Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Davlat xizmatini o`tash sharoitlari


Download 221.7 Kb.
bet42/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

Davlat xizmatini o`tash sharoitlariga esa quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  • xizmat vaqtining, har yilgi mehnat ta'tilining davomiyligi; qo`shimcha mehnat ta'tillari;

  • xizmatchilarning pul ta'minoti;

  • imtiyozlar, kafolatlar va kompensatsiyalar;

  • davlat ijtimoiy sug`urtasi;

  • xizmat uyi, xizmat avtotransporti bilan ta'minlash tartibi;

  • xizmat safarida bo`lganda ijtimoiy-maishiy va texnik-xususiyatdagi xizmatlar.

Davlat-xizmat huquqiy munosabatlarining vujudga kelishida ikki asosiy huquqiy hujjatni: birinchidan, mehnat shartnomasi; ikkinchidan, fuqaroni davlat xizmatidagi davlat lavozimiga tayinlash to`g`risidagi buyruqni farqlay olish lozim.
Fuqaroning davlat xizmatiga kirishi mehnat shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga binoan mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o`rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo`yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo`ysingan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.
Davlat xizmatida mehnat shartnomasi quyidagi maqsadda dastlabki sinov sharti bilan ham tuzilishi mumkin: xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko`rish; xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi.
Dastlabki sinovni o`tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan bo`lishi lozim. Bunday shartlashuv bo`lmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.
Homilador ayollar, uch yoshga to`lmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar ishga qabul qilinganda, shuningdek, olti oygacha muddatga ishga qabul qilish haqida xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzilganda dastlabki sinov belgilanmaydi.
Dastlabki sinov muddati uch oydan oshib ketishi mumkin emas. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga ko`ra ishda bo`lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi.
Dastlabki sinov davrida xodimlarga mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlari va korxonada o`rnatilgan mehnat shartlari to`liq tatbiq etiladi. Dastlabki sinov davri mehnat stajiga kiritiladi.
Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf ikkinchi tarafni uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Bunday holda ish beruvchi mehnat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz bo`lgandagina bekor qilishi mumkin.
Agar dastlabki sinov muddati tugagunga qadar taraflardan birortasi ham mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmagan bo`lsa, shartnomaning amal qilishi davom etadi va bundan keyin uni bekor qilishga umumiy asoslarda yo`l qo`yiladi.
Davlat xizmatini o`tashdagi asosiy elementlardan yana biri - bu davlat xizmatchilarining xizmat bo`yicha harakatlanishidir. Davlat xizmatchilarining xizmat bo`yicha harakatlanishi quyidagicha bo`lishi mumkin:

  • xodimning xizmat bo`yicha harakatlanishi maqsadida yuqori lavozimni egallashi;

  • bir xil ahamiyatdagi lavozimni egallashi;

  • quyi lavozimga o`tkazilishi;

  • o`qishga kirishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilish, shuningdek, o`qishni tamomlaganidan so`ng lavozimga tayinlanishi.

Davlat xizmatchisining xizmat (lavozim yoki mansab) bo`yicha harakatlanishi tegishli rahbarning buyrug`i bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Davlat xizmatini takomillashtirish va tartibga solishni xizmatchilarni doimiy attestatsiyadan o`tkazishsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Attestatsiya qoidalarini ishlab chiqish va o`tkazish tartibi hamda xizmat bo`yicha harakatlanish bevosita bog`liq bo`lgan jarayonlardir.
Davlat xizmatini o`tashda davlat xizmatchilarining attestatsiyasidan o`tkazish huquqiy instituti katta ahamiyatga egadir. Mazkur huquqiy institut O`zbekiston Respublikasining turli qonun hujjatlari bilan tartibga solingan.
Davlat xizmatchilarini attestatsiyadan o`tkazish to`g`risida gapirishdan oldin shuni alohida ta'kidlab o`tish lozimki, yuridik adabiyotlarda bu masala unchalik yoritib berilmagandir.

Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling