Mavzu: davlat by
Download 468.15 Kb.
|
6-MAVZU. DAVLAT BYUDJETINI BOSHQARISH
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce. Public Budgeting Systems. Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. Byudjet munosabatlarida davlat faoliyatining samarador- ligini davlat xizmatchilari o’z xatti-harakatlari uchun qay darajada javobgar ekanliklari bilan baholash mumkin.85 Demokratik jamiyatda javobgarlik shuni nazarda tutadiki, xalqning ovoz berish yo’li bilan saylangan deputatlari o’z saylovchilari oldida javobgardirlar. Saylangan rahbarlar va Qonunchilik Palatasi a‘zolari hokimiyatning barcha pog’onalarida byudjet dasturlari bilan bog’liq qarorlar uchun javob beradilar. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, aksariyat saylovchilar prezidentlik va parlament saylovlarida nomzod- larga ovoz berayotgan chog’ida AQSH byudjetini sinchiklab ko’zdan kechirib chiqmaydilar. Lekin saylovchilar ular tomonidan saylangan hukumatning iqtisodiyot rivojiga ta‘sirini ko’rsalargina, haqiqatdan ham davlat byudjeti, byudjet defitsiti hamda iqtisodiyot samaradorligi uchun javobgar bo’lgan shaxslarni saylaganlariga amin bo’ladilar. Bu holatni 1992- yilda prezidentlikka qayta saylanmoqchi bo’lgan katta Jorj Bush mag’lubiyati misolida ko’rish mumkin. Sakkiz yildan keyingi 2000-yilda bo’lib o’tgan saylovlar shuni ko’rsatdiki, hatto gurkirab rivojlanayotgan iqtisodiyot sharoitida ham ko’pchilik saylovchilarni iqtisodiyotdagi yutuqlardan ko’ra Oq Uyning yaqqol namoyon bo’layotgan ma‘naviy va axloqiy xatolari tashvishga solgan.86 Katta mamlakat hamjamiyati hukumatning barcha faoliyati to’g’risida to’liq ma‘lumotga ega bo’la olmaydi, shu sababli AQSH hukumati muvozanatni saqlash va nazorat qilishda turli darajadagi hokimiyatlar o’rtasida vakolatlar taqsimoti konsepsiyasidan foydalanadi. Bu vakolatlar ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati o’rtasida taqsimlangan bo’lib, o’z navbatida, har biri boshqalari ustidan White, M. (1978). Budget policy: where does it begin and end? Governmental Finance, 7, 2-9. Credits W. F. Willoughby's The problem of a national budget (1919) with an early statement of budgeting as a process for holding government accountable. ayrim nazoratlarni amalga oshiradi. Prezident ma‘muriy byudjetni tayyorlash va taqdim etish uchun Kongress oldida javobgar bo’lsada, faqat Kongress byudjetni qabul qilishi mumkin. Xususan, AQSH konstitutsiyasining 1-moddasi 9- qismida ―Qonunda ko’zda tutilmagan biron bir maqsadga mamlakat G’aznachiligidan mablag’ chiqib ketmasligi kerak‖, deb qayd etib qo’yilgan.87 Ko’pchilik shtatlar va ma‘muriy birliklarda ijro hokimiyati boshliqlarining o’z byudjetlarining daromad va xarajatlarini belgilashdagi vakolatlari tavsiyaviy xarakterga ega bo’lib, qonun chiqaruvchi organlar bu tavsiyalarga ko’ra qaror qabul qiladi, so’ngra ijroiya organlar ushbu qarorlarning bajarilishi uchun mas‘ul bo’ladilar. Mahalliy hokimiyat organlarining bu boradagi faoliyati birmuncha farq qiladi, chunki ayrim mahalliy hokimiyat organlari ijroiya hokimiyatining saylangan rahbarlariga ega emaslar. Zamonaviy ma‘muriy byudjetlashtirish. XX asr boshlariga kelib, iqtisodiy sharoitlarning o’zgarishi byudjetlashtirishning ancha markazlashgan va nazorat qilinadigan shakllarini joriy qilishni talab etdi. 1900-yilga kelib, davlat o’z xarajatlarini qoplash uchun yetarli darajadagi daromad manbalariga ega bo’lmay qoldi. Federal darajada soliq stavkalarining ko’tarilishi ham kutilgan natijani bermadi. Hukumat dasturlari ko’lamining kengayishi va, ma‘lum darajada, davlat moliyasi tizimida isrofgarchilik va korrupsiyaga yo’l qo’yilishi byudjet defitsitining o’sib borishiga sabab bo’ldi hamda bu borada islohotlarni amalga oshirish zarurligini belgilab beruvchi muhim siyosiy omil bo’lib xizmat qildi. Davlat byudjeti munosabatlaridagi yirik islohotlar 1910- 1920-yillar oralig’ida amalga oshirildi. Bu islohotlar rahbarlarga ijroiya hokimiyati ustidan nazorat qilish vakolatini berish orqali ularning javobgarligini oshirishga qaratilgan bo’lib, ma‘muriy birliklarning boshliqlarini qisqa muddatga saylab qo’yilishi o’z hududlari bo’yicha nazorat qilish vakolatini gubernatorlar qo’liga topshirish imkonini berdi. Ohayyo (Ohio) shtati, byudjetni tuzish va taqdim etish bo’yicha qonuniy vakolatni shtat gubernatoriga topshirgan AQSHdagi birinchi shtat bo’ldi. 1920-yilda AQSHning 44 ta shtatida byudjet islohotlari olib borildi, natijada 1929-yilga kelib barcha shtatlarda Markaziy byudjet boshqarmalari tashkil qilindi.88 Bir vaqtning o’zida federal darajada ham islohotlar amalga oshirildi, aslini olganda, markaziy darajadagi o’zgarishlar mahalliy va shtatlar darajasida o’z aksini topa boshladi. Nyu- York Munitcipal tadqiqotlar Byurosi direktori bo’lgan va milliy islohotlarda hal qiluvchi o’rin egallagan Fredirik A.Klivlend (ingl.: Frederick A.Cleveland) ―hukumat xarajatlarining nazoratsiz oshib borishi jamoatchilikning hukumatga nisbatan norozilik kayfiyatlarining kuchayishiga olib keldi‖, - deb ta‘kidlaydi.89 Bu ijtimoiy muammoga javoban prezident Villiam H.Taft Iqtisodiyot va samaradorlik bo’yicha maxsus komissiya uchun 1909-yilda Kongressdan 100 ming AQSH dollari miqdorida mablag’ ajratishni talab qildi. ―Taft komissiyasi‖ deb nom olgan ushbu guruhga Klivlend boshchilik qildi va 1912- yilda taqdim etgan yakuniy hisobotida byudjet jarayonini prezidentning bevosita boshchiligida tashkil etishni taklif qildi. Ushbu hisobot davlat va mahalliy darajada faoliyatni rag’batlantirishi lozim edi. Yangi federal tizimni tashkil etgan Byudjet va buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun (ingl.: The Budget and Accounting Act) 1921-yilga qadar tasdiqlanmadi.90 1916-yilni hisobga olmaganda, 1912-1919-yillar orasida har yili byudjet defitsiti kuzatildi. 1919-yildagi defitsit davrida byudjet xarajatlari daromadlarga qaraganda 3 barobardan ziyod bo’ldi (18,5 mlrd. Burkhead,]. (1956). Government budgeting, 23; Willbern, Y. (1967). Personnel and money. In J. Fesler (Ed.), The 50 states and their local governments (p. 391). New York, NY: Knopf. Cleveland, F. (1915). Evolution of the budget idea in the United States. Annals , 62, November, 22. Budget and Accounting Act of 1921. Ch. 18, 42 Stat. 20. AQSH dollari hajmidagi xarajatga nisbatan 5,1 mlrd. AQSH dollaridagi daromad). Bu davrda byudjet borasidagi islohotlar ijro hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyatga ta‘sirini ta‘minlay olishi yoki ta‘minlay olmasligi to’g’risidagi bahslar ayniqsa avj oldi. Prezident Uilson Byudjet va Bosh buxgalteriya boshqarmasini tuzish to’g’risidagi qonunni rad etdi, chunki ushbu boshqarma Kongressning tarkibiy bo’linmasi sifatida prezidentning ijroiya hokimiyatiga nisbatan vakolatlarini buzishga olib kelar edi. Keyingi yildayoq Uorren J.Xarding (ingl.: Warren G. Harding) deyarli xuddi shu mazmundagi qonunga imzo chekdi. 1939-yilda, prezident Franklin D. Ruzveltning Ma‘muriy boshqaruv qo’mitasi (ingl.: the Brownlow Committee) tavsiyalariga ko’ra Byudjet Byurosi G’aznachilik Departamenti tarkibidan chiqarilib, yangi tashkil etilgan Prezident ijroiya mahkamasiga o’tkazildi. Bu chora Byudjet Byurosining prezident tomonidan hukumatni boshqarishdagi ahamiyatini yanada yaqqol namoyish qildi. 10 yil o’tgach, ijro etuvchi hokimiyatning birinchi Huver Komissiyasi Byudjet Buyrosining G’aznachilik Departamentida qayta tashkil etishni tavsiya etdi, lekin komissiya bu taklifga butunlay qarshi chiqdi.91 1950-yilgi Byudjet va Buxgalteriya protseduralari to’g’risidagi qonun (ingl.: The Budget and Accounting Procedures Act) byudjet hujjati, uning shakli va mazmuni ustidan prezident nazoratini mustahkamladi.92 1955-yilda Ikkinchi Huver Komissiyasi byudjet ustidan prezidentlik nazoratini yanada kuchaytirishni yoqlab chiqdi.93 Reformistik harakatning maqsadlaridan biri izdan chiqqan davlat sektorining o’rniga biznes yuritishning zamonaviy U.S. Commission on Organization of the Executive Branch of the Government (1949). General management of the executive branch. Washington, DC: U.S. Government Printing Office. Budget and Accounting Procedures Act of 1950. Ch. 946, Title I, part I, 64 Stat. 832. U.S. Commission on Organization of the Executive Branch of the Government (1955). Budget and accounting (p. ix). Washington, DC: U.S. Government Printing Office. reformatorlar bugungi kunda ham tez-tez yoqlab turadigan sog’lom moliyaviy amaliyotini olib kirishdan iborat bo’ldi. Ammo XIX asrning oxiri va XX asrning boshiga kelib biznes- faollik yetarlicha yuqori bo’lmaganligi sababli islohotlar aynan davlat sektorida amalga oshirildi.94 Avvalgidek, hukumatlar xususiy tadbirkorlik asosidagi biznes-faollikni rag’batlan- tirishlari kerakligi to’g’risidagi da‘vatlar dolzarb edi, ammo Enron kabi gigant kompaniyalar korporativ hisobotlarida yolg’on daromadlarni ko’rsatgani bilan bog’liq mojarolar hamda asosiy moliyaviy institutlardagi ipoteka kreditlarining inqirozga uchrashi kabi noxush holatlar xususiy biznes amaliyotining har doim ham namunali bo’lmasligini ko’rsatdi. Amerika Qo’shma Shtatlarida davlat boshqaruvining barcha pog’onalari, ayniqsa, shtatlar va munitsipalitetlar dasturiy byudjetlashtirish samaradorligini oshirishning keng imkoniyatlariga egadirlar.95 ―Hukumatni yangidan kashf qilish‖ harakati hamda Klinton ma‘muriyati boshqaruvining Milliy samaradorlik hisoboti byudjetni boshqarishda ko’proq e‘tiborni asosan yakuniy natijaga qaratish g’oyasini ilgari surdi.96 Jorj Bush ma‘muriyati nafaqat ushbu g’oyaga asoslanib ish ko’rdi, balki qabul qilingan dasturlarni baholashda samaradorlik ko’rsatkichlari reytingidan foydalandi. 2010-yildagi GPRAni modernizatsiya qilish to’g’risidagi qonuni (ingl.: The GPRA Modernization Act) bilan Kongress hamda ijroiya hokimiyati uchun samaradorlikni boshqarish va samarali boshqarish tartiblari belgilab berildi. Rubin, I. (1993). Who invented budgeting in the United States? Public Administration Review, 53, 438-444. Holzer, M., et al. (2009). Literature review and analysis related to measuring local government efficiency. Newark, NJ: Rutgers University School of Public Affairs and Administration. National Performance Review (1993). Mission driven, resultsoriented budgeting. Washington, DC: U.S. Government Printing Office; Thompson, J. (2000). Reinvention as reform: assessing the national performance review. Public Administration Review, 60, 508-521. Samaradorlikni boshqarish dastavval maqsadlarni aniqlab olishni, so’ngra ushbu maqsadlarga erishish uchun boshqa- ruvchilarning ustalik bilan harakat qilishini talab etadi. Albatta, haqiqiy samaradorlikka erishish boshqarishdagi ijobiy o’sishni anglatsada, bu vositalar boshqarishning sifati bilan bog’liq bo’lmagan dasturlarni qisqartirishga ham xizmat qilishi mumkin. Boshqa mamlakatlarda ham natijaga yo’naltirilgan va maqsadli-dasturiy byudjetlashtirishdan samaradorlikni oshi- rishda va davlat sektorining ulushini qisqartirishda asosiy vosita sifatida keng foydalaniladi.97 Moliyaviy menejment. Ahamiyat berish lozim bo’lgan yana bir jihat – davlat tashkilotlarining yoki umuman davlatning moliyaviy jihatdan sog’lomligi, mustahkamligidir. Bunda ikki holatni inobatga olish lozim: (1) davlatning moliyaviy holati to’g’risida hukumatning doimiy ravishda hisobot berib turishini yaxshilash va (2) uzoq muddatli aktivlarning, xususan, infratuzilma tizimlarining qiymati va holatiga ta‘sir etuvchi omillarni kuchaytirish. Davlat savdo korporatsiyalari korporatsiyaning moliyaviy holati to’g’risida o’z aksiyadorlari huzurida doimo hisob berib turishlari lozim, xususiy kompaniyalar esa o’z kreditorlarining uzoq muddatli ishonchli kreditlariga umid qilib, hech bo’lmaganda kompaniyaning moliyaviy holati barqaror ekanligini namoyish qilishlari kerak. Ammo 1980-yillarning oxirida moliyaviy menejment konsep- siyalarining davlat tashkilotlariga tatbiq etish masalasi o’ziga xos yangilik edi. Bunda asosiy e‘tibor xususiy sektorda qo’llaniladigan moliyaviy va boshqaruv hisobi mexanizmlarini davlatning moliyaviy holatini baholash uchun moslashtirish, shu bilan birga, uning moliyaviy holatini yaxshilashga xizmat qiluvchi yangi dastak-vositalarni yaratishga qaratildi. McCormack, L. (2007). Performance budgeting in Canada. OECD Journal on Budgeting, 7(4), 1-18. 1970-yillar o’rtalaridagi byudjet inqirozi hukumatlarning uzoq muddatli moliyaviy holati to’g’risida qayg’urishiga sabab bo’ldi. Bu bankrotlik oqibatida mahalliy hukumatlarning munitsipal obligatsiyalarini sotib olgan moliyaviy muassasalar hamda aholi o’zlarining jamg’armalari borasida xavotirga tushib qoldilar va hukumatlardan ularning moliyaviy holati to’g’risida hisobot talab qila boshladilar.98 O’sha davrda umumiy operatsion byudjet va u bilan bog’liq bo’lgan buxgalteriya hisobotlari davlat organlari va davlat tashkilotlarining haqiqiy moliyaviy ahvolini ochib bermas edi. Hozirda esa nafaqat barcha mahalliy hokimiyatlar va shtatlar, balki federal hukumatning o’zi ham o’z moliyaviy holati to’g’risidagi hisobotlarni, ayrim hollarda juda bo’rttirilgan ma‘lumotlarni ommaga etkazishga harakat qiladilar.99 Xulosa qilib aytganda, xorijiy davlatlarda ham bizning mamlakatimizdagi singari davlat va mahalliy hukumatlarning byudjet tizimi va byudjet munosabatlarini boshqarishdagi asosiy e‘tibori davlatning daromad va xarajatlarining mutanosibligini ta‘minlashga, byudjet defitsitini boshqarish va tartibga solishga, davlat byudjeti va ma‘muriy-hududiy birliklar byudjetlarining tuzilishi, tasdiqlanishi, ijro etilishi va nazorat qilinishini tartibga solishga, davlat qarzini boshqarish va boshqa shu kabi moliyaviy boshqaruv masalalariga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. Bu mamlakatlarda ham byudjet mablag’larining shakllanishi va ishlatilishi byudjet sohasidagi muayyan qonunlarning amal qilishi va qarorlarning qabul qilinishi bilan tartibga solinadi. Boshqarish borasidagi vakolatlarning markaziy va mahalliy hukumatlar o’rtasida Johnson, R.,&Lewin, A.(1984). Management and accountability models of public sector performance. In T.Miller (Ed.), Public sector performance: a conceptual turning point (pp. 224-250). Baltimore, MD: Johns Hopkins University Press. A good example is Comptroller, State of New York (published annually since 2003; see most recent year). State of New York financial condition report. Albany, NY: Comptroller's Office of Public Information. Retrieved December 5, 2011, from http://www.osc.state.ny.us/finance/index.htm. taqsimlanganligi federativ asosdagi davlat qurilishiga ega bo’lgan mamlakatlarda ayniqsa, yaqqol namoyon bo’ladi. Shunga qaramasdan bugungi murakkab sharoitda, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta‘sirida davlat byudjeti va mamlakatlarda shakllangan byudjet tizimlarini boshqarish jarayoni takomillashib, shu bilan birga murakkablashib bormoqda.
Download 468.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling