Mavzu: Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlovchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Reja: Kirish Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlovchi huquqni muhofaza
Bojxona organlarining majburiyatlari
Download 59.94 Kb.
|
Asadbek
Bojxona organlarining majburiyatlari
Bojxona organlari: yagona davlat bojxona siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etishga; bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, bojlar to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilishga; davlat xavfsizligini, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza etish chora-tadbirlari amalga oshirilishiga ko‘maklashishga; bojxona haqidagi qonun hujjatlarini qo‘llanish bo‘yicha belgilangan tartibda uslubiy ko‘rsatmalar va normativ hujjatlar ishlab chiqish hamda ularni nashr etishga; yuridik va jismoniy shaxslarni tovarlar va transport vositalarini olib o‘tish hamda bojxona chegarasidan o‘tish vaqtidagi huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilishga; faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berishga; o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari natijasida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan davlat siri va tijorat siri hisoblangan axborotni oshkor etmaslikka majburdirlar. Bojxona organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradilar. Bojxona organlari o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlat boshqaruvining boshqa organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari bilan hamkorlikda bajaradilar. Mazkur organlar bojxona nazoratini amalga oshirish hamda bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga qarshi kurashda bojxona organlariga ko‘maklashishlari shart. Bojxona organlari aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha mavjud materiallar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek o‘zga axborotni boshqa organlar va tashkilotlar bilan almashishni, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda almashishni o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, qonun hujjatlarida va bitimlarda belgilangan tartibda amalga oshiradi. Bojxona organlari o‘z vakolatlari doirasida chiqaradigan hamma uchun majburiy tusdagi normativ hujjatlar tegishli vazirliklar, idoralar bilan kelishilishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Bojxona organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z vakolatlariga kiradigan ayrim harakatlarning boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishiga yo‘l qo‘yadilar. Bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari: xo‘jalik yurituvchi subyektlar bojxona to‘lovlari bo‘yicha byudjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar; kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan, o‘z muddatida to‘lanmagan bojxona to‘lovlari va bunday to‘lovlarni to‘lash muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun penya summalarini xo‘jalik yurituvchi subyektlardan so‘zsiz tartibda undirib olish to‘g‘risidagi bojxona organlarining farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) bajaradilar; ushbu modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning so‘mlardagi mablag‘lari yetishmasa va valyuta hisobvaraqlarida mablag‘lari mavjud bo‘lsa, bojxona organlarining taqdimnomasiga ko‘ra valyuta birjasida mazkur valyuta mablag‘larini byudjet oldidagi qarzni to‘lash uchun zarur hajmlarda sotishni sotish kunidagi kurs bo‘yicha amalga oshiradilar. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aybi bilan bojxona to‘lovlari va jarima summalarini to‘lash kechiktirilgan bo‘lsa, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki bojxona organlarining bojxona to‘lovlarini o‘tkazish yoki qaytarish to‘g‘risidagi topshiriqlari bank yoki moliya-kredit muassasalarining aybi bilan bajarilmagan bo‘lsa (bajarish kechiktirilgan bo‘lsa), xo‘jalik subyektlaridan, bank yoki moliya-kredit muassasalaridan belgilangan tartibda penya undiriladi. Ijtimoiy boshqaruvning asosiy turlaridan biri davlat boshqaruvidir. U davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshirirladi. Davlat boshqaruv organlari faoliyatining mazmuni istiqbolni belgilash, rejalashtirish, moliyaviy ta’minlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, hisobga olish va nazorat qilishdan iborat. Davlat boshqaruvini tashkil etish tartibi va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni o’z ichiga olgan huquqning alohida tarmog’I ma’muriy huquq deb ataladi. Davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat apparatining ishini yaxshilash, boshqaruv faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning deyarli barchasi ma’muriy huquq normalari yordamida amalga oshirirladi. Ya’ni aynan ma’muriy huquq normalari boshqaruv organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarni tashkil etish, o’zgartirish yoki tugatish qoidalarini belgilab beradi. Ma’muriy huquq boshqarish organlarining tashkil etilishi, faoliyat tartibi, prinsiplari, shakl va usullarini, davlat xizmati, davlat xizmatchilarining huquq va burchlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning davlat boshqaruv sohasidagi huquq va burchlarini belgilaydi. Ma’muriy huquq davlatni boshqarish sohasidagi munosabatlarni, xususan, davlat boshqaruv organlarining o’zaro munosabatlarini, shuningdek, ularning jamoat tashkilotlari va fuqarolar bilan munosabatlarini tartibga solish uchun hokimiyatning maxsus organlari belgilagan xatti-harakat qoidalari boshqarish jarayonini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’muriy huquq o’zining tabiatiga ko’ra davlat hokimiyatini amalga oshirishni tartibga solishga, barcha hokimlik organlarining faoliyatlarini qonunning aniq doirasiga kiritishga da’vat etadi. Hokimlik funksiyalari ning sarhadlarini, boshqaruvning buyruq bozlik shakllariga qarshi turishga yordam beruvchi yuridik mexanizmlarni belgilash ma’muriy huquqning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Hokimlik qiluvchi tuzilmalarning ichki tashkiliy faoliyati sohasidagi munosabatlarni va davlatning nazorat faoliyatini ma’muriy huquq amalga oshiradi. Download 59.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling