Mavzu: Davlat moliyasi va uning tuzilishi Reja: Kirish Asosiy qism


-rasm. Byudjet tuzilishining tarkibi13


Download 257.12 Kb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi257.12 Kb.
#1507474
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bibinur Raeva

2 -rasm. Byudjet tuzilishining tarkibi13
Byudjet tuzilishining asosini mamlakatdagi davlat tuzilishi shakli, amaldagi qonun hujjatlari, davlat byudjetining iqtisodiyot va ijtimoiy hayotdagi o'rni belgilab beradi.
Unitar davlatlarda odatda, ikki pog'onali byudjet tizimi shakllangan bo'ladi:
 davlat byudjeti (bu bo'g'in turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan, davlat byudjeti, markaziy byudjet, respublika byudjeti, hukumat byudjeti kabi);
 mahalliy (munitsipal) byudjetlar.
Federativ asosda tarkib topgan davlatlarda uch pog'onali byudjet tizimi shakllangan bo'lib, quyidagi bo'g'inlardan iborat:
 federal byudjet (turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan: davlat byudjeti, markaziy byudjet, federal byudjet);
 federatsiya subyekt(a‘zo)larining byudjetlari;
 mahalliy (munitsipal) byudjetlar.
Jahon amaliyotida davlat tuzilishining shakllariga mos ravishda byudjet tuzilishi modellari shakllangan:
 markazlashmagan (nomarkazlashgan) model;
markazlashgan model;
 aralash model.
Byudjet qurilishining markazlashmagan (nomarkazlashgan) modelida markaziy va mahalliy byudjetlar avtonom (mustaqil) bo'lib, ularning har biri o'z xarajatlarini to'liq qoplay oladigan daromad manbalariga ega bo'ladi.
Markazlashgan model barcha darajadagi byudjetlarni yagona davlat byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, bunda markaziy byudjet barcha mahalliy byudjetlar uchun (daromadlilik darajasini) tartibga soluvchilik vazifasini bajaradi.
Byudjet tuzilishining aralash modeli barcha darajadagi byudjetlarni yagona davlat byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, lekin bunda har bir mahalliy byudjetning o'z xarajatlarini qoplashga mo'ljallangan o'z daromad manbalari
mavjud bo'lgani holda, har bir yuqori turuvchi byudjet o'zidan quyi turuvchi byudjetlarning daromadlilik darajasini tartibga solish vazifasini bajaradi.
Byudjet tuzilishining har qanday modeli byudjetlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tashkil etish shakli sifatida quyidagi uchta holatning mavjudligiga asoslanadi: birinchidan, hokimiyatning barcha darajalarida xarajat vakolatlarining aniq chegaralanishi; ikkinchidan, bu vakolatlarni to'liq bajarish uchun har bir darajadagi hokimiyatning yetarli fiskal resurslar bilan ta‘minlangan bo'lishi; uchinchidan, byudjet tizimidagi vertikal va gorizontal nomu-tanosiblikni byudjet transfertlari yordamida tekislash va shu asosda mamlakatning barcha
hududlarida davlat xizmatlarining bir xildagi standartini ta‘minlash. Lekin jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, hech bir mamlakatda fiskal federalizmning eng mukammal modelini yaratishga muvaffaq bo'linmagan. Mamlakatlardagi siyosiy,
tarixiy va milliy omillar ta‘sirida dunyoda turlicha byudjet tizimlari shakllangan bo'lib, ular bir-biridan jiddiy farq qilish bilan birga, ko'p hollarda nazariy jihatdan eng oqilona hisoblangan modellarga ham zid keladi.

Download 257.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling