Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Download 221.7 Kb.
bet19/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

holatini tashkil etadi. Bu munosabatlar fuqarolarning ma’muriy huquqning boshqa subyektlari bilan, masalan, davlat hokimiyati organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, muassasa va jamoat birlashmalari hamda ularning mansabdor shaxslari bilan o‘zaro aloqasi natijasida vujudga keladi.
Fuqarolarning huquq va majburiyatlari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan asoslardan, qonunchilik hujjatlarining umumiy negizlari va mazmuniga ko‘ra ularning fuqarolik huquq hamda majburiyatlarini keltirib chiqaradigan harakatlaridan vujudga keladi. Jumladan, fuqarolik huquq va majburiyatlari:
a) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan;
b) qonunda huquq va majburiyatlar vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hujjatlaridan;
d) qonunda yo‘l qo‘yilgan asoslar bo‘yicha mol-mulk olish
natijasida;
e) fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa
intellektual faoliyat natijasida; g) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida;
h) fuqarolarning boshqa harakatlari natijasida vujudga kelishi
mumkin.
Fuqarolarning ma’muriy-huquqiy holati konstitutsiyaviy va
ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solingan – fuqaro huquqiy
holatining ajralmas qismi hisoblanadi. Fuqarolarning ma’muriy-huquqiy munosabatlardagi huquq va majburiyatlari ularning konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadi hamda ma’muriy-huquqiy aktlarda o‘z
ifodasini topadi. Fuqarolar o‘zlariga tegishli bo‘lgan huquqlarini, shu jumladan
ularni himoya qilish huquqini ham o‘z xohishlariga ko‘ra tasarruf
etadilar. Fuqarolarning o‘z huquqlarini amalga oshirishdan voz kechishi
bu huquqlarning bekor qilinishiga olib kelmaydi, qonunda nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno. Fuqarolar o‘z huquqlarini amalga oshirishi bilan boshqa shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini buzmasliklari shart. Fuqarolar o‘z huquqlarini amalga oshirishda jamiyatning ma’naviy-axloqiy prinsiðlari va normalarini hurmat qilishlari lozim.
Fuqarolarning boshqa shaxsga zarar yetkazishiga, boshqacha shakllarda huquqni suiiste’mol qilishiga, shuningdek, huquqni uning maqsadiga zid tarzda amalga oshirishga qaratilgan harakatlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolarning ma’muriy-huquqiy holatini amalga oshirishda ma’muriy huquq layoqati va ma’muriy muomala layoqatiga ega bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Fuqarolarning ma’muriy huquq layoqati inson tug‘ilishi bilan vujudga keladi va tug‘ilgandanoq qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishni anglatadi.
Huquq layoqati inson shaxsi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, uni cheklash yoki undan mahrum etish mumkin emas. Amaldagi qonunchilikka binoan ma’muriy huquq layoqati – qonunda belgilangan tartibda faqatgina sud tomonidan cheklanishi mumkin. Fuqarolarning ma’muriy huquq layoqati uning vafot etishi bilan bekor bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollardan b) xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnomalar berish;
d) xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida
yurishlari;
e) qonunchilikni va mazkur Qoidalarni buzganliklari uchun xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari muddatini qisqartirish va bu yerdan chiqarib yuborish tartibini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘luvchi xorijiy fuqarolar o‘zlarini qabul qiluvchi tashkilotlar (vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllari va faoliyat turidan qat’i nazar, korxonalar va
tashkilotlar, xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari)ni, shuningdek, xususiy ishlar bo‘yicha ularni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaxslarni xabardor qilgan holda xohishlariga
ko‘ra mehmonxonalarda yoki boshqa turar joylarda yashaydilar. O‘zbekiston Respublikasidagi xorijiy fuqarolar pasportlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlarni o‘zlari bilan olib yurishga va ularni vakolatli organlar vakillarining talabiga ko‘ra ko‘rsatishga majburdirlar. Qabul qiluvchi tashkilotlar xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida va mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan ularning huquqlari va majburiyatlarini o‘z vaqtida
tushuntirib qo‘yishni, xorijiy fuqarolar bilan munosabatlarda belgilab qo‘yilgan huquqiy normalarning aniq bajarilishini ta’minlaydilar, xorijiy fuqarolarning tegishli hisobini yuritadilar, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli ichki ishlar bo‘limlarida o‘z vaqtida ro‘yxatdan
o‘tkazilishini ta’minlash, ularning respublika hududida yurishlari va ularga belgilangan bo‘lish muddatlari tugashi bilan O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishlari uchun javobgar bo‘ladilar. Xorijiy fuqarolarni xususiy ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilgan va ularga turar joy bergan shaxslar bu
fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, ichki ishlar boshqarmasining tegishli bo‘limlarida o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rishga va ularga belgilangan bo‘lish muddatlari tugashi bilan O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishlarida ko‘maklashishga majburdirlar. O‘zbekiston Respublikasida turgan xorijiy fuqarolar shu
mamlakat qonunchiligiga va mazkur Qoidalarga rioya qilishga majburdirlar.
Xorijiy fuqarolar, shuningdek, mansabdor shaxslar va O‘zbekiston
Respublikasining boshqa fuqarolari tomonidan mazkur qoidalar talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni o‘z vakolatlari doirasida ichki ishlar organlari va Tashqi ishlar vazirligi joylardagi hokimiyat organlari va O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradilar.
Xorijiy fuqarolarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga doimiy yashash va O‘zbekiston Respublikasi hududida yurishlari uchun ruxsatnomalar berish tartibi O‘zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlariga asosan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
bilan kelishilgan holda Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tenglik asosida o‘zgartirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘luvchi fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish asosida yashaydilar. Xorijiy fuqarolarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylarining mas’ul shaxslari tomonidan kelib joylashgan shaxslarning hisobi yuritiladi. Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilinadi. O‘zbekiston Respublikasiga olti oygacha muddatga kelgan xorijiy fuqarolarning shaxsiy va xizmat avtotransport vositalari O‘zbekiston
Respublikasi bojxona organlarida hisobga olinishi kerak. Xorijiy fuqarolar o‘z transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olti oydan ortiq muddatga olib kelishlari mumkin, bu transport vositalari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida milliy raqam belgilarini almashtirgan holda ro‘yxatga olinadi.
O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshladi. Prezidentlik boshqaruv uslubi - shu tizimning o`zagi hisoblanadi. O`zbekistonda prezidentlik lavozimining paydo bo`lishi 1985 yil aprelda boshlangan qayta qurish jarayonlari bilan, ayniqsa 1988-1989 yillardayoq avj olib ketgan iqtisodiy va siyosiy islohotlar bilan bog`liq edi.
O`zbekiston Respublikasida prezidentlik lavozimining paydo bo`lishi, ayniqsa uning huquqiy maqomining belgilanishi uch bosqichni o`z ichiga oladi.33

Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling