Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari
Download 221.7 Kb.
|
ma\'muriy huquqdan majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Iqtisodiy sohani ma’muriy huquqiy tartibga solish. Reja;
- Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Nazorat uchun savollar
Huquqiy jarayon tushunchasi. Huquqiy jarayonning o`ziga xos xususiyatlari. Ma'muriy jarayon tushunchasi. Ma'muriy jarayonning o`ziga xos xususiyatlari. Ma'muriy jarayonning umumiy bosqichlari. Ma'muriy-protsessual normalar tushunchasi. Ma'muriy-protsesasual normalarning tasnifi. Ma'muriy-protsessual munosabatlar tushunchasi va xususiyatlari. Mavzu: Iqtisodiy sohani ma’muriy huquqiy tartibga solish. Reja; Ma’muriy huquqda iqtisodiy soha tushunchasi va uning ahamiyati. 2. Davlat iqtisodiy sohani tartibga solib turuvchi vakolatli davlat organlari. 3. Iqtisodiy sohani boshqaruvining huquqiy asoslari. Iqtisodiyot mamlakat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Mamlakatni modernizatsiya qilish va aholiga munosib turmush sharoiti yaratib berish borasida o‘z oldimizga qo‘ygan maqsad va vazifalarimiz hamda mintaqa va jahon bozorlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni shart qilib qo‘ymoqda. Bu borada ustuvor vazifa avvalgidek – bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishdan iborat. Bu yo‘nalishda ko‘p ishlar qilindi, ammo yaqin vaqt ichida hal qilishimiz lozim bo‘lgan masalalar ham oz emas. Ya’ni, eski ma’muriy taqsimot tizimi qoliðlaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta’minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to‘laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo‘lidagi mavjud g‘ov-to‘siqlarni bartaraf etishimiz zarur Iqtisodiyot vazirligi quyidagi muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi: — makroiqtisodiy barqarorlikka, iqtisodiyotni mutanosib va tez sur’atlarda o‘sishiga erishish; — ko‘p ukladli va samarali faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkchilikning yetakchi rolini ta’minlash, bozor infratuzilmasini rivojlantirish; — boy tabiiy va mineral xom ashyo resurslaridan yaratilgan ishlab chiqarish va ilmiy-texnik salohiyatdan samarali va oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan aniq maqsadli tarkibiy siyosatni amalga oshirish, eksport imkoniyatini rivojlantirish va mamlakat iqtisodiyotini jahon iqtisodiy tizimiga keng integratsiyalashuviga erishish; — yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat resurslarini ish bilan oqilona ta’minlash muammolarini hal etish, aholini aniq tarzda ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, aholi turmush darajasini barqaror, izchil o‘stirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish; — mamlakat mintaqalari iqtisodiyotining mutanosib va kompleks rivojlanishi, ishlab chiqarish kuchlaridan maqbul va samarali foydalanish hamda respublika hududlari bo‘yicha joylashtirilishini ta’minlash. Iqtisodiyot vazirligi o‘ziga yuklangan vazifalarni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qisqa va o‘rta muddatli bashoratlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘li bilan ro‘yobga chiqaradi. Quyidagilar Iqtisodiyot vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi: — jamiyatni rivojlantirish va demokratik qayta o‘zgarishlarning maqsadi va ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va isloh qilishning, iqtisodiyotni boshqa rishning bozor metodlari va mexanizmlarini joriy etishning puxta o‘ylangan strategiyasi ishlab chiqilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish; — asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni, respublikaning, mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasini kompleks ravishda izchil tahlil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini asoslash; — iqtisodiyotni rivojlantirishning ko‘p variantli ssenariylarini, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mintaqalar, tarmoqlar va iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha qisqa va o‘rta muddatli bashoratlari va dasturlarini ishlab chiqish; — muhim qiymat, moddiy va mehnat balanslarini ishlab chiqishni tashkil etish; — asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning pul-kredit agregatlari, davlat budjeti parametrlari, tashqi savdo, to‘lov balanslari va tarmoqlararo balanslar bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi ta’sirchan mexanizmni shakllantirish; — budjet-soliq, pul-kredit, valuta va monopoliyaga qarshi siyosatning umumiy yo‘nalishlari, tabiiy monopoliyalar mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga narxlar va tariflarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish, to‘lov, moliya va moddiy balanslarni shakllantirish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashish va boshqalar. Iqtisodiyot vazirligi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: — bozor metodlari va vositalari asosida iqtisodiy siyosatni amalga oshirishning ta’sirchan mexanizmini ishlab chiqadi; — respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli darajasini, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni chuqur tahlil qiladi, ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini belgilaydi, iqtisodiyotdagi nomutanosibliklarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish yo‘llarini asoslaydi, respublika iqtisodiyoti rivojlanishining ahvoli to‘g‘risida yillik va choraklik ma’ruzalar tayyorlaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilish bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi; — muhim qiymat, moddiy va mehnat resurslari balanslarini ishlab chiqadi, iqtisodiyotni barqaror, dinamik va mutanosib rivojlantirishni ta’minlash yo‘llarini asoslab beradi va metodlarini ishlab chiqadi va boshqalar. Vazirlik faoliyatini tashkil etish. Iqtisodiyot vazirligiga Vazir rahbarlik qiladi. Vazirni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi. Iqtisodiyot vazirining bir nafar birinchi o‘rinbosari va bosh boshqarmalar boshliqlari hisoblanadigan uch nafar o‘rinbosari bo‘ladi. Vazirning birinchi o‘rinbosari maqomiga ko‘ra vazirga, vazir o‘rinbosarlari – bosh boshqarmalar boshliqlari vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi. Iqtisodiyot vazirligi o‘z huzuridagi: — samarali iqtisodiy siyosat markazi; — tovar bozorlari konyunkturasini o‘rganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish respublika markazi; — vazirlik ma’muriy binosidan foydalanish boshqarmasi; «O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi» jurnali tahririyati faoliyatiga rahbarlik qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiyot bosh boshqarmalari, shuningdek respublika shaharlari va tumanlaridagi iqtisodiyot bo‘limlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga qarashli bo‘ladi. Ularning faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish va muvofiqlashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi amalga oshiradi. Iqtisodiyot vazirligida 9 kishidan iborat Hay’at tuziladi, uning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Hay’at o‘zining muntazam o‘tkazib turiladigan majlislarida mamlakatni, tarmoqlarni va hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning muhim muammolarini, bashorat qilish metodologiyasini va uni tashkil etishni yaxshilash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqadi. Hay’at qarorlari Iqtisodiyot vazirining buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi. Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni Soʻnggi yillarda respublika iqtisodiyotida davlatning roli va ishtirokini qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy qilish, shuningdek, aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, iqtisodiyot organlarining amaldagi tuzilmasi, ularning ishini tashkil qilish prinsip va usullari iqtisodiyotni boshqarishning zamonaviy talablariga, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlaridagi tuzilmaviy oʻzgartirishlarga javob bermaydi. Xususan, iqtisodiyotning oʻzgarishi sharoitida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asoslangan maqsadli yoʻnalishlarini (indikatorlarini) shakllantirish, shuningdek, mavjud ichki va tashqi omillarni hamda islohotlarning strategik ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda iqtisodiy oʻsishning yangi manbalarini aniqlash tizimi mavjud emas. Iqtisodiyotning hududiy va tarmoq taraqqiyoti, shu jumladan, urbanizatsiya salohiyatini amalga oshirish orqali mutanosiblikni taʼminlash uchun ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish tizimi kerakli darajada yoʻlga qoʻyilmagan. Bozor tamoyillarini keng joriy etish, mahalliy ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, bozorni raqobatbardosh tovarlar bilan toʻldirish va ularni tashqi bozorlarga yoʻnaltirish hajmlarini oshirish boʻyicha zarur tadbirlar ishlab chiqilmayapti. Natijada, barqaror ishchi oʻrinlari yaratish darajasi pastligicha saqlanib qolayotganligi aholini, ayniqsa, qishloq aholisini barqaror daromad manbai bilan taʼminlash imkonini bermaydi va sifatli inson kapitalini rivojlantirishga toʻsqinlik qiladi. Iqtisodiyot organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, ularni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish “lokomotiviga” aylantirish, iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga asosan belgilangan vazifalarga muvofiq: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash asosida iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish va iqtisodiyotning real sektori holati, tashqi bozorlari konʼyunkturasi hamda global va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan bogʻliq holda iqtisodiyot asosiy sohalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish; Download 221.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling