgan. Hozirgi kunda 3.5 dyuymli disketalar ko‘proq tarqalgan. Disketalarni maxsus himoya tirqishi bor, agar u berkitilsa, disketaga ma’lumot yozish mumkin bo‘lmaydi. 3.5 dyuymli disketalarda bu vazifani disketa pastki chap qismida joylashgan maxsus tugmacha bajaradi. 360 Kbaytli disketa 2 intervalda bosilgan 200 betli ma’lumotni o‘zida saqlashi mumkin.
Fayl va kataloglar. • Magnit disklarda ma’lumotlar fayllarda saqlanadi. Fayl - diskning ma’lum nom bilan ataluvchi sohasi bo‘lib, unda ma’lumot saqlanadi. Masalan, dastur va hujjat matnlari, bajarilishi mumkin bo‘lgan dastur va xokazolar. Fayllar ikki xil bo‘ladi -matnli, ikkilik tizimidagi. • Matnli fayllar foydalanuvchi o‘qishi uchun mo‘ljallangan. Har - bir fayl nom va kengaytgichga ega. Nom 1 dan 8 tagacha kengaytgich 1 dan 3 tagacha belgiga ega bo‘lishi mumkin (Windowsning yangi versiyalari bundan mustasno). Nom va kengaytgich nuqta bilan ajratiladi.
Norton Commander haqida umumiy ma’lumot va uning imkoniyatlari. • NC dastursi "Peter Norton Computing" firmasining maxsuli bo‘lib, uning vazifasi MS-DOS OC bilan ishlashni yengillashtirishdan iborat. Bu dastur fayllar va direktoriyalar bilan asosiy amallarni qidirish va nusxa ko‘chirish, qayta nomlash, o‘chirish kabi- larni soddaroq va qulayroq va yaqqol bajaradi. Shunday qilib, NC operatsion tizim vazifalarini bajaradi va uning imkoniyatlarini kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |