Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


ijro hokimiyati organlari vakolatlarining hajmi va xususiyatiga ko`ra


Download 221.7 Kb.
bet28/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

ijro hokimiyati organlari vakolatlarining hajmi va xususiyatiga ko`ra, ular quyidagilarga bo`linishi mumkin:

a) umumiy vakolatli davlat organlari. Bu guruh davlat organlariga - O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi va hokimlarni kiritish mumkin. Bu davlat organlari, vakolat doirasida, barcha sohalarga taalluqli bo`lgan qarorlarni qabul qilishlari mumkin. Masalan, amaldagi qonunchilikda, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqarishi ko`rsatib o`tilgan bo`lib, uning vakolati mana shu sohalar doirasida amalga oshiriladi;
b) sohaviy vakolatga ega bo`lgan davlat organlari.
Bu davlat organlarini ikki guruhga bo`lish mumkin: birinchidan, bir soha bo`yicha vakolatli davlat organlari - bu organlar o`z faoliyatini aniq bir soha bo`yicha amalga oshiradi; ikkinchidan, sohalararo vakolatli davlat organlari - bu organlar bir necha sohalar bo`yicha harakat qilish vakolatiga ega bo`ladi.
Ko`pgina yuridik adabiyotlarda, bir soha bo`yicha harakat qiluvchi davlat organlariga – vazirliklar, sohalararo vakolatli davlat organlariga – davlat qo`mitalari kiritilgan.
Lekin hozirgi sharoitda vazirliklarning - sohalararo harakatini, davlat qo`mitalarining esa – bir soha bo`yicha harakatlanishini kuzatish mumkin.
Bundan tashqari, yuridik adabiyotlarda maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat organlari ham, ko`rsatib o`tilgan.
O`zbekiston Respublikasi qonunchiligidan kelib chiqadigan bo`lsak, ijro hokimiyati organlari vakolatining xususiyatiga ko`ra, ularni maxsus vakolatli organlarga bo`lish mumkin. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ko`pgina davlat organlari (inspeksiyalar va boshqa davlat idorlari) maxsus vakolatlarga egadir;
4) ijro hokimiyati organlari tashkiliy-huquqiy shakliga ko`ra quyidagilarga bo`linadi: Hukumat (Vazirlar Mahkamasi); vazirliklar; davlat qo`mitalari; agentliklar; qo`mitalar; komissiyalar; markazlar; davlat aksionerlik kompaniyalari; davlat uyushmalari; davlat korporatsiyalari; davlat assotsiatsiyalari; departamentlar; inspeksiyalar va boshqalar;
5) ijro hokimiyati organlarida rahbarlikni amalga oshirish shakliga ko`ra ular quyidagilarga bo`linadi: a) yakkaboshchilikka asoslangan organlar; b) kollegial organlar; c) yakkaboshchilik va kollegial rahbarlik uygunlashgan (ya'ni aralash shakldagi) organlar.
O`zbekiston Respublikasida aksariyat ijro hokimiyati organlarida yakkaboshchilik bilan kollegial rahbarlikning uygunlashganligini ko`rish mumkin;
6) mablag` bilan ta'minlanishiga ko`ra ijro hokimiyati organlari ikkiga bo`linadi:
a) davlat va mahalliy budjet mablag`laridan moliyalashtiriladigan organlar. Mazkur davlat organlari ishlab chiqarish yoki moddiy boyliklarning muomalasi bilan bevosita bog`liq bo`lmay, mulkiy mustaqillikka ega emas; ularning majburiyatlari uchun davlat javobgardir;
b) xo`jalik hisobidagi organlar. Ushbu davlat organlari mulkiy mustaqillikka ega bo`lib, asosiy va muomala vositalariga ega; o`z majburiyatlari bo`yicha o`zlarining mulki bilan bevosita javobgar bo`ladilar; ularning faoliyati moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, pulli xizmatlar ko`rsatish bilan bog`liqdir.



Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling