Mavzu: Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlovchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Reja: Kirish Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlovchi huquqni muhofaza
Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlovchi huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatining meyyoriy huquqiy asoslari
Download 59.94 Kb.
|
Asadbek
1. Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlovchi huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatining meyyoriy huquqiy asoslari
Huquqni muhofaza qilish organlari - qonuniylik va huquqtartibotni muhofaza qilish, inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurash bilan shugʻullanuvchi idoralar. Oʻzbekistonda ularning faoliyati tegishli qonunlar asosida tartibga solingan ("Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi qonun, "Sudlar toʻgʻrisida"gi qonun, "Pro-kuratura toʻgʻrisida"gi qonun, "Advo-katura toʻgʻrisida"gi qonun va shahrik.). Oʻzbekiston Respublikasida Huquqni muhofaza qilish organlariq.o.ga quyidagilar kiradi: sudlar (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudga boʻysunuvchi umumiy yurisdiksiyadagi sudlar, xoʻjalik sudlari); sudlarning faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashni amalga oshiradigan organlar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezi-denti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi; Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy, texnik va moliyaviy jihatdan taʼminlash departamenti) prokuratu-ra; jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishga jalb qilingan organlar (surishtiruv va dastlabki tergov organlari), notarial faoliyatni amalga oshiruvchi organlar (notariat va boshqalar); advokatura. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar – ichki ishlar, prokuratura, adliya organlari, milliy xavfsizlik, soliq, bojxona xizmatlari, shuningdek, advokatura, Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy markazi, Interpolning Milliy markaziy byurosi (MMB) kiradi. 1) “Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi Qonun 12/08/2016 yil; 2) “Prokuratura to’g’risida”gi Qonun 29/08/2001 yil; 3) “O’zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi” 20/12/2019 yil; 4) “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to’g’risida”gi Qonuni 15/03/2018 yil; O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari tizimida prokuratura alohida o‘rin tutadi. U mamlakatimizning butun hududida qonunlarning fuqarolar, mansabdor va yuridik shaxslar tomonidan bir xilda tushunilishi va qo‘llanilishini nazorat qiladi. Prokuratura organlari qonuniylik, markazlashganlik, birlik, mahalliy va boshqa davlat organlaridan mustaqillik prinsiplari asosida faoliyat ko‘rsatadilar. Barcha prokurorlar faqat O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuroriga bo‘ysunadilar. Ular davlat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy hujjatlari va harakatlariga protest bildiradilar, noqonuniy harakatlarning oldini oladilar, qonun aniq buzilgan hollarda kamchiliklarni tugatishga ko‘rsatma beradilar, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladilar, shu bilan birga, qonuniylikni nazorat qiladilar. Prokurorlar qonunlar va Oliy Majlis qabul qilgan qarorlarni hamda quyi turuvchi hokimiyat va boshqaruv organlarining qonun osti hujjatlarning bajarilishini qatiy nazorat qiladilar, qonuniylik va huquq-tartibotning ta’minlanishi bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradilar. Prokuraturadan buzilgan qonuniylikni tiklash bo‘yicha barcha talablari, davlat boshqaruvining barcha organlari tomonidan bajarilishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning organlari katta, murakkab tuzilishga ega. Bu huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatidan kelib chiqadi. Ichki ishlar vazirligi va uning organlarning muhim vazifasi – qonuniylik va huquq tartibotni muntazam mustahkmlab borish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashishdir. Ichki ishlar vazirligi va uning organlari tezkor – qidiruv faoliyatini tashkil qiladilar va ta’minlaydilar, o‘z vakolatlaridagi ishlar bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergovni ta’minlaydilar, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar, O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar hamda milliy xavfsizlikni saqlash bo‘yicha boshqa tadbirlarning o‘tkazilishiga ko‘maklashadilar. Ichki ishlar organlari ishining muhimligi huquqiy davlatni shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasida huquqni tartibotni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha qatiy tadbirlar ko‘rish munosabati bilan oshib bormoqda. Davlat xavfsizlik xizmati organlari va xodimlarning kuch –g‘ayrati xorijiy maxsus xizmatlar razvedka qo‘paruvchilik faoliyatining oldini olishga, shuningdek, mavjud huquq-tartibotni buzish maqsadida dushman kayfiyatida bo‘lgan kuchlarning harakatlariga chek quyishga qaratilgan. Amaldagi qonunlar va Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, DXX organlariga tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi ishlar bo‘yicha jinoyatlar (urushni targ‘ib qilish, kontrabanda)ni ochish va tergov qilish vazifasi yuklatilgan. DXX, shuningdek, maxsus aloqa vositalarini xorijiy maxsus xizmatlardan, radioelektron va boshqa razvedkalardan himoya qilishni, ularning xavfsizligi va nazorati bo‘yicha tashkiliy – huquqiy prinsiplarini ishlab chiqishni ta’minlaydi. Davlat xavfsizlik xizmatining faoliyati turli xokimiyat va boshqaruv organlarining jumladan, huqqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorligida amalga oshiriladi. Bu DXX mamlakat ichida turli huquqni muhofaza qilish vazifalarini bajarishdan kelib chiqadi O‘zbekiston Respublikasida milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlikni himoya qiluvchi, iste’molchi, tadbirkor foydasiga ishlovchi davlat organlaridan biri iqtisodiy suddir 24 yanvar 2018 yilda “O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi tasdiqlangan. U 5 bo‘lim, 37 bob, 347 moddadan iborat. Dastlab kodeks loyxasi 5 bo‘lim, 36 bob, 337 moddadan iborat bo‘lgan. Loyixa Prezidentning 21.02.2017 yildagi PF-4966-son Farmoni bilan o‘sha paytda faoliyat ko‘rsatgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarni (ishlarni birinchi va apellyasiya sudlarida ko‘rib chiqishardi) tegishli iqtisodiy sudlarga aylantirildi; tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari (ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqadi) tashkil etildi, sud majlisi kotibi lavozimi o‘rniga sudya katta yordamchisi, yordamchisi lavozimlari kiritildi va h.k. Yagona davlat huquqiy siyosatini, jumladan norma ijodkorligi faoliyatini sifatli tashkil etish, izchil va bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ta’minlash, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish borasida adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, shuningdek, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish maqsadi. Davlat organlari turli xil masalalarni hal qiladilar, ya’ni iqtisodiyot faoliyatini ta’minlash, tashqi siyosatni amalga oshirish, ilm-fan rivojiga sharoit yaratib berish, ta’lim, madaniyat, mudofaa qobiliyatini ta’minlash va boshqalar. Har bir davlat organi o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish bilan bir qatorda qonuniylikni ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, davlat va nodavlat tashkilotlari, mehnat jamoalarining huquq va qonuniy manfaatlarini qo‘riqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi bir qator huquqni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni ham amalga oshiradilar. Davlat va jamiyatdagi institutlarning huquqni muhofaza qilish yo‘nalishi 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z o‘rnini topgan. Xususan, Konstitutsiyaning 13-moddasida: “0‘zbekiston Respublikasidademokratiyaumuminsoniy prinsiplargaasoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qardr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi”. Ushbu masala 0 ‘zR Konstitutsiyasining 2, 15, 19, 20, 43-moddalari va boshqa bir qator moddalarda o‘z aksini topgan. Shu bilan bir qatorda fuqarolar o‘zlarining huquq va erkinliklarini qonuniy yomilar bilan ta’minlashni talab qilishga haqlidirlar. “Huquqni muhofaza qilish organlari” ixtisosligi ko'pgina davlat va nodavlat muassasalari hamda mas’ul vazifani bajarayotgan mansabdor shaxslarga tegishlidir. Bunday faoliyat qonun bilan tartibga solinishi lozim. Bunday talabni qo‘yishdan maqsad, ushbu muassasalar hamda tashkilotlar o‘zlarining faoliyatlari natijasida insonlaming huquq va erkinliklariga tiklab bo'lmas darajada zarar yetkazish ehtimolini bartaraf etishdir. Huquqni muhofaza qilish organlarining tashkiliy asoslari hamda funksiyalarini o‘rganib chiqish uchun bir qancha normativ-huquqiy aktlarni o‘rganish zarur bo‘ladi, vaholanki ulaming aniq miqdorini aniqlash mushkul. Huquqni muhofaza qilish organlari tayanadigan huquqiy bazani odatda tasniflashga yondashiladi. Nazariyada bunday yondashishning ikkita asosi mavjud. Ulardan biri — qonun kuchidan qat’iy nazar guruhlanayotgan aktlaming predmetiga (mazmuniga) qarab, ikkinchisi — huquqiy ahamiyatiga qarab. Barcha huquqiy aktlarni ularning mazmuniga qarab quyidagicha guruhlaiga bo‘lish mumkin: • Umumiy xarakterdagi; • Odil sudlov, sud hokimiyati va sudlar to‘g‘risidagi; • Sudlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash va ulami amalga oshiruvchi organlar to‘g‘risida; • Prokuror nazorati va prokuratura organlari to‘g‘risida; • Jinoyatchilikni aniqlash va tergov qilishni tashkillashtirish to‘g‘risida; Yuridik yordamni tashkillashtirish to‘g‘risida. Huquqni muhofaza qilish organlari — qonuniylik va huquqtartibotni muhofaza qilish, inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurash bilan shugʻullanuvchi idoralar. Oʻzbekistonda ularning faoliyati tegishli qonunlar asosida tartibga solingan («Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida»gi qonun, «Sudlar toʻgʻrisida»gi qonun, «Pro-kuratura toʻgʻrisida»gi qonun, «Advo-katura toʻgʻrisida»gi qonun va sh. k.). Oʻzbekiston Respublikasida Huquqni muhofaza qilish organlariga quyidagilar kiradi: Sudlar (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudga boʻysunuvchi umumiy yurisdiksiyadagi sudlar, xoʻjalik sudlari); sudlarning faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashni amalga oshiradigan organlar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezi-denti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi; Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy, texnik va moliyaviy jihatdan taʼminlash departamenti) prokuratu-ra; jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishga jalb qilingan organlar (surishtiruv va dastlabki tergov organlari), notarial faoliyatni amalga oshiruvchi organlar. Download 59.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling