Mavzu: Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari


-rasm. Moliyaviy nazoratni tashkil etish printsiplari4


Download 88.57 Kb.
bet2/5
Sana02.01.2022
Hajmi88.57 Kb.
#189475
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yusupov Alisher MM63 kurs ishi qayta ishlangani

1-rasm. Moliyaviy nazoratni tashkil etish printsiplari4
Davlat moliyaviy nazorati YaIM taqsimlanishining qiymat proportsiyalarini kuzatishga qaratilgan. Bu nazorat davlat moliyaviy resurslarini shakllantirish, ularning to’liq va o’z vaqtida tushib turishi va ulardan maqsadli foydalanish bilan bog’liq bo’lgan pul resurslari harakatining barcha kanallariga tegishli hisoblanadi.

Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi. Agar umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan aniqlangan bo’lsa, davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida, ham xususiy hamda korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga ega.

Biroq iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ham qo’shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari, kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlik va qonuniylikning rioya qilinishi, shuningdek, hukumat tomonidan o’rnatilgan pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi.

Davlat moliyaviy nazoratning boshqaruv tizimining asosiy elementi bo’lgan umumiy nazorat tizimidagi muhim o’rni va ahamiyati shundaki, birinchidan, moliya o’zi iqtisodiy kategoriya sifatida ob’ektiv tarzda nazorat funktsiyasini bajaradi; ikkinchidan, bozor iqtisodiyotida moliyaviy munosabatlarning roli oshib boradi. Barcha uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonlarini, xo’jalik yuritishning barcha pog’onalari, davlat boshqaruvining barcha darajalarini qamrab olar ekan moliyaviy nazoratning universal quroli sifatida amal qiladi.

Bozor iqtisodiyoti uchun davlat moliyaviy nazorati faoliyatning alohida bir sohasiga aylanib boradi.

Davlat moliyaviy nazoratning ob’ekti bo’lib boshqarishning barcha darajalarida moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishidan taqsimlanish jarayonlari maydonga chiqadi. Bu boradagi Davlat moliyaviy nazorati avvalo davlat moliyaviy resurslaridan maqsadga muvofiq va samarali foydalanishi, davlat mulkidan oqilona foydalanishini ta’minlashga xizmat qilmog’i lozim.



Quyidagi rasmda moliyaviy nazorat tizimi keltirilgan.




Download 88.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling