Mavzu: Davlat moliyasi va uning tuzilishi Reja: Kirish Asosiy qism


Davlat, iqtisodiy taraqqiyot va davlat byudjeti


Download 257.12 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi257.12 Kb.
#1507474
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bibinur Raeva

1. Davlat, iqtisodiy taraqqiyot va davlat byudjeti
Har qanday mamlakatning davlat byudjeti, uning daromadlari manbalari va xarajatlari yo'nalishlari, davlat byudjetining barqarorligi, byudjetlararo munosabatlarini tashkil qilish mexanizmlari shu mamlakat milliy iqtisodiyotining holati, uning raqobatbardoshligi, iqtisodiy o'sish sur‘atlari, yalpi ichki mahsulotning va milliy daromadning hajmlari va iqtisodiy subyektlar o'rtasida
taqsimlash nisbatlariga, mamlakat hududlarining rivojlanganlik darajasiga, shuningdek, davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashish ko'lamlari, mamlakatlar hukumatlari tanlagan iqtisodiy siyosat yo'nalishlari hamda jahon iqtisodiyotining milliy iqtisodiyotlarning holatiga ta‘siri darajasiga bevosita bog'liq bo'ladi. Bu bog'liqlikni o'rganishga bag'ishlangan ushbu bob mazkur o'quv qo'llanmaning kirish qismida nomi keltirilgan “Public Budgeting Systems”1 nomli xorijiy adabiyotning ushbu masalalar yoritilgan boblarining tarjimasi asosida keltirilmoqda.
Ishlab chiqarish va daromad iqtisodiyotni baholovchi asosiy tushuncha (konsepsiya)lardir. Ular iqtisodiyotni ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning yalpi qiymati va ularni yaratishdan olingan daromad sifatida tavsiflaydi. Bu ikki
tushuncha (konsepsiya) mazkur bobda so'z yuritiladigan barcha masalalarda asosiy o'rin tutadi. Amalda bu ikki tushuncha bir ma‘noni anglatadi. Sotilgan tovar va xizmatlar bahosi (ishlab chiqarish qiymati) ishlab chiqaruvchilar tomonidan erishilgan tushumlarga tengdir. Amaliyotda firmalar va uy xo'jaliklari daromadlarini va sotilgan tovar va xizmatlar, mehnat haqiga to'lovlar va hokazolarni o'z ichiga olgan ishlab chiqarish xarajatlarini baholashda kamchiliklar ham yo'q emas.
Yalpi ichki mahsulot. Yalpi ichki mahsulot (YAIM) iqtisodiy ishlab chiqarishning asosiy ko'rsatkichi hisoblanadi. Bu mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning yalpi qiymatidir. Yalpi ichki mahsulot uy xo'jaliklari iste‘moli xarajatlari, yalpi ichki xususiy investitsiyalar, tovar va xizmatlar sof eksporti, shuningdek, davlat tomonidan sotib olingan tovar va xizmatlarning umumiy qiymati hisoblanadi.
Yalpi milliy mahsulot. Yalpi milliy mahsulot (YAMM) YAIMga o'xshash ko'rsatkich bo'lib, ko'p yillar davomida jami ishlab chiqarish hajmini baholovchi ko'rsatkich sifatida qabul qilingan edi. 1992-yildan boshlab esa AQSH hukumati va
ko'pchillik tahlilchilar, boshqa qator mamlakatlar o'zlarining ishlab chiqarish hisobotlarida YAIM atamasidan foydalanayot-ganligini inobatga olib va mamlakat iqtisodiy holatini boshqa mamlakatlar bilan taqqoslash nuqtayi nazaridan YAIM
ko'rsatkichidan foydalanishni boshladilar. YAIM va YAMM o'rtasidagi asosiy farq shundaki, YAIMda AQSH tadbirkorlari va rezidentlarining chet eldagi daromadlari hamda xorij fuqarolarining AQSHda ishlab topgan va chet elga o'tkazadigan
daromadlari hisobga olinmaydi. Shunday qilib, YAIM AQSH xo'jalik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan jami mahsulotdan farqli o'laroq, faqat AQSH iqtisodiyoti miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini aks ettiradi.
AQSH uchun YAIM va YAMM qiymatlari odatda katta farq qilmaydi, chunki xorijda ishlab topilgan daromad bilan xorijga chiqib ketgan daromad muvozanatda bo'ladi. Ba‘zi mamlakatlar, ayniqsa rivojlanayotgan, chet elda ishlayotgan fuqarolarining pul o'tkazmalari muhim bo'lgan mamlakatlar
iqtisodiyoti uchun milliy daromad muhim manbadir. 2010-yilda AQSH va boshqa ko'p davlatlardan Markaziy va Janubiy Amerika davlatlariga pul o'tkazmalari jami 58,5 milliard AQSH dollaridan ko'proqni tashkil etdi, bu esa o'tgan yil bilan
solishtirganda iqtisodiy pasayishning ta‘siri tufayli (ayniqsa, bu holat sanoati rivojlangan mamlakatlarda ko'proq sezilgan) 10 foizga pastroqdir. Misol uchun, 2010-yilda Salvadorning milliy daromadida sof pul o'tkazmalari 15 foizni tashkil etgan. Misrda bu ko'rsatkich 3,5 foizni, Marokashda 7,4 foizni tashkil etgan.2
Sof milliy mahsulot va milliy daromad. Sof milliy mahsulot (SMM) va milliy daromad (MD) ikkita o'zaro bog'liq ko'rsatkich bo'lib, YAIMning hosilalari hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulot o'zida barcha kapital sarmoyalarni, shu jumladan, ba‘zilari yangi ishlab chiqarish quvvatlari hosil qilmaydigan, ammo
o'rindosh sifatida foydalanuvchi ishlab chiqarish qobiliyatini yo'qotgan eski kapitallarni ham o'zida aks ettiradi. Sof milliy mahsulot kapital investitsiyalardan sof amortizatsiyaning ayirgandagi qiymatni ifodalaydi. Kapital almashtirish
xarajatlari sof milliy mahsulotda hisobga olinmaydi. 2009-yilda AQSH yalpi ichki mahsuloti 14,1 trln. AQSH dollari bo'lgan, sof milliy mahsulot esa 12,4 trln. AQSH dollarini tashkil etgan, bu AQSH yalpi ichki mahsulotining taxminian 1,7 trln. AQSH dollari yangi ishlab chiqarish quvvatlaridan iborat emasligini ifodalaydi.3
Sof milliy mahsulotni o'rganib borish istiqbolda ishlab chiqarish to'g'risida ma‘lumot beradi, chunki agar iqtisodiyot kapitaldan foydalanishni boshlasa va uning o'rnini boshqa bilan almashtirmasa tovar va xizmatlar ishlab chiqarish asosiy kapitalning kamayishiga yoki uning juda past sur‘atlarda o'sishiga bog'liq bo'ladi.
Ko'pchilik iqtisodchilar davlatning iqtisodiy samaradorlikka va uzoq muddatli o'sishga ta‘siri fanga va ishlab chiqarish quvvatlariga investitsiyalar qilishda namoyon bo'lishini e‘tirof etadilar. AQSH Prezidentlari Uilyam Klinton, Jorj Bush va Barak Obama fanning taraqqiyoti uchun davlatning qo'llab-quvvatlashi muhim ekanligini ta‘kidlaganlar. Prezident Obama Korporativ boshqaruv Kengashiga bergan tavsiyasida AQSHda iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun ilmiy tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalarga (R&D), texnologiyalarga va ta‘limga investitsiya qilish dasturini taklif qildi.4 Ushbu taklif uning avvalgi hamkasblari tomonidan ilgari surilgan raqobatdoshlikni oshirish chora-tadbirlari bilan hamohangdir.
1981-yilda AQSH Kongressi R&Dga xususiy investitsiyalarni oshirishni rag'batlantirishga qaratilgan vaqtinchalik chora-tadbirlar qabul qildi va 2005-yilgacha muntazam ravishda ularni yangilab bordi. 2001-yilda Kongress R&D
uchun berilgan soliq kreditini doimiy ravishda o'rnatish taklifini ko'rib chiqdi, lekin bu chora samara bermadi. Shunga qaramay bu chora 2004- 2006- va 2010-yillarda Kongress soliq kreditini vaqtinchalik uzaytirishi natijasida so'nggi vaqtinchalik
uzaytirish muddati tugagunga qadar ma‘lum darajada samara berib turdi. Vaqtinchalik choralar Kongress uchun raqobatdoshlikni rag'batlantirishga qaratilgan yagona maqbul siyosiy yo'l sifatida qabul qilindi.
Iqtisodiyotning samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatnnig bevosita va bilvosita xatti-harakatlari ta‘sirini faqatgina uzoq muddatli istiqbolda baholash mumkin. Masalan, hatto korxonalar davlat tomonidan taqdim etilgan
imtiyozlardan foydalangan holda R&Dga bo'lgan xarajatlarini sezilarli darajada oshirgan taqdirlarida ham samaradorlik nuqtayi nazaridan bu samara kelgusi yillarda o'zini namoyon qiladi. AQSHning ko'pchilik shtatlarida korxonalar uchun
umumiy soliq bo'yicha turli kredit dasturlari taklif qilingan. Ayrim shtatlar davlatning aniq geografik hududlari yoki aniq tarmoq va texnologiyalar, masalan, biotexnologik sanoatning rivojlanishi uchun R&Dga investitsiyalarga soliq bo'yicha chuqur o'ylangan kredit dasturlariga ega.5
Davlatning texnologiyalar bo'yicha siyosati. Sanoatning yuqori texnologiyali tarmoqlarini himoya qilish va qo'llab-quvvatlashda davlatning faolligi to'g'risidagi masala birinchi bor 80-yillarning oxirida, AQSH iqtisodiyoti ko'pgina sohalarda
(nafaqat arzon ish kuchi bozorlari bilan) peshqadamlikni boy berayotgan davrda yuzaga keldi. Ushbu konsepsiya siyosatning bosh masalasiga aylandi. Sanoatning eng muhim, masalan, mikroelektronika kabi tarmoqlarini qo'llab-quvatlamagani
uchun Jorj Bush ma‘muriyati tanqid ostiga olingan edi, Prezident Bill Klinton yuqori texnologiyalarni rivojlantirishni iqtisodiy siyosatning ustuvorligiga aylantirdi. Kichik Jorj Bush ma‘muriyati esa, iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi muhim dastaklar sifatida korporativ soliqni kamaytirish, dividendlarga
soliqni bekor qilish, R&Dga soliq kreditlarini joriy qilishga muvaffaq bo'ldi. Prezident Obamaning byudjet bo'yicha dastlabki takliflari va rag'batlantirish dasturlarining diqqat markaziga esa rivojlanib borayotgan ekologik sof energiya va
atrof-muhitni yaxshilash bo'yicha boshqa ilg'or texnologiyalarni rivojlantirish masalalari qo'yildi.6 Kongress tomonidan R&Dga qaratilgan ―vaqtinchalik‖ soliq krediti dasturlari vaqti-vaqti bilan uzaytirib turilgan bo'lsa-da, ushbu tashabbuslarning ko'pchiligi xohlamaygina qabul qilindi.
Davlat tomonidan iqtisodiyotning bir tarmog'ini boshqalariga nisbatan ustunroq darajada qo'llab-quvvatlash muammosi ―yutuvchilar va yutqazuvchilarni‖ davlat emas, bozor aniqlashidadir, bu holat davlatning mazkur rolni yaxshi bajarishining isboti bo'la olmaydi. ―Solyndra Corporation‖ nomli quyosh panellarining ishlash texnologiyalarini yaratuvchi va ishlab chiqaruvchi korporatsiyani federal darajada qo'llab-quvvatlash bunga yaqqol misol bo'ladi. Yirik federal yordam doirasida ―Solyndra‖ korporatsiyasi ekologik sof energiya
texnologiyalarini tijoratlashtirish maqsadlariga federal qarz dasturi bo'yicha qarz oldi. Quyosh batareyalaridan foydalanish bo'yicha texnologiyalarni tijoratlashtirish, energiya tashuvchi-larga bo'lgan narxlarning, ayniqsa, 2000-yilning boshida oshib ketishi natijasida tijorat nuqtayi-nazaridan nomaqbul bo'lib
qolgach, kompaniya o'zini bankrot deb e‘lon qildi.7
Hukumat o'zining texnologik siyosatini ishlab chiqishi lozimligi borasida turli davrlarda turlicha oqimlar mavjud bo'lgan.8 Dastlabki, fan va matematikaga jiddiy e‘tibor qaratilgan oliy ta‘limni rivojlantirishning yirik federal dasturlari
1958-yilda, Sovet Ittifoqi tomonidan Yerning birinchi sun‘iy yo'ldoshi koinotga chiqarilganidan keyin amalga oshirila boshlandi. 1970-yillardagi Yaponiyaning ildamlik bilan rivojlanib ketishi AQSHning jahon bozorida raqobatbar-
doshlikni ta‘minlash borasida aytarli harakat qilmayotgan hukumatni tashvishga solib qo'ydi. Yaqin orada Braziliya, Hindiston va Xitoydagi tez sur‘atli rivojlanish jiddiy baxslarga sabab bo'ldi. Obama hukumati tomonidan 2011-yilda taklif etilgan Mehnat to'g'risidagi qonun (American Jobs Act) yangi ish o'rinlarini tashkil qilish va AQSH biznesining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratildi.9 Prezident ta‘limga, ilmiy tadqiqotlarga, shuningdek, tovarlarga qaraganda ko'proq ilmiy g'oyalarning harakatiga xizmat qiluvchi infratuzilmalarga investitsiyalarni ko'paytirishga chaqirdi.

Download 257.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling