Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Ma'muriy jazo – ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qo`llaniladigan davlat javobgarligining chorasi bo`lib, yangi huquqbuzarliklarning sodir etilishini oldini olish maqsadida qo`llan


Download 221.7 Kb.
bet58/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

Ma'muriy jazo – ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qo`llaniladigan davlat javobgarligining chorasi bo`lib, yangi huquqbuzarliklarning sodir etilishini oldini olish maqsadida qo`llaniladi.


Ma'muriy jazo – ma'muriy majburlovning bir ko`rinishi hisoblanadi. Ma'muriy jazo ma'muriy majburlovning boshqa choralaridan farqli ravishda, o`ziga xos maqsadga ega bo`lgan jazo sanksiyalari bo`lib, protsessual tartibda qo`llaniladi. Ma'muriy jazo Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks bilan, ma'muriy majburlovning boshqa choralari esa, turli normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Ma'muriy jazo – turli huquq tarmoqlari (konstitutsiyaviy, ma'muriy, mehnat, moliya, fuqarolik, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual huquq) normalarini buzganlik uchun qo`llaniladi. Uni qo`llash orqali shaxsga to`g`ridan-to`g`ri ta'sir ko`rsatiladi, aybdorning huquqiy maqomi vaqtincha cheklanadi (masalan, ma'lum bir huquqlar cheklanishi, qo`shimcha majburiyatlar yuklanishi mumkin), shuningdek, jazoga tortilganlik holatini vujudga keltiradi. Bundan tashqari, ma'muriy jazo sodir etilgan huquqbuzarlikka nisbatan davlat tomonidan rasmiy va oshkora salbiy baho berish hisoblanadi.
Jazolash – ma'muriy jazoning asosiy maqsadi emas, balki huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsni qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, huquq tartibotni ta'minlash, yangi qonunga xilof qilmishlarning sodir etilishini oldini olish maqsadida qo`llaniladi. Ma'muriy jazo, ma'lum bir ma'noda, jinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
YU.M.Kozlovning fikricha, ma'muriy jazo choralari - ma'muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash maqsadida qo`llanilmaydi. Agar, ma'muriy huquqbuzarlik orqali jismoniy yoki yuridik shaxsga moddiy zarar yetkazilgan bo`lsa, huquqbuzarlik ishini ko`rib chiquvchi davlat organi ma'muriy jazoni tayinlash bilan bir vaqtda, mulkiy zararni undirish bo`yicha masalani hal etishi mumkin. Mulkiy zararni undirish fuqarolik ishlarini ko`rib chiqqish tartibida amalga oshiriladi.76
B.V.Rossinskiyning ko`rsatib o`tishicha, ma'muriy jazo choralarini mazmuniga qarab quyidagilarga ajratish mumkin:
a) ahloqiy-huquqiy choralar (masalan, ogohlantirish);
b) mulkiy choralar (masalan, ma'muriy jarima, ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo`lgan ashyoni haqini to`lash sharti bilan olib qo`yish yoxud uni musodara qilish);
c) shaxslarning shaxsiy huquqlarini cheklashga qaratilgan choralar (masalan, ma'muriy qamoq, ma'muriy tarzda chiqarib yuborish);
d) tashkiliy choralar (masalan, maxsus huquqdan mahrum qilish).77
Ma'muriy jazo – u yoki bu shaxs tomonidan sodir etilgan qilmishga ma'naviy ta'sir ko`rsatishni (masalan, ogohlantirish) yoki huquqbuzarga moddiy ta'sir ko`rsatishni (masalan, jarima) nazarda tutadi.
O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 22-moddasiga binoan ma'muriy jazo - javobgarlikka tortish chorasi bo`lib, u ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, ana shu huquqbuzarning o`zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo`llaniladi.
Kodeksning 23-moddasiga binoan esa, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma'muriy jazo choralari qo`llanilishi mumkin:

  1. jarima;

  2. ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo`lgan ashyoni haqini to`lash sharti bilan olib qo`yish;

  3. ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo`lgan ashyoni musodara qilish;

  4. muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;

  5. ma'muriy qamoqqa olish.

Jarimadan tashqari barcha ma'muriy jazo choralari, faqat O`zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin.
Qonun hujjatlarida ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ajnabiy fuqarolarni va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni O`zbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tarzda chiqarib yuborish nazarda tutilishi mumkin.
Ma'muriy jazo – asosiy va qo`shimcha jazo choralariga bo`linadi. Asosiy ma'muriy jazo choralari – bu ma'muriy jazo choralarining boshqa turlariga qo`shimcha ravishda tayinlanishi mumkin bo`lmagan jazo choralaridir. Masalan, jarima, maxsus huquqdan mahrum qilish va ma'muriy qamoq faqat asosiy jazo choralari sifatida qo`llanilishi mumkin.
Qo`shimcha jazo choralari esa, ma'muriy jazoning boshqa choralariga qo`shimcha ravishda belgilanishi mumkin bo`lgan choralar bo`lib hisoblanadi.


Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling