Mavzu: Ma’muriy tartib taomillar
Reja:
Ma’muriy tartib taomillar tushunchasi va uning ahamiyati.
O’zbekiston respublikasining Ma’muriy tartib taomillar to’g’risidagi qonuni mazmun mohiyati.
Ma’muriy tartib taomil prinsiplari.
Mamlakatimizda maxsus “Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida” Qonun qabul qilingan. Ma'muriy tartib-taomil – ma'muriy organlarning ma'muriy-huquqiy faoliyatini tartibga soluvchi protsessual qoidalardir. Bunda ma'muriy organlar deyilganda ma'muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma'muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo'lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar tushuniladi. Maxsus ma'muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonun hujjatlari jismoniy va yuridik shaxslarning holatini yomonlashtirmasligi kerak. Ushbu Qonun ma'muriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan ma'muriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan litsenziya, ruxsat berish, ro'yxatdan o'tkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma'muriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi. Mazkur Qonun jismoniy va yuridik shaxslar kundalik faoliyatida duch kelishi mumkin bo'lgan muhim hujjatlardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 14-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning maqsadi ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari ma’muriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |