Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari
-modda. Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilik
Download 221.7 Kb.
|
ma\'muriy huquqdan majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasi
- 4-modda. Asosiy tushunchalar
2-modda. Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilik
Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. Maxsus ma’muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonunchilik jismoniy va yuridik shaxslarning holatini yomonlashtirmasligi kerak. Ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishga doir u yoki bu munosabatlar maxsus ma’muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinmagan hollarda ushbu Qonun normalari qo‘llaniladi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 3-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasi Ushbu Qonun ma’muriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan ma’muriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan litsenziya, ruxsat berish, ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa ma’muriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi. Ushbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish, davlat xizmatini o‘tash, referendumlar, saylovlar o‘tkazish, mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot sohasida, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, jinoiy majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat, sud ishini yuritish, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish sohasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasiga kiruvchi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 4-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: manfaatdor shaxs — qabul qilinayotgan ma’muriy hujjat yoki ma’muriy harakat qaratilgan shaxs, shuningdek huquqlari va qonuniy manfaatlari ma’muriy hujjatga yoki ma’muriy harakatga daxldor bo‘lgan yoxud daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxs; ma’muriy ish yuritish — ma’muriy tartib-taomil orqali tartibga solingan ma’muriy ishni ko‘rib chiqish, ma’muriy hujjatni qabul qilish, uni ma’muriy shikoyat bo‘yicha qayta ko‘rish, shuningdek ma’muriy hujjatni ijro etish jarayoni; ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) — ma’muriy organning qonunchilik doirasida yo‘l qo‘yilgan choralardan birini qonuniylikka va maqsadga muvofiqlikka o‘zi baho berishi asosida o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘llash yoki tegishli chorani qo‘llashdan voz kechish huquqi; ma’muriy organlar — ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar; ma’muriy tartib-taomil — ma’muriy organlarning ma’muriy-huquqiy faoliyatini tartibga soluvchi protsessual qoidalar; ma’muriy harakatlar — ma’muriy organning jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida amalga oshirilgan, ma’muriy yoki protsessual hujjat bo‘lmagan, yuridik ahamiyatga ega harakatlari (harakatsizligi); ma’muriy hujjat — ma’muriy organning ommaviy huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishga, o‘zgartirishga yoki tugatishga qaratilgan hamda ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud muayyan xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan shaxslar guruhi uchun muayyan huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi ta’sir chorasi; ma’muriy-huquqiy faoliyat — ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoxud muayyan xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan shaxslar guruhiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqaruv faoliyati; protsessual hujjat — ma’muriy organ tomonidan ma’muriy ish yuritish davomida qabul qilinadigan, ma’muriy ishni mazmunan hal etmaydigan hujjat. Download 221.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling