Mavzu: Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari
Download 56.44 Kb.
|
Mavzu Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va fun-fayllar.org
Mavzu: Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari Mavzu: Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari. Reja: Kirish Moliyaviy nazoratning iqtisodiy ahamiyati, vazifalari va nazariy asoslari. Moliyaviy nazorat olib boruvchi organlar va ularning moliyaviy nazorat tashkil qilishdagi faoliyati tahlili. Davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan soliq nazoratini tashkil etish amaliyoti. Xulosa. FAR Talaba : Yusupov A MM63 KIRISH Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizasiyalash, bozor islohotlarining yanada chuqurlashtirilishi natijasida yildan yilga salmoqli natijalar qo’lga kiritilib, barqaror iqtisodiy o’sish yo’nalishi mustahkamlanib bormoqda. Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy siyosat to’la va izchil amalga oshirilishi, iqtisodiyotning muhim ustuvor tarmoqlarining belgilab berilishi hamda ularni rivojlantirish bo’yicha barcha imkoniyatlarning safarbar etilishida moliyaviy nazorat o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanishga samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo‘lmaydi. Ma’lumki, byudjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri moliyaviy nazorati organlari hisoblanadi. Moliyaviy nazorat organlari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazorat faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.O‘zbekistonda kuchli davlatdan kuchli demokratik jamiyat tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor islohotlari samarali ijrosida davlat markaziy o‘rinni egallaydi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash, bozor islohotlarining yanada chuqurlashtirilishi natijasida yildan yilga salmoqli natijalar qo’lga kiritilib, barqaror iqtisodiy o’sish yo’nalishi mustahkamlanib bormoqda.
Moliyaviy nazorat instituti davlatning nazorat organlarining umumiy tuzilishini o‘zida mujassamlashtiradi va moliyaviy mexanizmning asosiy elementi sifatida namoyon bo‘ladi.Moliya, byudjet, soliq intizomiga yetarli darajada rioya qilinmayotganligi vabyudjet mablag‘larining maqsadsiz ishlatilishida ko‘p sonli holatlarning mavjudligi barcha mamlakatlarda davlatning moliyaviy nazorat organlari faoliyatini kuchaytirishning zarurligini ko‘rsatmoqda. Davlat byudjeti iqtisodiyot rivojlanishining turli bosqichlarida byudjet siyosatini amalga oshirish quroli, mo‘ljallangan dasturlar va tadbirlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larining asosiy manbai xisoblanadi. Davlat moliyaviy nazoratimoliyaviy barqarorlik uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan davlat moliyaviy siyosatini ifodalaydi. Davlat moliyaviy nazorati organlarining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni tushirishni maksimallashtirish, davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta ko‘rib chiqishdan iborat. Davlat moliyaviy nazorati organlarining oldida turgan eng asosiy vazifa davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini xamda byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlashdan iborat.Shunday ekan, xozirgi sharoitida davlat byudjeti mablag‘laridan samarali foydalanishni tashkil etishda davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligini ta’minlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi va bu mazkur kurs ishi mavzusining naqadar e’tiborli ekanligini ifodalaydi. Download 56.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling