Mavzu: Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari
Download 56.44 Kb.
|
Mavzu Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va fun-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi nazorat tadbirlari natijalari, 9
1-rasm. 2017-2018 yillarda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar tahlili8
2018 yilda soliq nazorati tadbirlari soni 2 664 tani tashkil qilgan bo’lsa, 2019 yil ushbu miqdor 1 439 tani tashkil qilgan. Ma’muriy jarimalar miqdori 2018 yil 581,6 mln. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2019 yil ushbu jarimalar miqdori 326,2 mln. so’mni tashkil qilgan. Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga soliq to‘lovchi tomonidan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Soliq tekshiruvini o‘tkazis h muddati o‘ttiz kalendar kunidan oshmasligi kerak. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning qarori bilan uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari - kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas. Soliq tekshiruvi muddatlarini uzaytirish davlat soliq xizmati organining qo‘shimcha buyrug‘i bilan rasmiylashtirilib, unda oldingi buyruqning ro‘yxatdan o‘tkazish raqami hamda sanasi, tekshiruv o‘tkazishga ilgari jalb qilingan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi. 2-rasm. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi nazorat tadbirlari natijalari,9 mlrd. so’mda Rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2018 yil O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi nazorat tadbirlari natijasida 746,7 mlrd. so’m miqdoridagi mablag’ unidirilgan. 2019 yil nazorat tadbirlari natijasida 1 881,1 mlrd. so’m mablag’ undirilgan. Iqtisodiy islohotlar sharoitida soliq nazoratini yanada takomillashtirish maqsadida 2017 yil 18 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliqma’murchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiyto‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora -tadbirlari to‘g‘risida” gi PF- 5116 sonli Farmon qabul qilindi. Farmonda ta’kidlanishicha, soliq ma’muriyatchiligi sohasida, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishda muayyan muammolarning mavjudligi mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi dasturlarini moliyalashtirishning barqaror manbalarini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 avgustdagi 677-sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida Nizom” yangitdan tasdiqlandi. Ushbu nizomga muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi nazorat bo‘yicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. Soliq tekshiruvi materiallarining davlat soliq xizmati organi tomonidan ko‘rib chiqilishi. Soliq tekshiruvi materiallari davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan soliq tekshiruvi tugagan kundan e’tiboran o‘n ish kuni o‘tgach, biroq o‘n besh ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi. Soliq tekshiruvi materiallari ko‘rib chiqilayotganda hisoblangan yoki ortiqcha to‘langan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar miqdori, soliqto‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi alomatlari mavjudligi, qo‘llanilayotgan moliyaviy sanksiyalarning miqdori va xususiyati, sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar, ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlarining mavjudligi, shuningdek soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlar aniqlanadi. Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasi bo‘yicha o‘zining yozma tushuntirishlarini yoki e’tirozlarini soliq tekshiruvi tugagan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida taqdim etishga haqli. Mazkur holda soliq tekshiruvi materiallari soliq to‘lovchining mansabdor shaxslari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Davlat soliq xizmati organi tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida soliq to‘lovchini ko‘rib chiqishdan kamida ikki ish kuni oldin xabardor qiladi. Agar soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishga uzrli sabablarga ko‘ra kela olmasligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati organini xabardor qilgan bo‘lsa, davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishni uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, bu haqda soliq to‘lovchi xabardor qilinadi. Agar soliq to‘lovchi takroriy xabarnomaga qaramasdan soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishga kelmasa, mazkur materiallar, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan tushuntirishlar va e’tirozlar uning ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi. Soliq tekshiruvi materiallari soliq to‘lovchining ishtirokida ko‘rib chiqilganda bayonnoma soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqqan mansabdor shaxs, soliq to‘lovchi, shuningdek ularni ko‘rib chiq ishda ishtirok etgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi. Soliq to‘lovchi bayonnomani imzolashdan bosh tortganda yoxud soliq tekshiruvi materiallari uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilganda bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Soliq tekshiruvi materiallari soliq to‘lovchining ishtirokida ko‘rib chiqilganda bayonnoma uch nusxada tuziladi, ulardan bir nusxasi soliqto‘lovchiga beriladi. Soliq to‘lovchi bayonnomani olganda bayonnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo qo‘yishi shart. Soliqto‘lovchi bayonnomani olishdan bosh tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish bayonnomasining davlat soliq xizmati organida qolgan barcha nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qo‘shib qo‘yiladi. Download 56.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling