Mavzu: Davlat byudjeti daromadlari ijrosi hisobi


Byudjetniy defitsit v optimizatsii


Download 0.92 Mb.
bet4/4
Sana09.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1468275
1   2   3   4
Bog'liq
Abduraimov Farrux Bux-120

Byudjetniy defitsit v optimizatsii
Davlat byudjeti daromadlari 200 trln so‘m yoki YaIMning 23,8%i miqdorida belgilandi. Ulardan soliq tushumlari 68,5 trln so‘m, shu jumladan foyda solig‘i – 43,7 trln so‘m, aylanmadan olinadigan soliq – 2,7 trln so‘m, JShDS – 22 trln so‘mni tashkil etadi.
Bilvosita soliqlar bo‘yicha daromad summasi 73,2 trln so‘m, shu jumladan QQS – 53,3 trln so‘m, aksiz solig‘i – 15 trln so‘m, bojxona boji – 4,8 trln so‘mni tashkil etadi.
Resurc va mol-mulk solig‘i 25,7 trln so‘mni tashkil qiladi.
Konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari 280, 13 trln so‘mni tashkil etadi. Davlat byudjeti xarajatlari 188, 91 trln so‘m, davlat maqsadli jamg‘armalari xarajatlari – 58, 18 trln so‘m, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larining sarflanishi – 7, 73 trln so‘m miqdorida prognozlashtirilmoqda.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larining sarflanishi 14, 61 trln so‘m, tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga xarajatlar esa – 10,7 trln so‘mni tashkil etadi.
Byudjetni shakllantirishda barcha tumanlar va shaharlar byudjetlarining tasdiqlangan xarajatlarining 5%i jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, mahalliy byudjetlar qo‘shimcha manbalarining kamida 30%i jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
2022 yil uchun byudjet va qonun mablag‘larni belgilangan yo‘nalishda sarflashda natijadorlikni oshirish, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlarini kengaytirish, byudjet barqarorligini ta’minlash, byudjet qamrovini oshirish va byudjet mablag‘larining taqsimlanishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot bazasi: 2022 yilda Davlat byudjeti daromadi va xarajatlari qancha bo‘ladi? | Qalampir.uz


2022 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari (byudjetlararo Transfertlar bilan birgalikda) jami 193 trln so‘m (YAIMga nisbatan 23 foiz) miqdorida prognoz qilinmoqda. Bu haqda Hisob palatasining “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi va 2022 yil uchun byudjetnoma bo‘yicha bergan xulosasida aytib o‘tilgan.
Byudjetnomaga muvofiq, 2022 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari davlat soliq idoralari bo‘yicha 145,7 trln so‘mni (YAIMga nisbatan 17,3 foiz), davlat bojxona idoralari bo‘yicha 39,8 trln so‘mni (4,8 foiz) va Moliya vazirligi tushumlari bo‘yicha 7,5 trln so‘mni (0,9 foiz) tashkil qilmoqda.
S huningdek, byudjetnomada Davlat byudjeti xarajatlari 172 trln 680,5 mlrd so‘mga yetishi prognoz qilingan. Hisob palatasi ushbu xarajatlarni 1 trlnga qisqartirishni taklif qilgan. Shunda Davlat byudjeti xarajatlari 171 trln 680,5 mlrdni tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, 2022 yil uchun davlat byudjeti daromadlarini prognozi byudjet daromadlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi narx va valyuta kurslarining o‘rtacha miqdorlari asosida hisob-kitob qilingan.
Hisob palatasi xulosasiga ko‘ra, 2023 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari (byudjetlararo Transfertlar bilan birgalikda) jami 210,7 trln so‘m, 2024 yilga esa 246,7 trln so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Ma’lumot o‘chun, prognozga ko‘ra, 1 AQSH dollarining o‘rtacha yillik summasi – 11 321 so‘mga teng bo‘ladi.
Ma’lumot bazasi: O`zbekistonda yarim yilda davlat byudjeti daromadlari 92,6 trln so`mni tashkil qildi - Darakchi
O`zbekistonda 2022 yilning I yarim yilligi uchun Davlat byudjetining daromadlari 92,6 trillion so`mni tashkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Byudjet daromadlarining ijrosi bo`yicha dastlabki natijalariga ko`ra, ko`rsatkich 2021 yilning I yarim yilligiga nisbatan 17,8 trillion so`m (+23,7 foiz) ko`p bo`lgan. Soliq tushumlari 71 trillion so`mni yoki daromadlar umumiy hajmining 76,7 foizni tashkil etdi. Bojxona tushumlari 21,5 trillion so`mni yoki umumiy hajmining 23,2 foizni tashkil etgan.

Infografika: Moliya vazirligi axborot xizmati
Davlat budjeti daromadlarining yalpi ichki mahsulotga nisbati 2022 yilning I yarim yilligida 24,5 foizni tashkil etgan va 2021 yilning shu davriga nisbatan 1 foiz punktga oshdi. YaIMga nisbatan ulushning oshishi asosan bilvosita soliqlardan daromadlar va soliq bo`lmagan tushumlarning o`sishi bilan izohlanadi.
Eslatib o`tamiz, Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisida «2022 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida»gi qonuni muhokama etilgandi. Mazkur qonun bilan 2022 yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar va konsolidasiyalashgan davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining prognozlari hamda 2023–2024 yillar uchun byudjet mo`ljallari belgilangan.
Qayd etilishicha, davlat byudjetidan ijtimoiy sohaga, xususan, ta`lim sohasi xarajatlariga 46,9 trillion so`m, sog`liqni saqlash sohasi xarajatlariga 22,8 trillion so`m, madaniyat va sport sohasi xarajatlariga 3,4 trillion so`m va fanni yanada rivojlantirish tadbirlari uchun 1,5 trillion so`m yo`naltirish belgilangan.

Ma’lumot bazasi: 2022-yil uchun O‘zbekistonning daromad va xarajatlari haqida ma’lumot berildi (xabardor.uz)


Moliya vazirligi 2022-yil uchun tasdiqlangan Davlat byudjetiga bag‘ishlangan navbatdagi “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashrini taqdim etdi.
Mazkur nashrda joriy yil uchun O‘zbekistonning daromad va xarajatlari haqida maʼlumot berildi.


Unga ko‘ra, 2022-yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 200,0 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23,8 foiz miqdorida prognoz qilinmoqda (2021-yilda 164,8 trln so‘m yoki YAIMning 22,4 foizi).


Davlat byudjetining 2022-yildagi xarajatlari esa 214,8 trln. so‘m yoki YAIMning 25,6 foiz (2021-yilda – 188,1 trln. so‘m yoki YAIMning 25,6 foizi) hisobida tasdiqlandi. Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida 2022-yilda tarmoq rivojlanish dasturlarini amalga oshirishga sarflanadigan xarajatlarni oshirish rejalashtirilgan.
Davlat byudjeti xarajatlarining yarmi – 105 199,5 mlrd so‘m yoki umumiy xarajatlarning 49,0 foizi ijtimoiy sohaga va aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiriladi.
Avvalgi yillar kabi ijtimoiy xarajatlarning aksariyat qismini taʼlimga xarajatlar (44,4 foiz) tashkil etishi kutilmoqda.
2022-yilda taʼlimga 46,9 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2021-yilda belgilangan xarajatlarga nisbatan 7,1 trln so‘mga ko‘proqni tashkil etadi.
Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling