Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Download 221.7 Kb.
bet27/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

faoliyatining hududiy doirasiga ko`ra ijro hokimiyati organlari uch guruhga bo`linadi:

a) oliy ijro hokimiyati organi (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi);
b) markaziy ijro hokimiyati organlari (bunga respublika miqyosida faoliyat ko`rsatuvchi vazirliklar, davlat qo`mitalari, korporatsiya, assotsiatsiya, kompaniya va boshqalar);
c) mahalliy ijro hokimiyati organlari (markaziy ijro hokimiyati organlarining boshqarma va bo`limlarini, hokim boshchilik qiladigan ijroiya apparatni kiritish mumkin);

  1. tashkil etish asoslariga ko`ra ijro hokimiyati organlari quyidagilarga bo`linadi:

a) O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida tashkil etiladigan organlar (masalan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi);
b) O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida tashkil etiladigan organlar (masalan, vazirliklar, davlat qo`mitalari).
Ba'zi adabiyotlarda41, ijro hokimiyati organlarining tashkil etilishiga ko`ra bo`linishi quyidagicha ko`rsatib o`tilgan:

  • O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etiladigan davlat organlari. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga ko`ra, Prezident ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta'minlaydi; vazirliklar, davlat qo`mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi;

  • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan davlat organlari. “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to`g`risida”gi qonun42ga binoan Vazirlar Mahkamasi o`zi tashkil qiladigan xo`jalik boshqaruvi organlari tizimiga boshchilik qiladi;

  • vazirliklar, davlat qo`mitalari va xo`jalik boshqaruvi organlari (korporatsiya, assotsiatsiya, kompaniya va boshqalar) tomonidan tashkil etiladigan davlat organlari. Amaldagi qonunchilikka binoan, markaziy davlat organlariga o`zlarining oldida turgan vazifa va funksiyalardan kelib chiqqan holda, ma'lum bir tuzilmalarni, masalan, boshqarma, bo`lim va boshqa birliklarini tashkil etishlari mumkin;

  • mahalliy organlar tomonidan tashkil qilinadigan organlar. O`zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi qonuni43dan kelib chiqadigan bo`lsak, mahalliy hokimiyat organlari o`z tuzilmalarida turli xildagi organlarni, komissiyalarni tashkil etishlari mumkin;


  1. Download 221.7 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling