Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari
Download 221.7 Kb.
|
ma\'muriy huquqdan majmua
ko‘ra avvalo imperativ (qat’iy) va tavsiyaviy ma’muriy-huquqiy
normalarga bo‘linadi. Imperativ normalar subyektlar xulq-atvorini bevosita belgilovchi qoidalardan iborat bo‘lib, ular mazkur huquqiy munosabat ishtirokchilarining kelishuviga binoan boshqa xulqatvor qoidalari bilan almashtirilishi mumkin emas. Tavsiyaviy normalar ma’muriy huquq subyektlariga u yoki bu harakatlarni bajarish maqsadga muvofiqligi xususida beriladigan tavsiyalardan iborat. Huquqiy munosabat subyektlariga norma doirasida o‘z huquqlari va burchlarini mustaqil belgilash imkoniyatini beruvchi dispozitiv normalarga kelsak, ular ma’muriy qonunchilik hujjatlarida nisbatan kam uchraydi. Bu hol ma’muriy huquq sohasi — davlat boshqaruvining xususiyati bilan belgilanadi. 5. Ma’muriy-huquqiy normalar makonda (hududda) amal qilishiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining butun hududida, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida amal qiladi. Ayrim hollarda ko‘rsatilgan normalar ikki taraflama yoki ko‘p taraflama bitimlarga muvofiq bir nechta davlatlarning hududida amalqiladi. Mazkur amaliyotning kengayishi suveren davlatlar — Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar uchun tabiiy bir holga aylandi. 6. Ma’muriy-huquqiy normalar vaqt bo‘yicha amal qilishiga ko‘ra muddatli, ya’ni amal qilish muddati oldindan belgilangan va muddatsiz, amal qilish muddati oldindan belgilanmagan normalarga bo‘linadi. Odatda, ma’muriy-huquqiy normalarning amal qilish muddatlari cheklanmaydi. Bu ularning rasmiy darajada o‘zgartirilgunga yoki bekor qilingunga qadar amal qilishini anglatadi. Ba’zi hollarda ularning amal qilish muddatlari aniq belgilanishi mumkin, masalan, favqulodda yoki harbiy holat muayyan muddatga belgilanadi. Ma’muriy-huquqiy normalar ular ifodalangan normative hujjatlar imzolangan sanadan e’tiboran, yoki tegishli normalar kuchga kirishi uchun nazarda tutilgan muddatda qonuniy, yuridik kuchga ega bo‘ladi. Shuningdek, ma’muriy-huquqiy normalar uzoq muddatli va qisqa muddatli bo‘ladi. 7. Ma’muriy-huquqiy normalar tartibga solish hajmiga ko‘ra turlarga bo‘linadi: — umumiy, ya’ni davlat boshqaruvining barcha sohalari va tarmoqlariga nisbatan tatbiq etiladigan va ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirish jarayonining eng muhim tomonlarini tartibga soluvchi ma’muriy-huquqiy normalar (bunday normalar ko‘pincha qonunlar, Prezident farmonlari va Hukumat qarorlarida ifodalanadi); — tarmoqlararo, ya’ni davlat boshqaruv faoliyatining davlat boshqaruvi tarmoqlarining barchasi yoki aksariyati uchun umumiy yoki chegaradosh sanalgan va ayni vaqtda maxsus xususiyat kasb etadigan muayyan tomonlarini tartibga soluvchi ma’muriy-huquqiy normalar (masalan, bunday jihatlar monopoliyaga qarshi, ekologik qonunchilik normalariga, shuningdek ijro etuvchi hokimiyatning tarmoqlararo organlari to‘g‘risidagi nizomlardan o‘rin olgan (statistika, tariflarga taalluqli bo‘lgan) normalarga xos); — tarmoq ma’muriy-huquqiy normalari, ya’ni muayyan tarmoqqa oid boshqaruv vakolatlariga ega bo‘lgan ijro etuvchiorganlar (masalan, vazirliklar)ga biriktirilgan sohalar doirasida yuzaga keluvchi boshqaruvga doir munosabatlarning turli tomonlarini tartibga soluvchi normalar. Ma’muriy-huquqiy normalarning boshqa tasnifiy guruhlari ham mavjud. Masalan, ular yo tizim doirasida amal qiluvchi (ularning yuridik kuchi ijro etuvchi hokimiyat mexanizmining quyi bo‘g‘inlariga nisbatan tatbiq etiladi), yoki hamma uchun majburiy (ular tartibga solinayotgan munosabatlarning barcha ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etiladi) xususiyat kasb etishi mumkin. Ma’muriy-huquqiy normalarning funksiyalari haqida so‘z yuritganda, avvalo shuni qayd etish lozimki, ular tartibga solish funksiyasini bajaradi, ya’ni davlat boshqaruvi sohasida yuzaga keladigan munosabatlarni tashkil etish, tartibga solish va takomillashtirishga qaratilgan. Ma’muriy-huquqiy normalar vositasida davlat boshqaruvi subyektlarining huquqiy holati va vakolatlari belgilanadi, ular faoliyatining shakllari va usullari, fuqarolar hamda tashkilotlarning o‘zaro munosabatlari tartibga solinadi. Ma’muriy huquq normalari bilan tashkilotlar va fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi huquqiy holati (maqomi) ham belgilanadi. Ta’kidlash joizki, ma’muriy huquq normalari qo‘riqlash va himoya qilish funksiyasini ham bajaradi, ya’ni ma’muriy huquq sohasidagi ijtimoiy munosabatlarning qo‘riqlanishi va himoya qilinishini ta’minlaydi. Bu normalar g‘ayriqonuniy qilmishlar sodir etishdan o‘zini tiyishni talab etadi, shuningdek ma’muriy huquq bilan qo‘riqlanadigan munosabatlarga tajovuz sodir etilganda ma’muriy ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soladi. Ma’muriy-huquqiy normaning tuzilishi deganda normaning ichki strukturasi, uning tarkibiy qismlari, elementlari o‘zaro aloqasining muayyan tartibi, ularning o‘zaro aloqadorligi tushuniladi. Ma’muriy-huquqiy norma giðoteza, dispozitsiya va sanksiya singari tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Download 221.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling