Mavzu: Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari
Moliyaviy nazoratning iqtisodiy ahamiyati, vazifalari va nazariy asoslari
Download 56.44 Kb.
|
Mavzu Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va fun-fayllar.org
1. Moliyaviy nazoratning iqtisodiy ahamiyati, vazifalari va nazariy asoslari.
Jahon iqtisodiyotining tez sur’atlarda ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiy etishi tabiiy ravishda, O’zbekiston Respublikasiningiqtisodiyotiga ham ta’sir etdi. Hozirgi vaqtda “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” amalga oshirilishi, o’z o’rnida g’aznachilik tizimini joriy qilish va takomillashtirish mamlakatimiz uchun zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlangan bir davrda, yangi talablarga moslashish zarurati paydo bo’ladi. Ushbu sharoitda Davlat byudjetining g’aznachilik ijrosi tizimini joriy etish,buxgalteriya hisobini, ular tarkibida ichki auditni tashkil etish zarur va muhim masalalardan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi “Byudjet Kodeksi” byudjet nazoratiga oid huquqiy mezonlarni yanada mustahkamladi. Davlat nazorati hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mahalliy organlar tomonidan amalga oshirilayotgan islohatlar nazoratni talab qilishi hech kimga sir emas. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganlaridek, “Hokimlarning hududlarni rivojlantirish, mahalliy byudjetni ijro etish, kommunal muammolarni hal qilish kabi dolzarb faoliyati ustidan xalqimiz o’z vakillari orqali tegishli nazoratni amalga oshirishiga imkoniyat yaratib berish bizning eng muhim vazifamiz bo’lib qolishi zarur. Bugungi sharoitda aynan ochiqlik va hisob berish mas’uliyati davlat apparatini samarali shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi. Yaqin kelajakda barcha davlat xaridlarini amalga oshirish va davlat mulkini sotish uchun Internet tarmog’ida yagona maydon tashkil etish lozim. Bu byudjet xarajatlarini qisqartirish, davlat mulkini samarali boshqarish va katta moliyaviy mablag’larni iqtisod qilish imkonini beradi.”2 Mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo’lib moliyaviy nazorat xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi bo’lib hisoblanadi. Nazorat boshqarish tsiklining shakli sifatida qabul qilinayotgan yoki qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligi va samaradorligini baholash, bu qarorlarning amalga oshirilish darajasini hqiqiy natijalarning o’rnatilgan parametrlari va me’yoriy ko’rsatmalardan og’ish (farq qilish) darajasini aniqlash va salbiy holatlarni bartaraf etishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida boshqariluvchi ob’ekt faoliyatini kuzatish, solishtirish, tekshirish va tahlil qilish tizimidir. Hozirgi kunda moliyaviy nazoratning asosiy maqsadi tekshirilayotgan ob’ektda mavjud bo’lgan haqiqiy holatni ob’ektiv o’rganish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ijro etishga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash yoki oldini olishdan iborat. Moliyaviy nazorat moliya funktsiyalarining amalga oshirilish shakli bo’lib xizmat qiladi. U ham davlatning, ham boshqa barcha iqtisodiy sub’ektlarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, bir tomondan, o’zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, mustaqil bo’lgan ikki sohaga bo’linadi3: davlat moliyaviy nazorati, nodavlat moliyaviy nazorati. Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv konkret organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining kompleksli va maqsadga yo’nalti-rilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitutsiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipiga, uning sotsial-siyosiy yo’naltirilganligiga, iqtisodiy taraqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog’liq. Moliyaviy nazoratni tashkil etuvchi asosiy printsiplarini quyidagi rasmda ko’rishimiz mumkin. Download 56.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling