Mavzu: Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlovchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Reja: Kirish Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlovchi huquqni muhofaza
RESPUBLIKA DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Download 59.94 Kb.
|
Asadbek
RESPUBLIKA DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va isloh qilishning hozirgi bosqichi talablariga muvofiq iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, davlat tuzilmalarining hokimiyat vakolatlarini qisqartirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi vazifalarini aniq chegaralab qo‘yish, shuningdek respublika davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida: 1. Belgilab qo‘yilsinki, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, shuningdek ular huzurida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan davlat boshqaruvi tuzilmalari respublika davlat boshqaruvi organlari jumlasiga kiradi. 2. Respublika davlat boshqaruvi organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda ro‘yobga chiqarilishini, ularning ijrosi ustidan ta’sirchan nazorat amalga oshirilishini ta’minlash; tashqi va ichki siyosatni amalga oshirish, davlatning tashqi va ichki xavfsizligini ta’minlash; mamlakatni strategik rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, davlatning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishni tashkil qilish, iqtisodiy islohotlarni ro‘yobga chiqarish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish; insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, aholining ta’lim, tibbiy xizmat, ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash va himoya qilish, mehnat bozorini tartibga solish, ijtimoiy sohada umumdavlat boshqaruv tizimi faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish; tegishli huquqiy muhitni yaratish, litsenziyalash, sertifikatlashtirish va standartlashtirish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish; soliqlar, bojxona to‘lovlarini yig‘ish, davlat daromadlarini taqsimlash yo‘li bilan xazinaga oid vazifalarni amalga oshirish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 20-iyundagi F-1791-son farmoyishi bilan tuzilgan ma’muriy islohotni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasining quyidagi takliflari qabul qilinsin: O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasini tashkil qilish; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi etib qayta tashkil qilish; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat moddiy zaxiralari bosh boshqarmasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi etib qayta tashkil qilish; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi etib qayta tashkil qilish; Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat agentligini Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi etib qayta tashkil qilish; Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligini Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Sanoatkontexnazorat”) etib qayta tashkil qilish; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika atamashunoslik qo‘mitasini tugatish. 4. Respublika davlat boshqaruvi organlarining ro‘yxati ilovaga muvofiq belgilansin. 5. Ilovada ko‘rsatilgan respublika davlat boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda jamiyatni erkinlashtirish va isloh qilishning hozirgi bosqichi talablariga muvofiq yangilangan o‘z nizomlarini hamda boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsinlar. 6. Ma’muriy islohotni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi bosqichma-bosqich ikki oy muddatda ushbu Farmonga muvofiq qayta tashkil etiladigan davlat boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilmalari va funksiyalari to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar tayyorlanishi hamda belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin. 8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. T. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. A. Xudoybergenov zimmalariga yuklatilsin. Xulosa Jahon mamlakatlari iqtisodiy xavfsizligi davlat strategiyasi tajribasidan kelib chiqib, amaldagi qonunlar iqtisodiyot ahvolining O‘zbekiston iqtisodiy xavfsizligi talablariga javob beradigan mezonlari orasida quyidagilarni keltirish mumkin: jamiyat hamda xo‘jalik va moliya faoliyatining barcha sohalari jinoiylashuviga yo‘l qo‘ymaydigan iqtisodiy va huquqiy shart- sharoitlarning yaratilishi, jinoiy tuzilmalarning ishlab chiqarish va moliya institutlarini egallab olishiga, hokimiyatning turli institutlariga kirib borishiga yo‘l qo‘ymaslik kabilar va hokazo. Mamlakatimiz milliy boyligi davlat budjetining daromadlarini taqsimlash va qayta taqsimlashda ishtirok etish iqtisodiy agentlarga har qanday xo‘jalik faoliyatiga qaraganda, ancha ko‘p foyda kelishini ta’minlaydi. Bunday faoliyat «xufiyona» iqtisodiyot nomini oldi. Iqtisodiy sub’ekt tomonidan o‘z biznesi uchun institutsional muhitni – oshkora yoki xufyona – tanlash to‘g‘risidagi qaror birinchi va ikkinchi holatlarda bitimlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan transaksiya xarajatlarini qiyoslash orqali belgilanadi. Boshqacha aytganda, qonunga bo‘ysunish normasi yana bir bor oqilona asoslanadi: shaxs uning talabini mutlaq imperativning ta’siri ostida emas (qonuniy narsalarning hammasi yaxshi), balki qonunga amal qilishdan kutilayotgan foydalar tufayli bajaradi. Qonunga ixtiyoriy bo‘ysunishga undovchi omillar shaxsda faqat, davlat iqtisodiyotining oshkora sektorida transaksiya xarajatlarini pasaytirish yo‘li bilan uning manfaatlarini amalga oshirishga qodir bo‘lgan taqdirda, paydo bo‘ladi. Iqtisodiy sohada xufyona bitimlar amalga oshiriladigan o‘yin qoidalarida, birinchi galda bozor konstitutsiyasidan bitimlarning barcha ishtirokchilarini «o‘ziniki» va «begonalarga» ajratish bilan katta farq qiladi. O‘zinikilarga nisbatan opportunizmni oldini olishning ijtimoiy mexanizmlari amal qiladi, ishonch va o‘zaro yordam me’yorlari hukmronlik qiladi. Aksincha, «begonalarga» nisbatan opportunizm me’yor bo‘lib qoladi. T.Veblen yozganidek, xufyona iqtisodiyot «hasadguylik raqobatchiligiga» asoslangan «yovvoyi» bozor modeliga juda yaqin. Va nihoyat, xufyona iqtisodiyot maksimal darajada fragmentlangan va mozaikli, u to‘liq tizim shaklini qabul qilmaydi hamda bozorning barcha ishtirokchilari uchun yagona va majburiy bo‘lgan konstitutsiyani qabul qilmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, qonunga bo‘ysunishning yuqori narxiga muqobil variant ham g‘oyat qimmat ekan. «Xufiyona» iqtisodiyot bir qator hollarda nafaqat milliy, balki xalqaro xususiyatga ham ega bo‘lganligi sababli (korrupsiya, pullarni «yuvish», terrorizmni moliyalashtirish kabi hollarda), mazkur hodisalarga qarshi kurashning xalqaro huquqiy asoslarini tashkil etuvchi bir qator hujjatlarga e’tibor qaratish lozim, Ularga, birinchi navbatda, BMTning quyidagi hujjatlari kiradi: Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi 2000-yil 15-noyabr konvensiyasi; Korrupsiyaga qarshi 2003-yil 31-oktabr konvensiyasi; Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi 1999-yil 9-dekabr xalqaro konvensiyasi. Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqining hujjatlariga quyidagilar kiradi: Yevropa Kengashining Korrupsiyaga qarshi jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyasi (Strasburg, 1999-yil 27-yanvar); Pullarni «yuvish»ga qarshi Parij deklaratsiyasi (Yevropa Ittifoqining pullarni «yuvish»ga qarshi kurash bo‘yicha parlament konferensiyasining Yakuniy deklaratsiyasi, 2002-yil 8-fevral) miqyosi, korrupsiya, soliqdan bo‘yin tovlash, uyushgan jinoyatchilik iqtisodiyoti, iqtisodiyotning jinoiylashuvi, narkobiznes, terrorizm iqtisodiyoti, jinoyatchilikka qarshi kurashni iqtisodiy jihatdan maqbullashtirishning umumiy prinsiplari. Download 59.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling