Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Download 221.7 Kb.
bet80/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

Nazorat uchun savollar

  1. Ma’muriy ish yuritish deganda nimani tushunasiz?

  2. Ma’muriy ish yuritishda kimlar ishtirokchi bo’la oladi?

  3. Ishtirokchilarning qanday huquq va majburiyatlari bor?

  4. Ma’muriy ish yuritishda muddatlarning o’rni qanday?

  5. Ma’muriy ish yuritishda dalillar qanday tavsiflanadi?

Adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. Adolat, 2018.

  2. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatining birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: O'zbekiston, 2016.

  3. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va хalq farovonligining garovi. Toshkent: O'zbekiston, 2017.

  4. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy

javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Xalq so’zi 15 yanvar 2017 yil.
5. Erkin xojiev, To'lqin xojiev. Ma'muriy huquq: - T.: 2006.
7. Nazarov K. Ma'muriy huquq. O'quv qo'llanma. -T.: SamDU, 2004. - 214 b.
8. Xakimov G. Ma'muriy huquq (maхsus qism). - T.: TDYuI, 2005. - 331 b.
9. Administrative Law. Peter Leyland, Gordon Anthony.Seventh Edition, 2012.
10. Allgemeines Verwaltungsrecht, Aufl., München Hartmut Maurer: 2011.
Mavzu: Ma’muriy hujjat


Reja:



  1. Ma’muriy hujjat tushunchasi va uning o’ziga hos hususiyatlari.

  2. Ma’muriy hujjatning shakli va mazmuni.

  3. Ma’muriy hujjatning amal qilishi, asosligi, tugash tartibi.

Ushbu mavzuda ma’muriy huquqqa oid ilmiy-nazariy ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, ular asosida tugallangan xulosalar berilgan. Maqolada ma’muriy huquqning muhim jihatlaridan hisoblangan ma’muriy hujjat, ma’muriy hujjatni bekor qilish, o‘zgartirish va ularning boshqa hujjatlardan farqli jihatlari yoritib berilgan. Shu bilan birga, ma’muriy hujjatni bekor qilishda ma’muriy organlar, manfaatdor shaxslar hamda sudlarning o‘rni va ahamiyati ham yoritib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada ma’muriy hujjatning shakli va mazmuni borasida ma’lumotlar, shakliga va mazmuniga qo‘yilgan talablar hamda bu borada rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan. Bundan tashqari, ma’muriy hujjatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning tahlili amaliy misollar yordamida hamda ma’muriy hujjatning shakli va mazmuniga qo‘yilgan talablar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyati va dolzarbligi masalasi yoritib berilgan. Shuningdek, ma’muriy hujjatlarning asoslangan bo‘lish talabi va uning ahamiyati muhokama qilingan. Maqola yozishda Germaniya Federativ Respublikasi, Xitoy, Rossiya va MDH davlatlari qonunchiligidan foydalanilgan. Maqola asosida O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunining yangi loyihasini ishlab chiqishga oid ilmiy asoslangan takliflar keltirilgan.


Boshqa huquq sohalariga qaraganda ma’muriy huquq sohasidagi ma’muriy hujjatlar tushunchasiga juda ko‘p duch kelamiz. Sababi ma’muriy hujjatlar kundalik hayotda juda ko‘p uchraydi. Misol uchun, yerdan foydalanish to‘g‘risidagi hokim qarori yoki litsenziya olish bilan bo‘g‘liq, notarial tasdiqla- nadigan va boshqa ruхsat beruvchi hujjatlar. Ushbu hujjatlarning boshqa hujjatlardan qanaqa farqli jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlari bor degan savol tug‘iladi. Ma’muriy hujjatlarning huquqiy maqomi masalasi ancha payt turli muhokama va bahs- munozaralarga sabab bo‘ldi. Bu masalaga 2018yil 8-yanvar kuni uzil-kesil chek qo‘yildi. Sababi ayan shu kuni O‘zbekiston Respublikasining“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun ma’muriy hujjatlar- ning to‘liq huquqiy maqomini ochib berdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi, chunki ushbu qonunning eng asosiy qismini ma’muriy hujjatlarni qabul qi- lish, bekor qilish, o‘zgartirish va haqiyqiy emas deb topish bilan bog‘liq normalar tashkil etadi. Qonunning 4-moddasida ma’muriy hujjat tushunchasiga alohida ta’rif berilgan bo‘lib, unga binoan “Ma’muriy hujjat – ma’muriy organning ommaviy huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishga, o‘zgartirishga yoki tugatishga qaratilgan hamda ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud muayyan xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan shaxslar guruhi uchun huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruv- chi ta’sir chorasidir”. “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun asosida fikr yuritar ekanmiz, birinchi navbatda, ma’muriy tartib-taomillar haqida olimlar fikrlarini keltirib o‘tamiz. Bu borada ko‘plab olimlar o‘z nuqtai nazarlarini bildirishgan. Jumladan, ma’muriy tartib-taomillar fuqarolarning (ommaviy) ma’muriyat bilan bo‘ladigan huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarni ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan va huquq subyektlarining o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish (ro‘yobga chiqarish)iga qaratilgan munosabatlar (S.Z. Jenetel), manfaatdor shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydigan protsessual (ijobiy) faoliyatga qaratilgan munosabatlar (Y.A. Tixo- mirov), fuqaro va tashkilotlarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishni ta’minlashga xizmat qiladigan maxsus mazmundagi protsessual munosabatlar (O.V. Morozova). Bu kabi tushunchalar tahlilini boshqa olimlarning asarlarida ham ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, bir qator davlatlar, misol uchun, Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra ma’muriy tartib-taomillarga faqat ma’muriy hujjatni qabul qilish bilan bog‘liq ma’muriy-huquqiy (ijobiy) tartibga solish (regulyativ) masa- lalarini kiritish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda ma’muriy hujjat tushunchasini batafsil yoritib berish uchun rivojlangan xorijiy davlatlar qonunchiligiga murojaat qilamiz. Birinchilardan bo‘lib ma’muriy hujjat tushunchasi Fransiya qonunchiligida ishlatila boshlangan va fransuz huquqi orqali kontinental huquqiy oila- ning barcha mamlakatlari tomonidan qabul qilingan. Germaniyada Ikkinchi jahon urushi tugashidan oldin ma’muriy hujjatning yagona me’yoriy konsepsiyasi mavjud bo‘lmagan. Buning o‘rniga qonun, buyruq, qaror, ruxsatnoma, vakansiya va shunga o‘xshash narsalar mavjud bo‘lgan
Ma’muriy hujjatning birinchi me’yoriy hujjatlari sifatida davlat boshqaruvi organi tomonidan muayyan munosabat bilan qabul qilingan ma’muriy yoki huquqiy hujjat hisoblanishi va boshqaruvning normativ aktidan farqli o‘laroq ma’muriy hujjat huquqiy normalar yaratmasligi, balki bevosita muayyan huquqiy munosabatlar, odatda, ma’muriy-huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishi, tugatishi yoki o‘zgartirishi ta’kidlangan.
Bundan xulosa qiladigan bo‘lsak, ma’muriy hujjatlar ushbu boshqaruv organining vakolati doirasida chiqariladi va belgilangan tartibda ijrochilar e’tiboriga yetkaziladi.Germaniya Federativ Respublikasi ma’muriy qonunchiligidagi ma’muriy hujjatning me’yoriy ta’rifidan oltita xususiyat ajralib turadi, ularning bajarilishi ma’muriy hujjatning mavjudligini ko‘rsatadi.
ushbu chora ma’muriy organ tomonidan amalga oshirilishi;
o‘lchov kuchi;
ommaviy huquq o‘lchovi;
tartibga solishga qaratilgan bo‘lishi;
maxsus ish (ushbu chora muayyan ishni tartibga solishi kerak);
tashqi huquqiy harakatga qaratilgan chora- tadbirlardan iborat bo‘lishi.
Bundan kelib chiqadiki, ko‘rilayotgan chora ma’muriy organ tomonidan amalga oshirilishi natijasida qabul qilingan hujjat bo‘lishi, muayyan o‘lchov kuchiga, ya’ni ma’muriy organ o‘z kuchidan bir tomonlama foydalansa, avtoritetli harakat qiladi. Bu xususiyat, xususan, ma’muriy jamoat huquqi shartnomasidan ma’muriy harakatni farqlash uchun muhimdir.
Ma’muriy hujjatning shakli. Ma’muriy qonunchiligimizga binoan ma’muriy hujjat yozma bo‘lishi lozim. “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning 52-moddasiga binoan ma’muriy hujjat yozma shaklda qabul qilinadi. Ushbu moddaning ayni shu qismida ta’kidlanishicha, qonun hujjatlarida ma’muriy hujjat boshqa shaklda, jumladan, boshqa tegishli hujjatni berish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan qabul qilinishi mumkinligi hollari nazarda tutilishi mumkin. Bu borada xorijiy tajribaga qaraydigan bo‘lsak, Germaniya davlatida ma’muriy hujjat yozma bo‘lishi lozimligi to‘g‘risidagi norma mavjud emas va Rossiya, MDH davlatlarida ham ma’muriy hujjat tushunchasi faqat yozma tarzda qabul qilinishi belgilanmagan. Rossiya, MDH va Yevropaning ko‘plab davlatlarida ma’muriy hujjat emas, ma’muriy akt tushunchasi qo‘llanadi. Sababi ma’muriy aktlar turli harakatlar, shartli belgilar, muayyan huquqni berish kabilar bilan ham amalga oshiriladi. Masalan, Germaniya Federativ Respublikasida yo‘l belgilariga ham ma’muriy akt sifatida qarashmoqda
Ma’muriy hujjatning mazmuniga qo‘yiladigan talablar
“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning 53-moddasiga binoan ma’muriy hujjat qonuniy, asoslangan, adolatli, aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Ushbu moddaga asosan ma’muriy hujjatda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim
- ma’muriy hujjatning nomi va qabul qilingan sana;
- ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy organning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
- ma’muriy ish yuritish ishtirokchilari to‘g‘risidagi axborot;
- ma’muriy hujjat orqali hal qilinadigan masalaning tavsifi (tavsif qismi)
- ma’muriy hujjatning asosi (asoslantiruvchi qismi);
- qabul qilingan qaror bayoni (xulosa qismi);
- ma’muriy hujjat ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi;
- ma’muriy organning ma’muriy hujjatni qabul qilgan mansabdor shaxsi (kollegial organ a’zolari) ning lavozimi, ismi va familiyasi. Yuqoridagi talablarga javob bergan ma’muriy hujjat aniq va tushunarli hisoblanadi. Keyingi qismiga qaraydigan bo‘lsak, ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) asosida qabul qilinadigan hujjatlarga ham alohida talablarqo‘yilishi mumkin. Ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) asosida qabul qilingan ma’muriy hujjatda quyidagilar nazarda tutilishi mumkin:
- muayyan huquq yoki majburiyatning kuchga kirish, o‘z kuchini yo‘qotish payti yoki amal qilish muddati;
- muayyan hodisaga yoki kelajakda huquq yo- xud majburiyatning kuchga kirishi yoki o‘z kuchini yo‘qotishi bilan bog‘liq bo‘lgan shartga doir ko‘rsatma;
- ma’muriy hujjatni bekor qilish huquqi yoki kelgusida qo‘shimcha farmoyishlar berish huquqi ma’muriy organda saqlanib qolishi to‘g‘risidagi izoh;
- adresatga muayyan harakatlarni amalga oshirish, amalga oshirishga yo‘l qo‘yish yoki amalga oshirishdan tiyilish xususida ko‘rsatma beruvchi qo‘shimcha farmoyishlar. Demak, ma’muriy hujjat asosli bo‘lishi va mazmun jihatdan ma’lum bir talablarga javob berishi lozim. Bundan tashqari, ma’muriy hujjatning asoslantiruvchi qismida qabul qilingan ma’muriy hujjatning barcha haqiqiy va yuridik asoslari keltirilishi kerak. Ma’muriy hujjatni asoslantirish chog‘ida ma’muriy organ tekshirilmagan yoki ma’muriy ish yuritish jarayonida ma’muriy ishga qo‘shib qo‘yilmagan yoxud ma’muriy ish yuritish ishtirokchilariga tanishish imkoniyati berilmagan dalillarga tayanishga haqli emas. Agar ma’muriy hujjatni qabul qilishda ma’muriy organga ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) berilgan bo‘lsa, ma’muriy hujjatning asoslantiruvchi qismida u yoki bu ma’muriy ixtiyoriylikka (diskretsion vakolatga) yoxud undan voz kechishga sabab bo‘lgan barcha baholar, vajlar va mulohazalar bayon etiladi. Bunda ma’muriy organ o‘zi qabul qilgan ma’muriy hujjatning ma’muriy tartib-taomillar prinsiplariga muvofiqligini asoslab berishi kerak
Ma’muriy hujjatning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
Birinchidan, ma’muriy hujjatlarni qabul qilish bilan bog‘liq munosabatlar ma’muriy-huquqiy munosabat hisoblanadi. Unda taraflar o‘zaro teng emas. Buning sababi ma’muriy organ va xususiy shaxs ma’muriy hujjatni qabul qilishda shartnoma tuzishdagi singari bir-biriga shartlar qo‘ya olmaydi.
Ikkinchidan, ma’muriy hujjat ommaviy huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradi. Masalan, litsenziya berish haqidagi ma’muriy hujjatning qabul qilinishi ma’muriy organlarning xususiy shaxslar faoliyatida litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilish bilan bog‘liq munosabatni vujudga keltiradi.
Uchinchidan, ma’muriy hujjatlarni qabul qilish bilan bog‘liq munosabatlar ma’muriy-huquqiy munosabat hisoblanadi. Unda taraflar o‘zaro teng emas. Buning sababi ma’muriy organ va xususiy shaxs ma’muriy hujjatni qabul qilishda shartnoma tuzishdagi singari bir-biriga shartlar qo‘ya olmaydi. Ammo ma’muriy organ va uning mansabdor shaxslari ishni mazmunan qonun talablari doirasida hal etishlari kerak.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ma’muriy hujjat tushunchasi 2018-yildan keyin, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi bilan bog‘liq, ungacha ma’muriy hujjat atamasi qo‘llanilmagan. Shu nuqtayi nazardan ma’muriy hujjat boshqa hujjatlardan farq qiladi. Ma’muriy hujjatlar quyidagi hujjatlardan farqlanadi:
· normativ-huquqiy hujjat;
· ma’muriy harakatlar;
· protsessual hujjatlar.
Ma’muriy hujjatning normativ-huquqiy hujjatdan farqi O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunining 3-moddasiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjat ushbu qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir
Birinchidan, ushbu qonunga asoslanadigan bo‘lsak, normativ-huquqiy hujjat umummajburiy xarakterga ega bo‘ladi hamda yakka shaxsga nisbatan qaratilmaydi. Ma’muriy hujjatda jismoniy yoki yuridik shaxs ko‘rsatib o‘tiladi. Ya’ni unda jismoniy shaxsning ismi va sharifi, yashash manzili va boshqa shu kabi qo‘shimcha ma’lumotlar keltiriladi. Yuridik shaxs bo‘lsa, uning firma nomi, uning joylashgan manzili va shu kabi qo‘shimcha ma’lumotlar qayd etib o‘tiladi. Bir qancha jismoniy yoki yuridik shaxslardan iborat guruhga qaratilgan ma’muriy hujjatda ular haqida batafsil ma’lumot bo‘lmasligi mumkin. Ammo ma’muriy hujjatning mazmunidan u qaysi guruhdagi shaxslarga tegishli ekani namoyon bo‘ladi. Masalan, mahalliy hokimiyat organi tomonidan qabul qilingan davlat dasturiga binoan muayyan hududda qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan eski uy-joylarni buzish to‘g‘risidagi qaror ma’muriy hujjatdir. Unda qaysi hududdagi uy-joylar buzilishi aniq ko‘rsatib o‘tiladi. Garchand unda uy-joy tegishli bo‘lgan fuqarolar sanab o‘tilmasada, qarorning mazmunidan hududda joylashgan eski uy-joy egalari nazarda tutiladi. Ma’muriy hujjat aynan to‘g‘ridan to‘g‘ri ularning huquqlariga daxldordir
Ikkinchidan, ma’muriy hujjat huquqni qo‘llash hujjati bo‘lsa, normativ-huquqiy hujjat qonun hujjati hisoblanadi. Ma’muriy hujjatning ma’muriy harakatlar va protsessual hujjatlardan farqi Ma’muriy harakatlar – ma’muriy organning jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan ma’muriy- huquqiy faoliyat sohasida amalga oshirilgan, yuridik ahamiyatga ega harakatlari (harakatsizligi). Protsessual hujjat esa ma’muriy organ tomonidan ma’muriy ish yuritish davomida qabul qilinadigan, ma’muriy ishni mazmunan hal etmaydigan hujjatlar hisoblanadi. Protsessual hujjatlar ma’muriy hujjat qabul qilinmasdan avval ma’muriy ishni ko‘rib chiqish jarayonida qabul qilinadi. Protsessual hujjat ishni tugal shaklda hal qilib bermaydi. Masalan, litsenziya talab etiladigan faoliyat bilan shug‘ullanish uchun tegishli ma’muriy organning qarorini olish uchun murojaat qilish ma’muriy-huquqiy munosabatdir. Ma’muriy organ tomonidan qabul qilingan qaror ma’muriy hujjat bo‘lsa, qaror qabul qilingungacha bo‘lgan bosqichda ishni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq qabul qilinadigan hujjat protsessual hujjat hisoblanadi. Demak, ma’muriy hujjatlar boshqa hujjatlardan farq qilar ekan. Shunga ko‘ra ma’muriy hujjatlarni o‘zgartirish, bekor qilish va haqiyqiy emas deb topishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonuniga binoan Ma’muriy hujjat manfaatdor shaxsning arizasi yoki ma’muriy shikoyatiga ko‘ra ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy organ, yuqori turuvchi ma’muriy organ tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa organlar tomonidan ham bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Ushbu qonunga asosan ma’muriy hujjatni bekor qilish va o‘zgartirish uchun tashabbus manfaatdor shaxslar va hujjatni qabul qilgan organ tomonidan ham qabul qilinishi mumkin. Ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki o‘zgartirish zaruriyati qonun hujjatlaridagi o‘zgartishlar, jamoat manfaatlariga bo‘lgan tahdidning oldini olish, ma’muriy hujjatning qonun hujjatlariga nomuvofiqligi aniqlanganligi sababli yuzaga kelgan hollarda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ma’muriy organ o‘zi qabul qilgan ma’muriy hujjatni o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli hisoblanadi. Lekin ayrim hollarda ma’muriy hujjatni bekor qilish faqatgina sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy: qaysi hollarda ma’muriy hujjat sud va ma’muriy organ tomonidan bekor qilinadi? Ma’muriy hujjatni faqat sud tomonidan bekor qilish qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yilishi kerak.
Ma’muriy organ tomonidan esa quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:  qonun talablariga muvofiq yoki bunday imkoniyat bevosita ma’muriy hujjatning o‘zida nazarda tutilgan bo‘lsa;
- agar keyinchalik o‘zgargan haqiqiy holatlar tufayli yoki qonun hujjatlaridagi o‘zgartishlar asosida jamoat manfaatlariga zarar yetishining oldini
olish maqsadida ma’muriy hujjatni bekor qilish zarur bo‘lsa;
- agar ma’muriy hujjat bilan qo‘shimcha maj- buriyatlar bog‘liq bo‘lsa va manfaatdor shaxs ularni bajarmagan bo‘lsa;
agar manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat asosida o‘ziga berilgan pul mablag‘laridan, buyumdan yoki huquqdan maqsadli foydalanmayotgan bo‘lsa;  agar ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki o‘zgartirish ushbu hujjat yuborilgan manfaatdor shaxs foydasiga amalga oshirilsa va bunda boshqa manfaatdor shaxslarga qiyinchilik tug‘ilmasa. Shuni ta’kidlash lozimki, xuddi shunday mazmundagi ma’muriy hujjatni takroran qabul qilish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lgan hollarda ma’muriy hujjatni tegishli asoslarda bekor qilishga yoki o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yuqoridagilardan qisqacha xulosa qilgan holda ma’muriy huquqqa oid, ma’muriy hujjatlar borasida O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib - taomillar to‘g‘risida”gi qonuniga bir qancha takliflar ishlab chiqildi.
Birinchidan, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning 52-moddasiga binoan ma’muriy hujjatning yozma shaklda qabul qilinishi va boshqa shakllar to‘g‘risida qonun hujjatlarida maxsus belgilanishi tartibi keltirilgan. Shunga ko‘ra agar boshqa shakl maxsus belgilanmagan bo‘lsa, ma’muriy hujjat, qoida tariqasida, yozma shaklda qabul qilinishi talab etiladi. Bu esa ma’muriy organlar tomonidan hamda huquqni qo‘llovchilar uchun biroz noqulay bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qonunning o‘zida ma’muriy hujjatning elektron, belgili va boshqa shakllari to‘g‘risida tegishli qoidalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri belgilab qo‘yish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ikkinchidan, Germaniya Federativ Respublikasi, Turkmaniston, Qirg‘iziston va boshqa bir qator davlatlarda ma’muriy hujjatni bekor qilish, haqiqiy emasligi bilan bog‘liq masalalar alohida tartibga solinganini ko‘rish mumkin. Biroq O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunida bu masalalarning barchasi bitta moddada berilgan bo‘lib, mazkur qoidalarni anglashda turli xil qarashlar yuzaga kelmoqda. Va bu qonunni tushunishni qiyinlashtirmoqda va turli chalkashliklarga sabab bo‘lmoqda. Ma’muriy hujjatning haqiqiyligi yuzasidan taklif etilayotgan mazkur qoidalar Germaniya Federativ Respublikasi va ayrim MDH davlatlarining ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunida o‘z aksini topgan. Uchinchidan, qonunning barcha moddalarida “ma’muriy hujjat” degan so‘zlarni “ma’muriy akt” deb o‘zgartirish maqsadga muvofiqdir. Zero, ma’muriy akt va uning rasmiylashtirilish shakli bo‘lmish hujjat (dokument) bir xil tushuncha emas. Bundan tashqari, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning bir qator me’yorlarida rus tilidagi “dokument” va “akt” so‘zlari o‘zbek tilida bir xilda “hujjat” tarzida keltirilganini ko‘rish mumkin. Shunga ko‘ra “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning o‘zbek tilidagi tahririda “ma’muriy hujjat”ni “ma’muriy akt” deb o‘zgartirish masalasini o‘rganib chiqish maqsadga muvofiq hi- soblanadi. To‘rtinchidan, ma’muriy hujjatni bekor qilish, o‘zgartirish va haqiyqiy emas deb topishni protsessual jihatdan yanada soddalashtirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlari ustunligini ta’minlash maqsadida ularning manfaatlariga hal bo‘lishi lozim bo‘lgan ma’muriy hujjatlarni o‘zgartirish, bekor qilishning eng samarali va tezkor usullarini ishlab chiqish lozim.

Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling