Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


-modda. Ma’muriy shikoyatning shakli va mazmuni


Download 221.7 Kb.
bet83/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

65-modda. Ma’muriy shikoyatning shakli va mazmuni
Ma’muriy shikoyat yozma, og‘zaki yoki elektron shaklda beriladi va unda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy organning nomi;
2) shikoyat bergan arizachining (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi, yuridik shaxs uchun esa — uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
3) arizachining talablari;
4) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati (mavjud bo‘lgan taqdirda);
5) ariza berilgan sana.
Ma’muriy shikoyat manfaatdor shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar shikoyat vakil tomonidan berilgan bo‘lsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning ko‘chirma nusxasi ilova qilinishi kerak.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida berilgan ma’muriy shikoyatda ushbu moddada sanab o‘tilgan ma’lumotlardan tashqari manfaatlarini ko‘zlab shikoyat berilayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning manzili hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborot ko‘rsatilishi kerak.
Qonunchilikda ma’muriy shikoyatga va unga ilova qilinadigan hujjatlarga doir boshqa talablar ham nazarda tutilishi mumkin.
Ma’muriy organ ma’muriy shikoyatga va unga ilova qilinadigan hujjatlarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilmagan talablar qo‘yishga haqli emas.
Jismoniy shaxs og‘zaki shikoyat qilayotganda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa o‘z vakolatlarini tasdiqlaydigan va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak.
Elektron shaklda beriladigan shikoyatlarda arizachining elektron manzili va yagona identifikatori, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa elektron raqamli imzo va boshqa rekvizitlar ko‘rsatilishi kerak.
Shikoyatda elektron manzilning ko‘rsatilganligi arizachining xabarnomalarni axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilishga bo‘lgan roziligidir.

Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling