Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Download 221.7 Kb.
bet47/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

Tayanch so’z va iboralar: intizomiy, ma’muriy, moddiy, jinoiy javobgarlik, ma’muriy-huquqiy normalar, gipoteza, dispozitsiya, sanksiya, inkorporatsiya qilish, xulq-atvor me’yori.

Ma’muriy-huquqiy norma davlat tomonidan o‘rnatilgan va bajarilishi maxsus davlat vositalari bilan ta’minlanadigan, joiz xulq-atvor me’yoridir. Huquq normasi o‘z yuridik mazmuniga ko‘ra muayyan xulq-atvor qoidasi bo‘lib, unga rioya qilinishi turli tashkiliy, ma’rifiy va rag‘batlantirish vositalarini, shuningdek ularga


rioya qilmagan shaxslarga nisbatan yuridik majburlov (intizomiy, ma’muriy, moddiy, jinoiy javobgarlik) choralarini qo‘llashni nazarda tutadi. Ushbu xususiyatlar ma’muriy-huquqiy normalarga ham xosdir. Ular davlat-boshqaruv faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini va mazkur faoliyat jarayonida yuzaga keluvchi boshqaruvga doir munosabatlarni (masalan, shaxsning, ijro etuvchi hokimiyat subyektlarining huquqiy maqomini) belgilaydi. Ma’muriy-huquqiy normalarning quyidagi funksiyalarini farqlash mumkin:
— ijro etuvchi hokimiyat tizimi va uning ayrim bo‘g‘inlari
tashkiliy faoliyatini tartibga solish hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro
oqilona aloqani ta’minlash;
— davlat boshqaruvi sohasida fuqarolarning, shuningdek
jamoat birlashmalarining huquq va erkinliklari ro‘yobga chiqarilishi
va himoya qilinishini ta’minlash;
— davlat boshqaruvi sohasida bevosita ish olib boruvchi va muayyan hajmda uning funksiyalarini bajaruvchi (masalan, mahalliy hokimliklar) yoxud o‘z harakatlari bilan bu soha (masalan, fuqarolar, jamoat birlashmalarining) manfaatlariga u yoki bu tarzda daxl etuvchi barcha shaxslar va fuqarolarning ijobiy
xulq-atvori variantlarini belgilash. Ijobiy yoki lozim darajadagi xulqatvor
qanday harakatlarni bajarish mumkinligini (joizligini), qanday xatti-harakatlardan o‘zini tiyish kerak (taqiqlarni), qanday harakatlarni bajarish zarurligini (ko‘rsatmalarni) nazarda tutadi.
Aslida ma’muriy-huquqiy munosabatlar subyektlarining xulqatvoriga
boshqaruvning ta’siri xuddi mana shunda namoyon bo‘ladi;
— ijro etuvchi hokimiyat mexanizmining konstitutsiyaviy
vazifasi samarali amalga oshirilishini, ya’ni qonunlarda belgilangan
talablarining bajarilishini ta’minlash va shu tariqa yagona davlat
hokimiyati ijroiya tarmog‘ining mohiyatini namoyon etish;
— davlat-boshqaruv faoliyati jarayonida yuzaga keladigan
ijtimoiy munosabatlarda mustahkam qonuniylik tartibi va davlat
intizomini ta’minlash;
— ma’muriy javobgarlikni nafaqat boshqaruvga doir munosabatlarga,
balki huquqning boshqa ko‘pgina tarmoqlari (masalan,
mehnat, moliya, yer huquqi) normalarini himoya qilish vositasi
sifatida tatbiq etish. Ma’muriy-huquqiy normalar muayyan ichki mutanosiblikka
(iyerarxiyaga) ega. Bu ma’muriy-huquqiy normalarning pog‘onama-pog‘ona bo‘ysunishini, ya’ni muayyan iyerarxiyasini: konstitutsiyaviy normalar, qonunlarning normalari va ijro etuvchi hokimiyat subyektlari (masalan, O‘zbekiston Respublikasining Hukumati, vazirlik, mahalliy hokimliklar) tomonidan o‘rnatiladigan normalar mavjudligini anglatadi. Yagona yuridik mazmunga ega bo‘lgan mazkur huquqiy normalar o‘zining yuridik kuchiga
ko‘ra teng emas. Konstitutsiyaviy va qonun xususiyatiga ega bo‘lgan ma’muriy-huquqiy normalar o‘z yuridik ahamiyatiga ko‘ra birlamchidir. Ijro etuvchi hokimiyat subyektlari tomonidan o‘rnatiladigan ma’muriy-huquqiy normalar konstitutsiyaviy qonunchilik normalariga nisbatan ikkilamchi xususiyat kasb etadi.
Bundan ijro etuvchi hokimiyat subyektlarining faoliyatigina emas, balki ular yaratadigan ma’muriy-huquqiy normalar ham qonunga mos bo‘lishi lozim, degan xulosa kelib chiqadi. Huquqiy normalar iyerarxiyasida ular muayyan o‘rin egallaydi. Ijro etuvchi hokimiyat subyektlari tomonidan yaratiladigan
ma’muriy-huquqiy normalar huquq ijodkorligining ikkilamchi (hosila) shakli sifatida, avvalo, Konstitutsiya va qonunchilik normalarining ta’sirchanligini ta’minlaydi. Shu tariqa ular bunormalarga aniq amal qiluvchi huquqiy qoidalar maqomini baxsh etuvchi muhim yuridik vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi,
shuningdek ularda ifodalangan umumiy xulq-atvor qoidalarini aniqlashtiradi va muayyanlashtiradi. Shu sababli ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan
yaratiladigan ma’muriy-huquqiy normalar ushbu hokimiyat faoliyati doirasida qonunlarni amaliyotga tatbiq etish jarayonida alohida o‘rin tutadi.
Ta’kidlash joizki, ijro etuvchi hokimiyat organlarining ma’muriy huquq ijodkorligi muayyan sharoitlarda amalga oshirilishi mumkin. Bunday sharoitlarga quyidagilar kiradi:
— tegishli qonunchilik hujjatida mazkur imkoniyat to‘g‘ridanto‘g‘ri nazarda tutiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunida O‘zbekiston Hukumatining suv resurslaridan kompleks foydalanish va ularni muhofaza qilish sxemalarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, davlat ekspertizasidan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga tatbiq etish tartibini belgilashi nazarda tutilgan;
— ijro etuvchi hokimiyatning mazkur subyekti uchun belgilaadigan
vakolatlar majmui uning huquq ijodkorlik borasidagi vakolatlarini oddiy qayd etish tarzida emas, balki aniq ifodalangan ko‘rinishda o‘z ichiga oladi (masalan, normativ hujjatlar qaysi masalalar bo‘yicha qabul qilinishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi). Jumladan, vazirliklar to‘g‘risidagi nizomlarda ijro etuvchi hokimiyatning mazkur organlarga o‘z vakolatlari (belgilangan faoliyat sohasi) doirasida qonunlarga muvofiq ijro etuvchi hokimiyatning o‘zga organlari, shuningdek tashkilotlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy
hujjatlar qabul qilish huquqi berilgan;
— ijro etuvchi hokimiyat (ma’muriy) norma ijodkorligidan
ba’zan tizim doirasida tartibga solish maqsadida, ya’ni ijro etuvchi
hokimiyat (davlat boshqaruvi) mexanizmining ichki tashkiliy
manfaatlari yo‘lida foydalaniladi. Muhimi shundaki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilmaydigan qonunchilik hujjatlarida ularni kim bajarishi lozimligi aniq ko‘rsatilishi va ayni vaqtda, buning uchun zarur bo‘lgan qonun osti norma
ijodkorligi vakolatlarining hajmi belgilanishi lozim. Ma’muriy huquq sohasidagi ijtimoiy munosabatlarning quyidagi guruhlari ma’muriy-huquqiy normalarning tartibga solish predmeti sifatida namoyon bo‘ladi:
1) davlat boshqaruvi subyektlari boshqaruv faoliyatini, ya’ni
o‘z vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini bevosita amalga oshirishi
bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar;
2) tashkilotning ichki munosabatlari — davlat boshqaruvi
subyektlari doirasidagi, shuningdek qonun chiqaruvchi va sud
organlari tizimidagi ularning faoliyatini tashkil etish (devoni)
hamda ularda davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan
munosabatlar;
3) ma’muriy sudlov ishlarini yuritishni tashkil etish bilan
bog‘liq munosabatlar. Shunday qilib, ma’muriy-huquqiy normalar deganda, davlat boshqaruvi sohasidagi hamda boshqaruv xususiyatiga ega bo‘lgan
munosabatlarni, ijro etuvchi hokimiyat organlarining ichki tashkiliy sohadagi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati organlari apparatlarining faoliyati hamda davlat xizmatini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy norma tushuniladi. Ma’muriy-huquqiy normalar o‘zining tartibga solish
yo‘nalishlari va yuridik mazmuniga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Ma’muriy-huquqiy normalar turli mezonlar, ya’ni tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning xususiyatlari, vazifasi, shuningdek funksiyalariga ko‘ra turlarga ajratiladi.
1. Ma’muriy-huquqiy normalar vazifasiga ko‘ra moddiy va
protsessual turlarga bo‘linadi. Moddiy ma’muriy-huquqiy normalar ma’muriy huquq bilan tartibga solinadigan boshqaruvga oid munosabat ishtirokchilarining
huquq va majburiyatlari majmuini, shuningdek ularning javobgarligi, ya’ni ma’muriy-huquqiy maqomini yuridik jihatdan mustahkamlaydi. Moddiy normalarda ijro etuvchi hokimiyat (davlatboshqaruvi) tizimi, tartibga solinayotgan boshqaruvga oid munosabat ishtirokchilari faoliyat ko‘rsatishi lozim bo‘lgan
huquqiy makon (rejim) o‘z ifodasini topadi. Bunday ma’muriyhuquqiy
normalar ba’zan statik normalar deb ataladi. Ular toifasiga mansabdor shaxslarning fuqarolar shikoyatini qabul qilish va belgilangan muddatda ko‘rib chiqish borasidagi majburiyatlari yoki ijro etuvchi hokimiyat muayyan subyektining vakolatlari asosini belgilovchi normalar kiradi. Shunday qilib, moddiy ma’muriyhuquqiy normalar bilan boshqaruvga doir munosabat subyektlarining o‘zaro aloqasi asoslari belgilanadi; ma’muriy huquq normalarining bajarilishi, qo‘llanilishi va ularga rioya qilinishi zarur hollarda davlat majburlov choralari bilan ta’minlanadi. Protsessual ma’muriy-huquqiy normalar davlat boshqaruvini
amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan protsessual masalalarni tartibga soladi. Masalan, bu normalar fuqarolarning shikoyat va arizalarini qabul qilish, ko‘rib chiqish va hal qilish tartibini;
ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ishlarni yuritish tartibini belgilaydi. Ularning vazifasi moddiy ma’muriy huquq normalari bilan belgilangan yuridik huquqlar va majburiyatlarning tartibga solinayotgan boshqaruvga oid munosabatlar doirasida amalga oshirilish tartib-taomillarini belgilashdan iborat. Ma’muriy huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarning o‘zaro nisbatini quyidagi misolda ko‘rish mumkin. «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy protseduralar to‘g‘risida»gi 2007-yil 30-iyun qonunida ma’muriy protseduralarning mazmuni, uni amalga oshiruvchi organlarning ro‘yxati va vakolatlari, ularning ma’muriy ishlarni ko‘rish bilan bog‘liq faoliyati ta’riflangan. Shuningdek, ma’muriy protseduralarning umumiy qoidalari, ma’muriy ishlarni ko‘rish prinsiðlari,
bosqichlari, tartib-taomillari, muddatlari, protsessual rasmiylashtirish
talablari belgilangan. Bu normalar fuqarolar va yuridik shaxslarning ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish jarayonidagi huquq va imkoniyatlarini aks ettiradi. Bunda ularning yuridik talqindagi statik xususiyati va moddiyligi namoyon bo‘ladi. Ayni
vaqtda, Qonunda protsessual (dinamik) normalar to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
2. Ma’muriy-huquqiy normalar subyektlar xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish usuliga ko‘ra ijtimoiy munosabat ishtirokchilarining xulqatvoriga turlicha ta’sir ko‘rsatadi: ular harakatga undashi, muayyan harakatlarni bajarishni buyurishi, u yoki bu harakatlarni bajarish vakolatini berishi, harakatlarni bajarishni man etishi mumkin.
Ularda ta’riflangan qoidalarning xususiyatiga qarab vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi va taqiqlovchi ma’muriy-huquqiy normalarga ajratiladi.
3. Ma’muriy-huquqiy normalar subyektlari va tartibga solish ko‘lamiga ko‘ra: a) davlat organlari, korxonalar, tashkilotlar faoliyatini; b) fuqarolar xulq-atvorini; v) jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatini; g) davlat xizmati xodimlarining faoliyatini tartibga soluvchi turlarga bo‘linadi. Ma’muriy huquq normalari O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
4. Ma’muriy-huquqiy normalar majburiyat yuklash shakliga

Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling