Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA


Download 221.7 Kb.
bet63/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda qator tizimli muammolar va kamchiliklarning mavjudligi ushbu sohada davlat siyosatini samarali olib borishga va mamlakatning mavjud sport salohiyatidan to‘liq foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan:
birinchidan, ayniqsa, joylarda jismoniy tarbiya va sport boshqaruvining samarali yaxlit tizimi mavjud emasligi ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini lozim darajada muvofiqlashtirishni, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va targ‘ib qilishni ta’minlamayapti;
ikkinchidan, mamlakatimizda ham ommaviy sport, ham oliy sport yutuqlari sohasida aniq vazifalar va maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilagan holda, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmagan;
uchinchidan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida sportning zamonaviy moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini yaratish bo‘yicha nodavlat sektor bilan o‘zaro munosabatlarning past darajada ekanligi ushbu sohada mavjud muammolarni samarali hal etishga imkon bermayapti;
to‘rtinchidan, joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof tizimi mavjud emasligi terma jamoalar tarkibini sifatli to‘ldirish uchun sport zaxirasini shakllantirish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlashni ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda;
beshinchidan, sport kadrlarini, ayniqsa boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi jismoniy tarbiya va sport boshqaruvi sohasida malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkonini bermayapti;
oltinchidan, jismoniy tarbiya va sport sohasini qo‘llab-quvvatlashning faqat alohida sport turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, nooqilona tizimi boshqa ommaviy olimpiya sport turlarini, eng avvalo, sport o‘yinlari va qishki sport turlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilmasligiga olib kelgan;
yettinchidan, sportchilarni tayyorlash va ular tibbiy ta’minotining innovatsion tadqiqotlari va uslubiy ishlanmalari, zamonaviy talablarga javob beradigan standartlarining mavjud emasligi sifatli o‘quv-mashq jarayonining yo‘lga qo‘yilishini ta’minlamayapti;
sakkizinchidan, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga yo‘naltirilgan moliyaviy mablag‘lar sarflanishining asosliligi va haqqoniyligi ustidan nazoratning, eng avvalo, ichki nazoratning moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan va ushbu sohada suiiste’molchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan samarali mexanizmi shakllantirilmagan;
to‘qqizinchidan, xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli mahalliy sport asbob-uskunalari va inventarlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan, shuningdek, bunday ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan mexanizmi nazarda tutilmagan.

Sog‘liqni saqlash sohasini boshqaruv organlari O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi 1996- yil 29-avgust qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qaror va ko‘rsatmalariga asosan o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Davlat sog‘liqni saqlash tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari, ularning shahar va tuman bo‘linmalari kiradi. Davlat sog‘liqni saqlash tizimiga davlat mulki bo‘lgan va davlat


sog‘liqni saqlash tizimining boshqaruv organlariga bo‘ysunuvchi davolash-profilaktika va ilmiy tadqiqot muassasalari, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari tayyorlaydigan hamda ularni qayta tayyorgarlikdan o‘tkazadigan o‘quv yurtlari, farmatsevtika korxonalari va tashkilotlari, sanitariya-profilaktika muassasalari, sudtibbiy ekspertiza muassasalari, tibbiy dori-darmonlar va tibbiyot texnikasi ishlab chiqaradigan korxonalar hamda asosiy faoliyati fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash bilan bog‘liq boshqa korxona, muassasa va tashkilotlar kiradi. Ilmiy tadqiqot institutlarining klinikalari, vazirliklar, idoralar, davlat korxonalari, muassasa va
tashkilotlari barpo etadigan davolash-profilaktika va dorixona muassasalari kiradi. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasini boshqarish Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning joylardagi organlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturiga muvofiq
sog‘liqni saqlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
aholiga bepul tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning davlat tomonidan kafolatlangan darajasi va sifatini ta’minlash;
boshqarishning barcha darajalarida aholiga shoshilinch tibbiy
yordam ko‘rsatish tizimini tashkil etish va mustahkamlash;
sog‘liqni saqlash tizimini mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, shu jumladan davolash-profilaktika muassasalarining bosqichma-bosqich pulli xizmatlar ko‘rsatishga o‘tkazilishini ta’minlash;
jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy klinikalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda barpo etish
Fan sohasini boshqarish
O‘zbekiston — ilm-fan va madaniyat qadimdan taraqqiy etgan mamlakatlardan biridir. O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududida, ayniqsa, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, to‘qimachilik, me’morchilik, ma’danshunoslik, falsafa, musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan. O‘zbekiston olimlari
ota-bobolari yaratib ketgan ilmiy merosni o‘rgandilar va boyitdilar. O‘zbekistonda hozir ham yuqorida sanab o‘tilgan sohalar rivojlantirilmoqda, ularning qatoriga yangilari qo‘shilmoqda. O‘zbekiston olimlari o‘z ilmiy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyatiga munosib hissa qo‘shdilar. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Nukus va Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bo‘limlari, Buxoroda ilmiy markazi, Urganchda Xorazm Ma’mun akademiyasi ochilgan. Ilmiy tadqiqot ishlari xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadigan ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy markazlar, shuningdek, universitetlar va boshqa oliy o‘quv yurtlarida ham olib boriladi. Ilmiy kadrlar Fanlar akademiyasi tizimida, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari, xalq ta’limi tizimida tayyorlanadi. Ilmiy tadqiqot muassasalari tarmog‘i va ilmiy kadrlar sonining jadal o‘sishi, olimlar oldiga yangi-yangi vazifalarning qo‘yilishi ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirish ishlarini takomillashtirishni taqozo etadi. Mamlakatimizda 1932- yilda Fan qo‘mitasi ta’sis etildi. 1940-yilda Fan qo‘mitasi negizida Ittifoq Fanlar akademiyasining O‘zbekiston filiali O‘zFan tuzildi. Shu davrda O‘zFan O‘zbekistonning ilmiy tadqiqot markaziga aylandi. 1943-yilda O‘zFan asosida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil qilindi. O‘sha paytda uning tarkibida o‘nta ilmiy tadqiqot instituti faoliyat ko‘rsatgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka
erishganidan so‘ng, ilmiy tadqiqot muassasalarini bazaviy ta’minlash tizimidan ilmiy-texnik vazifalarni hal qilishga qaratilgan maqsadli loyihalarni moliyalashga o‘tish ilmiy jamoalarning ijodiy faolligini rag‘batlantirish, ularning sa’yi harakatlarini real yakuniy natijalarga erishishga safarbar qilish, fan va texnika taraqqiyotining dolzarb masalalarini hal etishni, ularning ishlab chiqarishga joriy
etilishini ta’minladi. Ilmiy-texnika sohasida xalqaro aloqalar jadal rivojlanib bordi.



Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling