Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari
-modda. Shikoyat qilinganda ma’muriy hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish
Download 221.7 Kb.
|
ma\'muriy huquqdan majmua
70-modda. Shikoyat qilinganda ma’muriy hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy hujjat ustidan shikoyat qilinganligi ma’muriy shikoyat ma’muriy organda ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uning amal qilishini va ijro etilishini to‘xtatib turadi. Xorijiy mamlakatlarda ma’muriy yustitsiya Xorijiy mamlakatlarda mamuriy yustitsiyaning quyidagi shakllari mavjud: 1. Ma’muriy yustitsiyaning umumiy sudlov shakli. Ushbu tizimning moxiyati shundaki, ijro xokimiyati ustidan sud kontroli umumiy yurisdiksiya sudpari tomonidan fuqarolik protsessual koidalari asosida amalga oshiriladi. 2. Ma’muriy yustitsiyaning maxsus sudlov shakli. Ushbu tizimda ma’muriy sudlar ijro organlaridan xam, shuningdek, sud organlaridan xam mustaqil xisoblanadi. Shuningdek, ushbu organlar davlatning yagona sud tizimiga kiruvchi to‘laqonli sud organlari xisoblanadi. Shuningdek. ular maxsus organ hisoblanib, faqat ma’muriy-huquqiy nizolarnigina xal etadi. 3. Ma’muriy yustitsiyaning kvazi sudlov shakli. Bunday tizimga ko‘ra ma’muriy yustitsiya organlari ijro xokimiyati organlari tizimi tarkibida tashkil etiladi va sud organlaridan mustakil xisoblanadi. Ma’muriy yustitsiyani tashkil etishning nemis modeli davlat boshkaruvida yuzaga keladigan ma’muriy nizolarni ko‘rib chikish uchun ixtisoslashtirilgan sudlarning tashkil etilganligi bilan ajralib turadi. Bu yerda ma’muriy yustitsiya sudlari mamlakatning yagona sud tizimi tarkibiga kiradi va faqat qonunga bo‘ysunadi. Ular odil suddovni amalga oshirishda ma’muriy organlar va umumiy sudlardan mustaqildirlar. Rossiya Federatsiyasida ma’murny yustitsiyaning umumiy sudlov shakli amal qiladi. Ushbu tizimning mohiyati shundaki, ijro hokimiyati ustidan sud nazoragi umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan fuqarolik prossssual qoidalari asosida amalga oshiriladi. Rossiya Federatsiyasida sudlar boshqa davlat organlari, jumladan, qonun chiqaruvchi xamda ijro etuvchi organlardan mustaqil tarzda o‘z faoliyatini olib boradi. “Umumiy sudlar davlag organlarini muayyan harakaglarni amalga oshirishga majburlovchi karorlar kabul kila oladilar, ko‘pgina davlaglarning ma’muriy sudlari esa bunday vakolatga ega emaslar”. Rossiya sud shakli boshqa mamlakatlar sudlov shakllaridan o‘zining umumiy xarakterga ega ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Shu boisdan ham, bu sudlov shakli nisbatan MDH mamlakatlari sudlov shakllariga yakin hamda ma’muriy sud ishini yuritish bosqichlari ham bir-biriga juda ham o‘xshash hisoblanadi. Ma’muriy yustitsiya tashkil etilishining fransuzcha shakli ma’muriy tizimning eng ko‘hnasi hisoblanadi. Binobarin, aynan Fransiya ma’muriy-huquqiy nizolarni maxsus organlar tomonidan hal etish amaliyotiga tamal toshi qo‘yilgan mamlakat hisoblanadi. Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni yuqori turuvchi yoki maxsus vakolatli organ, komissiyalar, kengashlar (keyingi o’rinlarda vakolatli organ) tomonidan sudgacha ko‘rib chikish tartibini joriy etilishi yuzasidan turli xorijiy mamlakatlarda turlicha yondashuv va amaliyotlar mavjud. Jumladan, Ozarbayjon va Armaniston kabi davlaglarda ma’muriy ishlarni sudda ko‘rib chiqilishi uchun vakolatli organlarda dastlabki tarzda ko‘rib chiqish talab etilmaydi. Latviya (Latviya Ma’muriy-protsessual Qonunining 78-moddasi) va Germaniya Federativ Respublikasining ayrim sub’ektlarida (Germaniya Ma’muriy-protsessual kodeksining 68-moddasi) esa aksincha, arizachi sudga murojaat qilishdan oldin tegishli masala vakolatli organda ko‘rib chikilishi shart. Shu bilan birga, ma’muriy ishni ko‘rib chiqishni dastlab sudgacha tartibda ko‘rib chikish yoki bevosita sudda amalga oshirishni arizachining ixtiyoriga qoldirilishi esa O‘zbekiston va Bolgariya (Bolgariya Ma’muriy-protsessual kodeksining 81 -moddasi) kabi davlatlarning qonunchiligida o‘z aksini topgan. Download 221.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling