Mavzu: Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari


-rasm. Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazorat sohalari5


Download 88.57 Kb.
bet3/5
Sana02.01.2022
Hajmi88.57 Kb.
#189475
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yusupov Alisher MM63 kurs ishi qayta ishlangani

2-rasm. Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazorat sohalari5
Haqiqatan ham, qat’iy va samarali moliyaviy nazoratsiz moliyaviy intizomni mustahkamlash qiyin. Moliyaviy intizom bo’lmagan joyda esa iqtisodiyotni rivojlantirish va aholining yashash darajasini yaxshilashga qaratilgan muhim vazifalarni hal etib bo’lmaydi. Ayniqsa o’sish harakteridagi iqtisodiyotda ilgari ma’lum bo’lmaganlar va uchramagan moliyaviy buzilarning aniqlanishi ularni amaliyotda moliyaviy nazoratning barcha dastak va vositalarini qullab bartaraf etishi talab qilinadi.

O’zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorati o’z ichiga davlat byudjeti va davlatning byudjetdan tashqari fondlari mablag’larining shakllanishi va ishlatilishi ustidan quyidagi vakolatlarga ega:



  • Pul muomalasini tashkil etish ustidan nazorat;

  • Davlatning ichki va tashqi qarzlari ustidan nazorat;

  • Davlat kredit resurslaridan foydalanish ustidan nazorat;

  • Davlatning mulkidan foydalanish ustidan nazorat;

  • Davlat zahiralari ustidan nazorat;

  • Moliyaviy engilliklar va imtiyozlar berish ustidan nazorat;

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazoratiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.

Davlat moliyaviy nazorati davlat xokimiyati organlarining hamda mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining huquqiy normalari bilan tartibga solinadigan davlat moliyaviy resurslarining shpkllanishi, taqsimlanishi, maqsadga muvofiq va samarali ishlatilishi ustidan, shuningdek, davlat va mag’alliy mulkdan qonuniy tarzda foydalanish ustidan nazorat qilish yuzasidan moliyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan maqsadli faoliyatdir. Bu faoliyatning asosiy maqsadi nazorat qilinadigan ob’ektlar faoliyatidagi kamchiliklarni topish va mansabdor shahslarni jazolashdan iborat bo’lib qolmasdan, balki bu kamchiliklarning oldini olish, ularga yo’l qo’ymaslik, ogohlantirishdan iboratdir

Hozirgi kunda moliyaviy nazoratning muhim vazifalari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:


  1. Davlat byudjeti va davlatning byudjetdan tashqari fondlarining shakllanishi va ishlatilishini nazorat qilish;

  2. Davlat moliyaviy resurslarining maqsadga muvofiq ishlatiishini, davlat va mahalliy mulkdan qonuniy ravishda va oqilona foydalanishini nazorat qilish;

  3. Xo’jalik sub’ektlari tomonidan buxgalteriya hisobi va hisobotni to’g’ri yuritilishini nazorat qilish, xo’jalik operatsiyalarining buxgalteriya xujjatlarida to’g’ri aks ettirilishini tekshirish;

  4. Soliq va soliqqa tortish, valyuta, bojhona va bank faoliyatida amaldagi qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish.

Bu ro’yhat bilan davlat moliyaviy nazoratining vazifalarini chegaralash mushkildir. Chunki moliyaviy qonunchilikning o’zgarishi bilan moliyaviy nazoratning vazifalari ham o’zgaradi va aniqlashtiriladi.

2014 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritilgan “Byudjet Kodeksining 170-moddasida davlat moliyaviy nazoratining amalga oshirilish jarayoniga izoh berilgan6. Jumladan:

respublika darajasida-O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining va respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan;

mahalliy darajada - Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi.

Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi.

Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;

davlat moliyaviy nazorat organiga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to’g’risida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo’l qo’yiladi.

O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir.

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining daromadlari qismi bo’yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat moliyaviy nazoratini o’tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining printsiplaridir.

Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va o’rganish shaklida amalga oshiriladi.

Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi:

dastlabki nazorat- moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar g’aznachilik bo’linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladigan; joriy nazorat- moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g’aznachilik bo’linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan;

yakuniy nazorat - moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so’ng amalga oshiriladigandavlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir.

Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir:

hujjatlarni tekshirish hajmiga qarab:

yoppasiga nazorat — tekshirilayotgan davr uchun barcha buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni nazorat qilish;

tanlov asosidagi nazorat — muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish;

nazoratning maqsadga yo’naltirilganligi va predmetiga qarab:

kompleks nazorat — moliyaviy nazorat ob’ektining muayyan davr uchun moliyaviy-xo’jalik faoliyatining barcha yo’nalishlarini nazorat qilish;

mavzuli nazorat — moliyaviy nazorat ob’ektining muayyan davr uchun ayrim masalalar bo’yicha faoliyatini nazorat qilish;

muqobil nazorat — operatsiyalar yagonaligi bilan o’zaro bog’liq bo’lgan va turli moliyaviy nazorat ob’ektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni o’z ichiga olgan tekshirishdir.





Download 88.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling