Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Download 221.7 Kb.
bet57/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

Ma'muriy-protsessual munosabatlar – jamiyatda vujudga keladigan huquqiy munosabatlarning bir ko`rinishi bo`lib, huquqiy normalarda nazarda tutilgan aniq subyektlar o`rtasidagi yuridik aloqalarni anglatadi.
Ma'muriy-protsessual munosabatlar – unda ishtirok etuvchi subyektlarning belgilangan xulq-atvorda bo`lishini nazarda tutadi.
Ma'muriy-protsessual munosabatlar – hamma vaqt ma'muriy-protsessual normalar asosida vujudga keladi. Albatta, huquqiy normaning mavjud bo`lishi, huquqiy munosabatni vujudga kelishiga yetarli emas. Huquqiy munosabatning vujudga kelishi uchun huquq subyekti (huquq layoqati va muomala layoqati) va yuridik faktlarning (harakat, harakatsizlik, hodisa) mavjud bo`lishi ham talab qilinadi.
Ma'muriy-protsessual munosabatlarni amalga oshirish barcha huquqiy munosabatlar singari, davlatning ta'sir choralari bilan ta'minlanadi. Ular turli-tuman bo`lib, faqatgina majburlov choralari bilan chegaralanmaydi. Ijro hokimiyati organlari faoliyatida vujudga keladigan aksariyat ma'muriy-protsessual munosabatlarni amalga oshirishda davlatning majburlov choralarini qo`llash zaruriyati mavjud emas.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan ma'muriy-protsessual munosabatlarning o`ziga xos xususiyatlari, ularni huquqiy munosabatlarning bir ko`rinishi sifatida ifodalashga imkon beradi. Lekin bu xususiyatlar ma'muriy-protsessual munosabatlarning mazmunini to`liq yoritib bera olmaydi. Shu sababli, asosiy e'tiborni, uning alohida xususiyatlarining qisqacha tavsifiga qaratish lozim. Jumladan:
birinchidan, ma'muriy-protsessual munosabatlar – davlat boshqaruvi sohasida ijro hokimiyati organlarining vakolatlarini amalga oshirish jarayonida vujudga keladi hamda moddiy normalar singari, aniq ifodalangan boshqaruv xususiyatiga egadir;
ikkinchidan, bu munosabatlar – protsessual huquqiy munosabatlardir. Agar, ma'muriy-protsessual munosabatlarning birinchi xususiyati ularni moddiy normalarga yaqinlashtirsa, ikkinchi xususiyati bu ikkala norma o`rtasidagi aniq chegarani belgilab beradi.
Demak, ma'muriy protsessual munosabatlar – bu ma'muriy huquq normalari bilan tartibga solinadigan, ijro hokimiyati organlarining o`z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida yakka tartibdagi va aniq ishlarni hal etish bo`yicha vujudga keladigan huquqiy munosabatlardir.
Ma'muriy-protsessual munosabatlar bir necha asoslarga qarab turli guruhlarga ajratilishi mumkin.
Ma'muriy-protsessual munosabatlar - aniq subyektlar va boshqa ma'muriy jarayon ishtirokchilari o`rtasida huquqiy aloqalarning vujudga kelishida ifodalanadi.

Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling