Mavzu: Davlat moliyasi va uning tuzilishi Reja: Kirish Asosiy qism


Davlat tuzilishi shakllari va ularning mamlakatdagi


Download 257.12 Kb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi257.12 Kb.
#1507474
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bibinur Raeva

2. Davlat tuzilishi shakllari va ularning mamlakatdagi
byudjet tuzilishiga ta‘siri
Byudjet tuzilishining qanday bo'lishi mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilishiga va markaziy hukumat va mahalliy hokimiyat organlari o'rtasida vakolatlar taqsimotiga bog'liq. Markaziy hukumat bilan mamlakatning ma‘muriy-
hududiy tuzilmalari (xorijiy mamlakatlardagi shtatlar, provinsiyalar, oblastlar, o'lkalar, yerlar kabi) o'rtasida hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga ko'ra barcha davlatlar unitar va federativ (federativ davlatlarda davlat tuzilishining ikki shakli – federativ va konfederativ davlat tuzilishi mavjud) davlatlarga bo'linadi. Unitar va federativ davlat tuzilishining o'ziga xos xususiyatlari quyidagi chizmada
aks ettirilgan (1-rasm).
Unitar (yagona) davlat – bu tarkibidagi ma‘muriy-hududiy birliklar (tuzilmalar) o'z davlatchiligiga yoki muxtoriyatiga (avtonomiyaga) ega bo'lmaydigan davlat tuzilishidir. Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy bo'lgan huquq tizimi va yagona hokimiyat organlari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarning markazlashtirilgan boshqarish tizimi amal qiladi.
Unitar davlatlarga Angliya, Fransiya, Italiya, Vengriya, Qozog'iston, Yaponiya, Shvetsiya, Polsha, O'zbekiston kabi davlatlar kiradi.10
Federatsiya davlat tuzilishining ancha murakkab shakli hisoblanadi. Federativ davlat bir qancha boshqa davlatlardan yoki federatsiya a‘zosi (subyektlari) bo'lgan davlat tuzilmalaridan (shtatlar, kantonlar, ittifoqdosh yoki avtonom respublikalar va b.) tarkib topadi.
1 -rasm. Turli davlatlarning davlat tuzilishi shakllari
xususiyatlari11
Ularning har biri o'z ma‘muriy-hududiy bo'linishiga ega. Butun federatsiya uchun umumiy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan bir qatorda, har bir federatsiya subyektining hududida o'z davlat hokimiyati va boshqaruvining
oliy va mahalliy organlari faoliyat ko'rsatadi. Federatsiya a‘zolari (subyektlari) o'zining sud organlari va boshqa adliya organlariga ham ega bo'ladi, o'z konstitutsiyasi va qonunlarini qabul qiladi.12 Federativ davlatlarga Rossiya
Federatsiyasi, Germaniya Federativ Respublikasi, AQSH, Kanada, Meksika, Avstriya, Belgiya, Shveytsariya kabi davlatlar kiradi.
Konfederatsiya nisbatan kam tarqalgan davlat tuzilishi shaklidir. Konfederatsiya davlatlar birlash-masi yoki ittifoqi bo'lib, uni tashkil etuvchi davlatlar o'z mustaqilligini to'la saqlab qoladi, o'zining hokimiyat, boshqaruv va adliya organlariga ega bo'ladi. Konfederatsiyaga a‘zo davlatlar o'z faoliyatini muvofiqlashtirish uchun qo'shma organlar tuzadi. Mazkur organlar qat‘iy belgilangan sohalarda faoliyat ko'rsatadi va qat‘iy belgilangan (iqtisodiy, siyosiy, harbiy va b.) maqsadlarni ko'zlaydi. Konfederatsiyaga ba‘zan davlatlarning
federatsiyaga birlashish sari tutgan yo'lidagi oraliq bo'g'in, deb ham qaraladi.
Byudjet tuzilishi mamlakatning davlat byudjetini, uning bo'g'inlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini, byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjet tizimi byudjetlari tarkibi va tuzilmasini, byudjet mablag'larini
shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi (2-rasm).

Download 257.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling