Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Davlat xizmatchilarining javobgarligi


Download 221.7 Kb.
bet44/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

Davlat xizmatchilarining javobgarligi
Amaldagi qonunchilikda nafaqat davlat xizmatchilarini rag`batlantirish, balki yuridik javobgarlikka: intizomiy, ma'muriy, moddiy va jinoiy javobgarlikka tortish ham nazarda tutilgan.
Davlat xizmatchilarining yuridik javobgarligi deganda - xizmatchilarining qonunga xilof qilmishiga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan u yoki bu turdagi jazo choralarini qo`llash tushuniladi.
Yuridik adabiyotlardan kelib chiqqan holda, qonunga xilof qilmishni, ikkiga: ya'ni huquqbuzarlik va jinoyatga bo`lish mumkin.
Davlat xizmatchilarining yuridik javobgarligi xizmatchilar tomonidan qonun talablarining bajarilmaganligi, mansab majburiyatlariga befarq qarashi, davlatga, jamoat birlashmalariga moddiy zarar yetkazishi, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishi oqibatida vujudga kelishi mumkin.
Davlat xizmatchilari javobgarligining asoslaridan biri - bu fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishiga olib keladigan harakat yoki harakatsizlikdir. Jumladan, O`zbekiston Respublikasining 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar ustidan sudga shikoyat qilish to`g`risida»gi qonunning 1-moddasiga binoan har bir fuqaro davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarning g`ayri-qonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) bilan o`z huquqlari yoki erkinliklari buzilgan deb hisoblasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.62
Davlat xizmatchilarining javobgarligi qonuniylikni yoki xizmat intizomini buzgan taqdirda, u tomonidan mansab majburiyatlari bajarilmaganida yoki lozim darajada bajarilmaganida vujudga kelishi mumkin.
Davlat xizmatchilari javobgarligining asosiy turlaridan biri - bu intizomiy javobgarlikdir.
Intizomiy javobgarlik davlat xizmatchisini davlat lavozimiga tayinlash vakolatiga ega bo`lgan organ yoki rahbar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Davlat xizmatchilarining intizomiy javobgarligi lavozim nojo`ya qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) uchun qo`llaniladi. Chunki mehnat (xizmat) intizomiga rioya qilish hamda davlat intizomini mustahkamlash davlat xizmatchilarining asosiy majburiyatlaridan biridir.
Davlat xizmatchilarining intizomiy javobgarligi – ular tomonidan yuklatilgan majburiyatlarning bajarilmaganida yoki lozim darajada bajarilmaganida vujudga keladigan yuridik javobgarlikning bir turidir.
Intizomiy javobgarlik - lavozim nojo`ya qilmishini sodir etgan davlat xizmatchilariga ma'muriyat vakili (rahbar, boshliq) tomonidan intizomiy jazo choralarini qo`llashni anglatadi.
Davlat xizmatchilarining intizomiy javobgarligini belgilovchi asosiy hujjatlardan biri - bu O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi hisoblanadi. Mazkur kodeksga binoan korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi.
Davlat xizmatchisi o`z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini o`z vaqtida va aniq bajarishi, texnologiya intizomiga, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilishi, ish beruvchining mol-mulkini avaylab asrashi shart.
Xizmatchining mehnat vazifalari - ichki tartib qoidalarida, intizom to`g`risidagi ustav va nizomlarda, korxonada qabul qilinadigan lokal hujjatlarda (jamoa shartnomalarida, yo`riqnomalar va hokazolarda), mehnat shartnomasida aniq belgilab qo`yiladi.
Davlat organi (tashkilot) xizmatchilar mehnatini tashkil qilishi, qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta'minlashi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga e'tibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi shart.
Davlat organi (tashkilot) xizmatchining mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xizmatchi va boshqa shaxslarning hayoti va sog`lig`i uchun xavf tug`diruvchi, ularning sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga haqli emas.
Har bir xizmatchi o`ziga yuklatiladigan mehnat vazifalari doirasi bilan oldindan tanishtirilishi lozim.
Xizmatchiga mehnat intizomini buzganligi uchun vakolatli organ yoki rahbar quyidagi intizomiy jazo choralarini qo`llashga haqli:
1) xayfsan;
2) o`rtacha oylik ish haqining o`ttiz foizidan ortiq bo`lmagan miqdorda jarima.
Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o`rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bo`lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin;
3) mehnat shartnomasini bekor qilish.

Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling