Mavzu: davlat budjeti g’azna ijrosining mazmuni, maqasadi va vazifalari reja
Download 116.96 Kb.
|
Davlat budjeti g’azna ijrosining MAZMUNI MAQASADI VA VAZIFALARI
O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 26-dekabrida qabul qilingan va 2014 yil 1-yanvaridan e'tiboran kuchga kirgan Budjet kodeksi O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish va budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Budjet kodeksi butun budjet jarayonini (Davlat budjetini shakllantirish, tasdiqlash, ijro etishni hamda nazoratni ta’minlashni) yagona va yaxlit qonun hujjatida tizimlashtirishni, Davlat budjetini ham, budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarni ham tartibga solishning yagona prinsiplarini qo‘llashni, budjet jarayoni barcha qatnashchilarining vakolatlarini hamda ularning o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini belgilashni, shuningdek, budjetlararo munosabatlarni takomillashtirib, mahalliy budjetlarning daromadlar manbalarini mustahkamlab qo‘yishni, barcha darajalardagi budjetlar o‘rtasida vakolatlarni taqsimlashni va ularning hamkorligini nazarda tutadi. Budjet kodeksi qonun hujjati bo‘lib, u mamlakat budjet tizimining asoslarini, uning tuzilishi, prinsiplari, huquqiy munosabatlari, budjet jarayoni asoslari va budjetlararo munosabatlarni belgilaydi. U mazkur sohadagi mamlakatning asosiy qonunlarini, shu jumladan «Budjet tizimi to‘g‘risida» va «Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida»gi qonunlarni konsolidatsiyalaydi, turli qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan me’yor va qoidalarni tizimlashtiradi hamda muvofiqlashtiradi, budjet qonunchiligida foydalaniladigan aniq tushunchalar va ta’riflarni beradi, yangi usullar va dastaklarni budjet jarayoniga joriy etish, shuningdek, xalqaro standartlar va me’yor-larni moslashtirish uchun asos yaratadi. Budjet kodeksi qabul qilingandan so‘ng, 2013 yil 27-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi va “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonunlari o‘z kuchini yo‘qotdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28-fevralda qabul qilingan 594-sonli “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida ”gi Qarorida quyidagilar keltirilgan: Davlat budjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada isloh qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya vazirligi Davlat budjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g‘aznachilik bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligini va uning hududiy bo‘linmalarini moliya organlari bo‘yicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi. G‘aznachilik zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatildi: Davlat budjetinining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni budjetlar o‘rtasida taqsimlash, budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish; Davlat budjeti mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisobraqami, shuningdek, tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g‘aznachilik hisobraqam larini joriy etish orqali boshqarish; budjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarini, shuningdek Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish bo‘yicha buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga qat’iy muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish orqali budjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini olish; budjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yo‘naltiriladigan budjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ulaming maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish; xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisob raqamlariga budjet mablag‘lari oluvchilar nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash; Davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlatbudjeti ijrosi haqida axborot yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish. Belgilab qo‘yilsinki, budjet tashkilotlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari, shuningdek buyurtmachilarning Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga kapital qurilishga oid shartnomalari majburiy tartibda G‘aznachilikda ro‘yxatga olinishi shart; budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjet mablag‘lari hisobiga tuziladigan shartnomalarida, qoidaga ko‘ra, 15 foiz miqdorida oldindan haq to‘lash nazarda tutiladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda belgilangan tartibda respublikaning barcha shahar va tumanlarini qamrab olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining ma’lumotlar tarmog‘ini tashkil etish uchun yer usti raqamli aloqa kanallarini berish choralarini ko‘rsin. Download 116.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling