Mavzu: Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari


Moliyaviy nazorat olib boruvchi organlar va ularning moliyaviy nazorat tashkil qilishdagi faoliyati tahlili


Download 88.57 Kb.
bet4/5
Sana02.01.2022
Hajmi88.57 Kb.
#189475
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yusupov Alisher MM63 kurs ishi qayta ishlangani

2.Moliyaviy nazorat olib boruvchi organlar va ularning moliyaviy nazorat tashkil qilishdagi faoliyati tahlili.

Moliyaviy nazorat olib boruvchi organlar va ularning moliyaviy nazorat

tashkil qilishdagi faoliyati tahlili doirasida biz , avvalo,

Moliya vazirligi G’aznachiligining byudjet ijrosini nazorat qilishdagi faoliyatining xususiyatlari va tahliliga to’xtalamiz. G’aznachilik tizimini monitoring, pul mablag’larini boshqarishni takomillashtirish va byudjet operatsiyalari samaradorligiga erishishga yo’naltirilgan tamoyillaridan biri

– byudjet ijrosini nazorat qilishni kuchaytirish bo’yicha yagona g’azna hisob varag’ini tashkil etish hisoblanadi.

Maxsus g’aznachilik organlari barcha byudjet mablag’larini tasarruf qiluvchilar va byudjet mablag’lari oluvchilar uchun kassir vazifasini bajaradi va ularning topshiriqlari bo’yicha ular nomidan tegishli to’lovlarni amalga oshiradi.

G’aznachilik o’zining hududiy bo’linmalari bilan birgalikda Davlat byudjetining g’azna ijrosini amalga oshiradigan maxsus vakolatli moliya organi hisoblanadi. G’aznachilik o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda o’z faoliyatiga tegishli bo’lgan boshqa normativ-huquqiy xujjatlarga amal qiladi.

G’aznachilik o’z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda bevosita va o’zining hududiy bo’linmalari orqali amalga oshiradi.

Davlat byudjetining g’aznachilik tizimi joriy etilishi quyidagi ijobiy natijalarga erishishga imkoniyat beradi:

-davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko’rsatkichlarini doimiy nazorat qilish;

-davlat moliyasining holati to’g’risidagi tezkor va muntazam ravishda axborotlarni yig’ish, ishlov berish va tahlil qilish;

-davlat byudjetining daromad va xarajat qismlarini kassa ijrosini har kungi aniqlashtirilgan monitoringin io’tkazish;

-moliya organlari tomonidan byudjet xarajatlarini o’z vaqtida va adresli moliyalashtirish bilan byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilari tomonidan suiste’mol qilish va noto’g’ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat olib borish;

-byudjet tashkilotlari majburiyatlarni olgandan keyin pul mablag’larini g’aznachilik hisob raqamidan to’g’ridan-to’g’ri tovar etkazib beruvchilar hisob raqamiga o’tkazish orqali pul oqimlari xarakatini tezlashtirish va o’z vaqtida to’lovni amalga oshirish orqalit a’minotchilarni moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash;

G’aznachilik tizimini joriy qilish bilan bog’liq bo’lgan asosiy ishlar quyidagilardan tashkil topadi:

-kelgusida byudjet daromadlari va xarajatlari bo’yicha barcha operatsiyalar turli banklarda ochilgan ko’plab byudjet hisob raqamlari o’rniga Markaziy bankda ochiladigan Moliya vazirligi g’aznasining Yagona hisob- varaqasiga jamlantiriladi;

-byudjet tashkilotlari xarajatlarini hisobga olish va byudjet mablag’laridan foydalanishni nazorat qilish hamda hisobotlar tayyorlash uchun ularning shaxsiy hisob-varaqalari g’aznachilikda ochiladi;

-bank o’rniga g’azna tomonidan byudjet kassa ijrosini amalga oshirilishi va byudjet jarayoni barcha bosqichlari ya’ni daromad tushimi, byudjet mablag’lari ajratishdan tortib byudjet ijrosi hisobotini tayyorlashgacha bo’lgan ishlar birlashtiriladi;

-zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni qo’llagan holda g’aznachilikning yagona axborot tizimi yaratiladi hamda u banklarning elektron to’lovtizimiga ulanadi. Bu esa Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari kassa ijrosini kunlik monitoringini ta’minlaydi hamda barcha darajadagi byudjetlar ahvoli haqida ma’lumotlarni tezkor yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilishni ta’minlaydi.

O’zbekistonda g’aznachilikning asosiy vazifalari va funktsiyalari O’zbekiston Respublikasining “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonunida aniqlangan. Ushbu Qonunda Davlat byudjetining g’azna ijrosining asosiy printsiplari belgilangan: buxgalteriya hisobi va hisobotini va kassani tashkiletishning yagona tizimi belgilangan (Qonun 1 yanvar 2006 yilda kuchga kirgan). G’aznachilik tizimi to’liq hajmda (Moliya vazirligi G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594–son qarori qabul qilingandan keyin rivojlandi.

Mazkur Nizom “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonunga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594–son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda O’zbekiston Respublikasi Moliyavazirligi G’aznachiligining asosiy vazifalari, funktsiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.

Bu tizimda byudjetlar ijrosini tashkil qilish, byudjetlarning schyotlarini va byudje tmablag’larini boshqarish mamlakatning Moliya vazirligining maxsus g’aznachilik organlariga yuklatiladi. Moliya organlari orasida g’aznachilik tizimi moliyaviy nazoratni amalga oshirishda muhim o’rin egallaydi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g’aznachilik boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan dastlabki va joriy nazoratning kuchaytirilishi davlat byudjeti mablag’larining iqtisod qilinishiga olib kelmoqda. Bu bilan byudjet nazorati to’xtab qolmayapti.

Byudjet tashkilotlari moliya-xo’jalik faoliyatini taftish etishdan samara bo’lsagina, byudjet mablag’lari ustidan nazorat qilish kerak ekanligini amaliyot ko’rsatib turibdi.

Byudjetdan moliyalashtirilayotgan muassasalarda byudjet intizomining holati Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi tizimida faoliyat ko’rsatayotgan muassasalardagi ahvol bilan tavsiflanadi.


Download 88.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling