Mavzu: Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari
-2019 yillar davomida Olmazor DSI tomonidan o’tkazilgan kameral nazorat tadbirlari natijasida aniqlangan jinoiy ishlar to’g’risidagi ma’lumot
Download 56.44 Kb.
|
Mavzu Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va fun-fayllar.org
2-jadval
2017-2019 yillar davomida Olmazor DSI tomonidan o’tkazilgan kameral nazorat tadbirlari natijasida aniqlangan jinoiy ishlar to’g’risidagi ma’lumot10
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2017 yil soliqqa oid huquqbuzarlikka yo’l qo’ygan sub’ektlar soni 26 tani tashkil qilgan. Huquqbuzarlikka nisbatan jinoiy ishlari qo’zg’atilgan sub’ektlar soni 8 tani tashkil qilgan. 2018 yil huquqbuzarlikka yo’l qo’ygan sub’ektlar soni 22 tani tashkil qilgan bo’lsa, Huquqbuzarlikka nisbatan jinoiy ishlari qo’zg’atilgan sub’ektlar soni 6 tani tashkil qilgan, bundan ko’rinib turibdiki mutassil nazorat o’rnatib uni ushlab turish albatta o’zining ijobiy natiajsini beradi. XULOSA Mamlakatimiz iqtisodiyoti va etakchi tarmoqlarida izchil o’sish sur’atlari saqlangani, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, birinchi navbatdagi chora-tadbirlar va tarmoqlarni modernizatsiyalashga oid dasturlar amalga oshirilgani aholi farovonligini yanada yuksaltirish imkonini bermoqda. Joylarda transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining jadal rivojlantirilishi, qishloqlarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishiga oid dasturlar, aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarga byudjet mablag’larining samarali yo’naltirilgani eng chekka hududlarni rivojlantirishda ham muhim omil bo’ldi. Davlat moliyaviy nazorati Bosh Boshqarmasi tomonidan o’tkazilgan nazorat tadbirlarida ham asosiy e’tibor davlat mablag’larining maqsadli ishlatilganini aniqlashga qaratildi. Bundan tashqari tekshiruvlar hududlarda byudjet daromadlarini oshirish uchun qo’shimcha zaxira hamda byudjet xarajatlarini kamaytirish va optimallashtirish imkoniyatlari mavjudligini ham ko’rsatmoqda.Davlat moliyaviy nazorati Bosh Boshqarmasi mutaxassislarining joylardagi faoliyati qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari ijrosiga jiddiy e’tibor qaratish va bu borada jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda. Davlat byudjeti mablag’larining sarflanishini nazorat qilishni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari qilib quyidagilarni belgilab olish lozim: 1.Mamlakatimizda byudjet tashkilotlarini byudjet mablag‘lari bilan ta’minlashda byudjet mablag‘lari sarfini nazorat qilishda ustunlik va tizimlilik bo‘lishi uchun xarajatlar smetasidan foydalanib kelmoqda. Byudjet tashkiloti tomonidan tuzilgan xarajatlar smetasi va uning ijrosi yuzasidan nazorat olib borish tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda bu organlarning yuqoridagi faoliyatini yuritish uchun tegishli huquqiy normalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Moliya vazirligining buyruqlari, kodekslar va boshqa huquqiy asoslar bilan tartibga solinib turadi. 2.Shuni qayd etish mumkinki, moliya vazirligi tizimida byudjet tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati Bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, ular tomonidan byudjet intizomiga rioya etish, davlat byudjeti mablag‘laridan oqilona foydalanish nazorat qilinib, tashkilotlarning aybdor mansabdor shaxslariga qonunda ko‘zlangan jazo choralari qo‘llanilmoqda. Bu esa, davlat byudjeti mablag‘larini maqsadli ishlatilishini va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qilmoqda. 3.Fikrimizcha, davlat byudjeti mablag’larini sarflanishining samarali monitoringi amalga oshirishda texnik vositalar va dasturiy ta’minotlar imkoniyatlaridan keng foydalanish zarur. Bu orqali byudjet mablag’laridan foydalanishda inson omilining kamayishi, mavjud axborotlarni qayta ishlashning qulaylik yaratishga va ishonchli moliyaviy nazoratini tashkil etishga erishish mumkin bo’ladi. 4.Samarali nazoratni tashkil etishda byudjet munosabatlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar o’rtasida o’zaro ma’lumot almashish tizimini keng yo’lga qo’yish ham muhim rol o’ynaydi. Bu borada byudjet tashkilotlarini moliyalashtiruvchi moliya organlari bilan tijorat banklari, soliq va bojxona organlari, tovar xom-ashyo birjasi va uning savdo maydonchalari o’rtasida o’zaro axborot almashish aloqalarini yanada mukammalashtirish byudjet mablag’laridan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlaydi. 5. Davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishda jamoat nazorati va ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish ham mablag’laridan maqsadli foydalanilishni nazorat qilish va uning samaradorligini oshirishga ma’lum darajada ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib, quyidagi tavsiyalarni aytish mumkin: Bizningcha, mamlakatimizda byudjet tizimi va jarayonini tartibga soladigan me’yoriy bazalarini unifikatsiyalash, ixchamlashtirish va muqobillashtirish chora tadbirlari ham byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanilishni nazorat qilish va uning samaradorligini oshirishga zamin yaratadi. Bunda esa byudjet tizimi va jarayonida moliyaviy munosabatlarni tartibga solish borasida foydalaniladigan barcha hujjatlarni yagona me’yoriy hujjat qilib jamlash va muqobillashtirish lozim. O’zbekiston Respublikasida nazorat-texnik ishlari samaradorligini oshirishga, sifatini rivojlangan xorij davlatlari tajribalariga murojaat qilish foydalidir. Shunga ko’ra va respublikamizning Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini takomillashtirish hamda moliyaviy nazorat qilishni isloh qilishning asosiy yo’nalishlari qatorida quyidagilarning amalga oshirilishi shart: -davlat siyosatiga mos ravishda moliyaviy nazorat tizimini isloh qilish maqsadlarini shakllantirish, qo’yilgan maqsadlarga ershish uchun moliyaviy nazorat sohasidagi asosiy vazifalarni aniqlash; -huquqni himoya qilish organlari bilan o’zaro ta’sir etish mexanizmini takomillashtirish, ichki va muassasalar moliyaviy nazorat faoliyatlarini faollashtirish; -xorij davlatlarining nazorat-taftish organlari faoliyatini kuzatish va tajribalarini o’rganish, so’ngra ularning ijobiy yutuqlari va mamalakatimiz iqtisodiyotiga mos keladigan natijalarini amaliyotga tadbiq qilishdir. Download 56.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling