Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Gorizontal ma'muriy-huquqiy munosabatlar


Download 221.7 Kb.
bet15/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

Gorizontal ma'muriy-huquqiy munosabatlarda bir tomonning ikkinchi tomonga nisbatan yuridik-hokimiyat irodasining ustunligi mavjud emas. Ma'lum bir ma'noda, gorizontal ma'muriy-huquqiy munosabatlarda tomonlar teng hisoblanadi. Gorizontal ma'muriy-huquqiy munosabatlar vertikal ma'muriy-huquqiy munosabatlar singari ko`p tarqalgan emas. Chunki ular qaysidir ma'noda ma'muriy-huquqiy tartibga solish doirasidan chetga qolgan. Lekin davlat boshqaruvi sohasida bunday munosabatlarning vujudga kelishi mumkin.
Ma'muriy-huquqiy munosabatlarda tomonlarning tengligini tan olish – ma'muriy-huquqiy tartibga solishning mazmuniga, shuningdek, ma'muriy-huquqiy munosabatlarning xususiyatlariga to`g`ri kelmaydi. Shu sababli bunday munosabatlarning boshqaruv sohasida vujudga kelishi shubha ostiga olingan. Lekin boshqaruvdagi gorizontallik xususiyatini to`g`ri anglaganda, bunday shubhalarga o`rin qolmaydi. Bu uchun quyidagi xususiyatlarga e'tibor qaratish lozim:
birinchidan, tomonlar o`rtasida bo`ysinuvning mavjud emasligi, tomonlarning bir xildagi huquqiy darajaga ega ekanligi, yuridik tenglikning formal emas, balki haqiqatda mavjud bo`lishi;
ikkinchidan, boshqaruv munosabatlarida bu ikkala xususiyat (bo`ysinuvning mavjud emasligi va yuridik tenglik)ning bir vaqtda mavjud bo`lishi;
uchinchidan, bir tomonning ikkinchi tomonga qaratilgan yuridik-hokimiyat irodasining bo`lmasligi.
Davlat boshqaruvi sohasidagi ma'muriy-huquqiy munosabatlar o`rtasida gorizontal munosabatlarni ajratib olish mushkuldir. Chunki ular vertikal munosabatlar singari yaqqol namoyon bo`lmaydi. Lekin boshqaruv amaliyotiga asoslanib, gorizontal ma'muriy-huquqiy munosabatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • bevosita boshqaruv ta'siriga ko`maklashuvchi munosabatlar. Bu munosabatlar vertikal munosabatlarga xizmat qiladi, ya'ni bir tomonlama yuridik-hokimiyat qarorini qabul qilish uchun shart-sharoitlar yaratib berishga qaratiladi. Gorizontal munosabatlar bir darajada bo`lgan boshqaruv subyektlari o`rtasida vujudga keladi. Masalan, birgalikda normativ hujjatni qabul qilish uchun tayyorgarlik ko`rish; hamkorlikda boshqaruv harakatlarini amalga oshirish; birgalikda qo`shma tadbirlarni (majlislarni) olib borish; idoralararo, maslahat yoki muvofiqlashtiruvchi kengashlarni tashkil etish bo`yicha munosabatlar;

  • bevosita boshqaruv ta'siri amalga oshirilgandan keyin vujudga keladigan munosabatlar, ya'ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan qarorning samarali ijro etilishiga sharoitlar yaratib berish bo`yicha vujudga keladigan munosabatlar;

  • ma'muriy-protsessual xususiyatdagi munosabatlar. Bunday munosabatlarda ham tomonlar teng huquqli darajaga ega bo`ladi. Masalan, fuqarolarning shikoyatlarini, ma'muriy huquqbuzarlik ishlarini ko`rib chiqish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. Bu munosabatlarning mazmunini ma'muriy-huquqiy nizolarni ko`rib chiqish tashkil etadi;

  • turli xildagi shartnoma shakliga ega bo`lgan ma'muriy-kelishuv xususiyatiga ega bo`lgan munosabatlar. Masalan, u yoki bu lavozimdagi ishga qabul qilish to`g`risida oldindan kelishuv.



Yuridik faktlar ma’muriy-huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi, ularni o‘zgartirish yoki bekor qilinishi uchun asos bo‘ladi. Yuridik faktlar shaxslar va organlarning harakatlari natijasida ham, muayyan voqealar natijasida ham yuzaga kelishi mumkin. Harakatlar subyekt o‘z xohish-irodasini faol ifoda etishi mahsulidir. Tegishli yuridik faktlar irodaviy yuridik faktlar deb ataladi. Masalan, fuqaroning ijro etuvchi hokimiyat organiga shikoyat berishi uning mansabdor shaxslar tomonidan ko‘rib chiqilishi bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy munosabatni vujudga keltiradi. Bunda muayyan ma’muriy qonunchilikda nazarda tutilgan
huquq amalga oshadi va tegishli ma’muriy huquqiy majburiyat ado etiladi.
Ma’muriy-huquqiy munosabatlarda qonuniy va g‘ayriqonuniy harakatlar farqlanadi. Qonuniy harakatlar har doim ma’muriy-huquqiy normalarning
talablariga mos keladi. Fuqarolarning va ma’muriy-huquqiy munosabatlar boshqa ishtirokchilarining qonuniy harakatlari yuridik faktlar sifatida amal qiladi. Masalan, fuqaroning shikoyat berishi u bilan shikoyat berilgan ijro etuvchi organ (mansabdor shaxs) o‘rtasida muayyan ma’muriy-huquqiy munosabat yuzaga
kelishiga sabab bo‘ladi. Ma’muriy huquqqa doir yuridik faktlar bo‘lib, qonuniy
harakatlarning asosiy turi sifatida ijro etuvchi hokimiyat subyektlarining individual xususiyat kasb etuvchi, ya’ni muayyan shaxs va ishga taalluqli huquqiy hujjatlari xizmat qiladi.

Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling