Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Download 221.7 Kb.
bet52/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

Vazirlar Mahkamasining qarorlari ham kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 98-moddasining 1- qismida ta’kidlanganidek, «Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi». Quyidagi qarorlarni misol tarzida keltirish mumkin. Respublika Hukumatining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida» gi (1997-yil 20-may), «Kimyo
sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi (2004 yil 23-yanvar), «O‘zbekiston Respublikasiga iste’mol tovarlarini olib kelishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida» gi (2002-yil 5- dekabr), «Mualliflik haqi va boshqa haq to‘lash stavkalarini
tasdiqlash to‘g‘risida» gi (2007-yil 8-yanvar) va boshqa qarorlari shular jumlasidan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiturli nizomlarni tasdiqlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining normativ qarorlari ham ma’muriy huquqning manbai bo‘lib hisoblanadi.
5. Tarmoqlararo va tarmoq miqyosida respublika vazirliklarining,
ijro etuvchi hokimiyat boshqa organlarining, mahalliy hokimlarning
normativ hujjatlari ma’muriy huquq manbalari bo‘lib xizmat
qiladi.
6. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish vakillik va ijroiya organlarining normativ hujjatlari ham, basharti bu organlarga qonunga muvofiq tegishli davlat vakolatlari berilgan bo‘lsa, ma’muriy huquq manbalari hisoblanadi.
7. Ma’muriy-huquqiy normalar davlat bitimlarida ham o‘z aksini topishi mumkin bo‘lib, bunday hollarda mazkur bitimlar ma’muriy huquq manbalari sifatida e’tirof etilishi lozim.
8. Ma’muriy huquq manbalari qatoriga ichki tashkiliy xususiyat kasb etadigan hujjatlar — davlat korporatsiyalari, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va muassasalar rahbarlarining normative hujjatlarini (yoki ularning jamoaviy organlari hujjatlarini) ham kiritish mumkin. Bunday hujjatlarning normalari muayyan tuzilma doirasidagina amal qiladi. Ayrim hollarda davlat korporatsiyalari, konsernlarning normativ hujjatlari bir jamoaviy tuzilma chegarasidan chetga chiqishi mumkin (masalan, yonilg‘i-energetika majmui
sohasida). Tavsiflangan ma’muriy huquq manbalari tizimining turlitumanligi
ma’muriy-huquqiy normalarni tizimga solish va kodekslashtirishni takomillashtirish muammosini kun tartibiga qo‘yadi.
Ma’muriy huquqni tizimga solishga nisbatan aniq yondashuvlar uzoq yillar mobaynida kuzatilmagan. Holbuki, huquqning boshqa ko‘pgina tarmoqlari bilan taqqoslaganda, ma’muriy huquq o‘zining o‘ta harakatchanligi (muttasil o‘zgarishi, modifikatsiyalanishi) bilan ajralib turadi. O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi tizimga solish va kodekslashtirish ishlarini amalga oshirish, shu jumladan ijro etuvchi hokimiyat mexanizmi faoliyat ko‘rsatishini tashkil etish, turli darajada amal qiluvchi, ba’zan eskirgan va bir-biriga zid bo‘lgan ma’muriy-huquqiy normalarningulkan majmuini tartibga keltirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratadi. Umuman, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ma’muriy huquqning faqat bir instituti kodekslashtirilgan. Bu — moddiy va protsessual ma’muriy huquq normalarini birlashtirgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksdir. Ammo bu qisman kodekslashtirish, xolos. Albatta, umumiy ma’muriy-huquqiy kodekslashtirish haqida so‘z yuritish ham mushkul. Hozirgi vaqtda ma’muriy-huquqiy normalarni tizimga solish, ularni davr talablari, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy islohotlar, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan institutlar bilan muvofiq holga keltirish vazifasi birinchi o‘ringa chiqmoqda. Tabiiyki, tegishli ma’muriyhuquqiy normativ materialni sezilarli darajada yangilash, shuningdek boshqaruvga doir ijtimoiy munosabatlarni ma’muriy-huquqiy tartibga solishdagi mavjud ko‘plab kamchiliklarni bartaraf etish, ma’muriy huquqni inkorporatsiya qilish (uning muhim institutlari bo‘yicha normalarni birlashtirish va tizimga solish) zarur.



Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling