Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari
Download 221.7 Kb.
|
ma\'muriy huquqdan majmua
Attestatsiya, tor ma'noda, xizmatchilarning professional, ishchanlik va shaxsiy xislatlariga baho berish, uning xizmat-lavozim talablariga mos kelishini tekshirish maqsadida o`tkaziladi.
Attestatsiya keng ma'noda, quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi: amaliyotda davlat xizmati prinsiplariga rioya etish; davlat xizmati tizimida qonuniylikni ta'minlash; davlat organlarining professional kadrlar majmuasini tashkil etish; davlat xizmatchisining xizmat bo`yicha harakatlanishi maqsadida ularning potensial imkoniyatlarini aniqlash; davlat xizmatchisiga javobgarlik choralarini qo`llash; intizomni va javobgarlikni oshirish; xizmatchilarning xizmat zinapoyasi bo`yicha harakatlanishini ta'minlash; davlat xizmati muvozanatini ta'minlash; davlat xizmatchilarining malakasini oshirishni tartibga solish; davlat xizmati tizimida huquqbuzarliklarga va korrupsiyaga qarshi kurash va ogohlantirish va boshqalar. Attestatsiya davlat xizmatchilarining professional xislatlariga baho berishdir. Ayrim hollarda attestatsiya aniq maqsadlarga erishish va aniq qo`yilgan vazifalarni hal etish maqsadida ham o`tkazilishi mumkin. Davlat xizmatchilarini attestatsiyadan o`tkazishni tashkil etish organlarning rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. Attestatsiyani o`tkazish maqsadida attestatsiya komissiyasi tuziladi, attestatsiya o`tkazish jadvali tasdiqlanadi, attestatsiyadan o`tkazilishi lozim bo`lgan shaxslar doirasi belgilanadi hamda attestatsiya komissiyasi uchun zarur bo`lgan hujjatlar tayyorlanadi. Attestatsiya natijalariga ko`ra davlat xizmatchilariga quyidagi uch turdagi baho berilishi mumkin: birinchidan, egallagan davlat lavozimiga loyiqligi; ikkinchidan, xizmat faoliyati yuzasidan attestatsiya komissiyasi ko`rsatmalarini bajargan taqdirda, egallagan lavozimiga loyiqligi; uchinchidan, egallagan davlat lavozimiga loyiq emasligi. Agar davlat xizmatchisi egallab turgan davlat lavozimiga noloyiq deb topilgan bo`lsa, u malakasini oshirishga yoki qayta tayyorlanishga yoxud boshqa davlat lavozimiga o`tkazilishi mumkin. Davlat xizmatchilarini attestatsiyadan o`tkazish – kadrlar siyosati va davlat xizmatini boshqarishda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning huquqiy vositasi hisoblanib, davlat organlarida maqsadga muvofiq yo`naltirilgan kadrlar siyosatini tashkil etish va amalga oshirishni ta'minlaydi. Download 221.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling