Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Download 221.7 Kb.
bet18/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

Ma'muriy huquq layoqati – huquq subyekti umumiy huquq layoqatining bir turi bo`lib, qonunchilik bilan o`rnatilgan va davlat tomonidan kafolatlangan hamda aniq bir subyektning (fuqaro, davlat organi, davlat xizmatchisi, mansabdor shaxs, nodavlat tuzilmalari va h.k.lar) turli huquqiy munosabatlarda ishtirok etish qobiliyatini anglatadi.
Ma'muriy huquq layoqati – bu ma'lum bir huquqlarga ega bo`lish va majburiyatlarni bajarish, harakatlarni amalga oshirish va qarorlar qabul qilish, ma'muriy ish qo`zg`atish va ma'muriy huquqbuzarlik ishlarini ko`rib chiqish, huquqiy normalarni buzish va qonun bilan o`rnatilgan talablarga rioya etmaganlik uchun javobgarlikka tortilish qobiliyatiga ega bo`lishdir.
Ma'muriy-huquqiy munosabatlar faqatgina uning subyektlari huquq layoqatiga ega bo`lganidagina, ya'ni huquqiy munosabatlarga kirishish uchun asos bo`ladigan huquq va majburiyatlarga ega bo`lganida vujudga kelishi mumkin.
Ma'muriy huquqning har bir subyekti o`ziga xos ma'muriy huquq layoqatiga egadir. Masalan, fuqarolarning ma'muriy huquq layoqati o`zining mazmuni va xususiyatlariga ko`ra ijro hokimiyati organlarining, jamoat birlashmalarining yoki boshqa tashkilotlarning ma'muriy huquq layoqatidan farqlanadi. Bundan tashqari, ma'muriy qonunchilikka kiritiladigan o`zgarishlar – ma'muriy huquq layoqatining mazmuniga o`z ta'sirini ko`rsatadi.
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar tomonidan ma'muriy huquq layoqatining amalga oshirilishini jismoniy shaxsning yoki boshqaruv organi (mansabdor shaxs)ning xohish-irodasini ifoda etishisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Ma'muriy huquq subyektining huquq va majburiyatlarni amalga oshirish bo`yicha ifodalangan irodasi - huquq layoqatini yuridik mazmun bilan boyitadi.
Demak, ma'muriy huquq layoqati – bu subyekt tomonidan u uchun o`rnatilgan huquqlar, erkinliklardan foydalanish, shuningdek, majburiyatlarni bajarish, vakolatlarni amalga oshirish qobiliyatidir. Ma'muriy huquq subyektining ma'muriy huquq layoqati uning ma'muriy huquqiy holatini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, huquq layoqati - tegishli sharoitlar mavjud bo`lganida huquq subyektini huquqlar va erkinliklardan foydalanuvchi, majburiyatlar yuklash hamda yuridik javobgarlikka tortish mumkin bo`lgan shaxs sifatida namoyon qiladi.
Ma'muriy-huquqiy normalar bilan o`rnatilgan huquq layoqatiga ega bo`lgan subyektlar, ularga berilan huquq layoqatini amalda ro`yobga chiqarishlari orqali, ma'muriy-huquqiy munosabatlarning ishtirokchilariga aylanadilar. Shu sababli, m'muriy huquq subyektlari ma'muriy huquq layoqati bilan bir vaqtda ma'muriy muomala layoqatiga, ya'ni ularga tegishli bo`lgan boshqaruv sohasidagi huquqlarni amalga oshirish qobiliyatiga ham ega bo`lishi kerak. Jismoniy yoki yuridik shaxsning muomala layoqati – bu ularning o`z qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) bilan huquqlarga ega bo`lishi va amalga oshirishi, o`zlariga va boshqa shaxslarga majburiyatlarni vujudga keltirishi, ularni bajarishi hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlash qobiliyatiga ega bo`lishidir.
Ma'muriy muomala layoqati, YU.N.Starilovning fikricha, normativ o`rnatilgan va ma'muriy huquq subyektiga tegishli bo`lgan huquq va majburiyatlarni amalga oshirishga imkon beradigan “faol” va “ijodiy” asoslarga egadir, ya'ni huquq subyekti tomonidan unga tegishli huquqlar va erkinliklardan, vakolatlardan foydalanish, boshqaruv sohasida qonuniylikni ta'minlash, boshqaruv funksiyalarini bajarish, boshqaruvning ma'muriy-huquqiy shakl va uslublarini, ma'muriy-huquqiy majburlov choralarini qo`llash hisoblanadi. Muomala layoqati – bu subyektlar tomonidan ularga tegishli bo`lgan huquq va erkinliklarni amalga oshirishning, shuningdek, o`rnatilgan majburiyatlarni bajarishning muhim sharoitidir.32
Ma'muriy muomala layoqati - jismoniy shaxs yoki davlat ma'muriyati vakilining ma'lum bir huquqiy ahamiyatga ega bo`lgan o`z xatti-harakatlarini anglashi va to`g`ri baholashi, ularga amal qilishi hamda ularni qo`llashning qonuniy ekanligini kafolatlash qobiliyatidir.
Ma'muriy huquq subyektlarida ma'muriy muomala layoqati turlicha vujudga keladi. Muomala layoqati vujudga kelishining asosiy sharti bo`lib, subyektlar huquqlari, majburiyatlari va vakolatlarining xususiyatlari hisoblanadi.
Ma'muriy qonunchilik ma'muriy huquq subyektlarining muomala layoqatini turli asoslarga ko`ra belgilaydi:
a) yoshga qarab (masalan, fuqarolarning umumiy asoslarda ma'muriy javobgarlikka tortilishi 16 yoshdan boshlanadi yoki fuqarolarning harbiy xizmatni o`tashi 18 yoshdan boshlanadi);
b) mansabni egallaganlik holatiga qarab (masalan, davlat-hokimiyat vakolatlarini faqatgina maxsus huquqiy normalar bilan vakolat berilgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi);
c) huquqlarni amalga oshirish va majburiyatlarni bajarishning huquqiy tartibiga qarab (masalan, favqulodda holatlarda shaxslarning huquqlari cheklab qo`yilgan bo`lishi mumkin);
d) ro`yxatga olish yoki boshqa ma'muriy jarayonlarni olib borish natijasiga qarab (masalan, ma'muriy huquq subyekti hisoblangan ayrim tashkilotlar o`z faoliyatini faqatgina tegishli tartibda ularning ustavi ro`yxatga olingandan yoki ruxsatnoma (litsenziya) berilgandan so`ng amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`ladi).
Ma'muriy muomala layoqatiga ega bo`lishning huquqiy asoslari normativ huquqiy aktlarda o`rnatiladi.
Demak, jismoniy va yuridik shaxslarning ma'muriy huquq subyekti sifatida namoyon bo`lishi, ma'muriy-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishi ko`p jihatdan huquq subyekti ekanligiga, ya'ni ma'muriy huquq layoqati va ma'muriy muomala layoqatining mavjudligiga bog`liqdir.
Ma’muriy huquqning asosiy subyektlaridan biri - bu fuqarolardir. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar - ma’muriy-huquqiy munosabatlarga kirishib, ma’lum bir subyektiv huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishlari mumkin. Fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi (ma’muriyhuquqiy munosabatlardagi) huquqlari, erkinliklari, majburiyatlari, javobgarligining yig‘indisi — fuqarolarning ma’muriy-huquqiy

Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling