Mavzu: Davlat ramzlari orqali o’quvchilarida vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish
II BOB . Boshlang’ich sinf o’quvchilarini vatanpavarlik ruhida tarbiyalashning milliy, tarixiy asoslar
Download 80.66 Kb.
|
kurs ishi tarbiya
II BOB . Boshlang’ich sinf o’quvchilarini vatanpavarlik ruhida tarbiyalashning milliy, tarixiy asoslar
2.1. O`quvchilarni darslar va darsdan tashqari mashg`ulotlarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash shakli, vosita va usullari Mamlakatimiz kelajagi bo`lgan yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda ta’limtarbiyaning uzluksizligini ta’minlash va uni tizim shaklida tashkil etish asosiy masalalardan biridir. Shuningdek, umumta’lim maktablariga tashkil etiladigan darsdan va sinfdan tashqari mashg`ulotlarga e’tiborni kuchaytirish bilan ham ta’lim-tarbiya jarayonining o’zviyligiga erishiladi. Darsdan va sinfdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifasi faqat bolalarni band qilish emas, balki ancha murakkab, ya’ni ularning darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga nisbatan qiziqishini uyg`otish, qolaversa, ularning hayotini zavq va shavqqa to`ldirishdan iboratdir. Huddi dars jarayonida bo`lgani kabi tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda ham sinf o`qituvchisining vazifasi mas’uliyatli va ahamiyatlidir. Bu mas’uliyat ulardan doimiy ravishda o`z ustida ishlash, ijodiy mehnatni talab qiladi. O`quvchilarning faoliyatini tashkil qilishga yo`naltirilgan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning asosiy xususiyati-o`quvchini ijtimoiy hayotga tayyorlashdan iboratdir. O`quvchi kundalik ishlarining davomi sifatida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda bevosita turli mazmundagi suhbatlar, savol-javoblarda qatnashadi, kechalarni tashkil qilishda ishtirok etadi, rollarni bajaradi, tinglaydi, qolaversa, bular orqali bilimi va ma’naviy dunyosi boyib boradi. Ayniqsa, ular bugungi kunda o`quvchilarning milliy merosimizga nisbatan qiziqishlarini o`stirish maqsadida tashkil qilinadi. Har qanday sinfdan tashqari mashg`ulot oldiga turli tarbiyaviy vazifalarni qo`yishi shart. Ularning har biri o`ziga hos belgilar, bir-biridan farq qiluvchi shakllar, vositalar, ijodiy mehnatni talab qiladi. Sinfdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy ishlar o`qituvchilarning yillik ish rejalarida aniq ko`rsatilgan, maqsad va vazifalari belgilangan bo`lishi lozim. Umumta’lim maktablariga tashkil etiladigan ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar o`quvchilik hayoti, ya’ni ularning maktab ostonasiga ilk qadam qo`ygan kunlaridan boshlanadi. Mustaqillik bayrami, 2 sentyabr, Ko’z bayrami, Konstitutsiya kuni, Alifbo bayramlari, Yangi yil, Harbiylar kuni, mashhur allomalarning tug`ilgan kunlari, 8 mart, Navro`z bayrami, gullar, mehrjon, hosil bayramlari kabilar. Mana shunday tadbirlar bevosita o`quvchilarda vatanga e’tiqodni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu tadbirlar uchun xalq og`zaki ijodi, badiiy adabiyot namunalari muhim manba hisoblanadi. O`qituvchi ta’lim-tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirishda quyidagi pedagogik talablarga amal qilishi kerak: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda uyushtiriladigan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar ma’lum talablarga javob berishi lozim. Ya’ni; tarbiyaviy tadbirning rejali, maqsadli, izchil, sistemali o`tkazilishi; tarbiyaviy tadbirni hamkorlik pedagogikasi asosida tashkil etish; o’quvchi yoshlarni , psixologik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olish; tarbiyaviy tadbirlarning o’quvchilarning qiziqishi, mayli, intilishlariga javob berishi; hayotiy muammolarning echimini topishga yo`naltirilganligi; ta’lim jarayonida olingan ahloqiy-ma’naviy bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash, to`ldirish va rivojlantirish; Vatan himoyachisi, oila boshlig`i, jamiyatning faol fuqarosi bo`lishga tayyor turish. Umumta’lim maktablarida sinfdan tashqari tadbirlar quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: Tadbirni rejalashtirish. Tadbir yo’zasidan o`quvchilarga tushuncha berish. Tadbirni tashkil qilish jarayonida sinf o`quvchilarining barchasi ishtirok etishini ta’minlash. O`quvchilarning imkoniyatlari darajasidan kelib chiqqan holda ishlarni taqsimlash. Tadbirni amalga oshirish. Tadbir natijalarini tahlil qilish va baholash. Bosqichlarning har biri o`qituvchi tomonidan oldindan chuqur o`rganilgan bo`lishi lozim. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun yordam beradigan quyidagi metodik tavsiyalarni bayon etishni lozim topdik: O`quvchilarning sinfdan tashqari tadbirlariga rahbarlik qilishda, avvalo milliy qadriyatlar, ularning ahamiyatliligi, ijtimoiy xarakteriga e’tibor berish kerak. Yaxshi ishtirok etgan o`quvchilarni sinf va maktab jamoasi oldida rag`batlantirish. Darsdan tashqari tadbirlar orqali o`quvchi shaxsidagi ahloqiy sifatlarni rivojlantirish yo`llarini izlash. Sinfdan tashqari mashg`ulotlarga rahbarlik qilish jarayonida ba’zi o`quvchilarda mavjud salbiy xususiyatlarni bartaraf qilib borish. Mazkur ishlarni amalga oshirishda har bir boshlang`ich sinf o`qituvchisi, eng avvalo, tashkil qilinadigan tarbiyaviy tadbirlarning mazmunini chuqur o`rganishi, uning natijalariga jiddiy e’tibor berishi va bu bilan o`quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etishga intilmog`i, vatanga e’tiqod, milliy g`urur, vatan ravnaqi uchun xizmat qilish, qolaversa, ona tabiatni asrash kabi sifatlarni yanada rivojlantirish yo`llarini izlamog`i lozim. O`qituvchisi o`quvchilarga vatanparvarlik tuyg’ularini singdirar ekan, Vatan ostonadan, oiladan, mahalladan boshlanishini, Vatan tushunchasi har bir insonning yuksak darajadagi his-to`yg`ulari, sadoqatli, fidoiy mehnati, o`zaro izzat-hurmat kabi insoniy fazilatlarida namoyon bo`lishini anglatib bormog`i lozim. Bu o`rinda respublika sportchilarining Xalqaro sport maydonlaridagi, ayniqsa, Olimpiya o`yinlaridagi ishtiroki, g`alabasi ana shu hislatlar tufayli ustuvor ekanligini anglatib borish joiz. Ayniqsa, yurtimiz bayrog`ini uzoq o`lkalarda viqor bilan ko`tarilishi, madhiyamizning baland yangrashi, sportchilarning onaVatan sharafi uchun kurashgan va hissa qo`shganligining timsoli ekanligini bolaga yoshligidanoq o`rgatib borish zarur. Buning boisi shundaki, o`shanday g`olib sportchilar, ularning murabbiylari, qolaversa sport tashkilotlari, jamiyatlari xodimlari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida mutahassislarga taqlid qilish hissini shakllantirish kichik maktab yoshidagi bolalar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Jismoniy tarbiya va sport o`qituvchilarining turli an’anaviy sport bayramlarida qatnashishlari, ma’ro’zalar o`qishi, o`z ta’ssurotlari bilan o`rtoqlashishi sportni targ`ib qilib, yoshlarni sportga jalb etishda kuchli vosita bo`lib xizmat qiladi. O`quvchilar bilan bu kabi ishlarga tayyorgarlik ko`rishda o`quvchilar xalq og`zaki ijodi namunalariga murojaat qilishlari, (albatta o`qituvchi va ota-onalar ko`magida) shoirlarning vatan haqidagi she’rlarini yod olishlari, o`lkashunoslik mo’zeylariga sayohat qilishlarini uyushtirish lozim. Chunki, mana shu ishlar orqali o`quvchilarning vatanga e’tiqod haqidagi tushunchalari kengayadi. O`quvchilarni vatanga e’tiqodli insonlar etib tarbiyalashning muhim shakllaridan yana biri milliy xalq o`yinlaridir. Maktab sharoitida o`yinlarni tashkil qilish bolalarni yanada maktabga yaqinlashtiradi, ular o`zlarining sevimli mashg`uloti, ya’ni o`yinlarda ishtirok etishdan katta zavq oladilar. Shu bilan birga dars jarayonida bolalarda hosil bo`lgan zerikish va toliqish holatlarining oldi olinadi. Bizga ma’lumki, ushbu yoshdagi bolalarning diqqati beqaror bo`ladi, tez-tez qaytariladigan o`yinlar ham ularning zerikishiga olib keladi. O`zbek xalq o`yinlari qadimiy va turli-tuman bo`lib, bolalarning jismoniy va ma’naviy kamolotida asosiy rolni o`ynaydi. Pedagoglar o`yin ta’lim-tarbiya vositasi sifatida muhim pedagogik ahamiyatga ega ekanligi, avvalo, bolaning hayoti, qiziqishlarini yaqqol ko`rsatishini ta’kidlaydilar. Ularning ta’kidlashicha, bolada o`yinga kuchli ishtiyoq bo`ladi va mana shu ishtiyoq o`yin orqali qondirilishi mumkin. S.Mahmudov o`zining «O`zbek udumlari» kitobida milliy o`yinlarning ahamiyati haqida to`htalar ekan, quyidagi fikrlarni bildirib o`tadi: «Darhaqiqat, o`yinlar butun avlodajdodlarimiz, ota-bobolarimiz hozirgi zamon siz kabi avlodlarning jismoniy, aqliy, ma’naviy kamol topishlariga beqiyos katta hissa qo`shgan va bundan keyin ham shunday bo`lib qolaveradi. Chunki, yosh avlod uchun o`yin bu hamma zamonlarda turmush tarzi, hayot omili, uning o`lchovi bo`lib qoladi. O`yinning mazmuni boyib, shakllari ko`payib boraveradi. Taraqqiyot shuni taqozo etadi. Chunki, bugungi bola - ertangi kunning ijodkor yaratuvchisidir. O`yin bu ijod, o`yin bu hayotdir». Darhaqiqat, o`yin bola uchun yashash tarzi, asosiy faoliyat jarayonidir. O`yinlar jarayonida bolaning dunyoqarashi shakllanadi, u o`zini o`yin jarayonida kashf qilib boradi. O`zbek xalq o`yinlarining ahamiyati haqida to`htalar ekanmiz, ularning bolaga ko`rsatadigan ta’lim-tarbiyaviy ta’sirini quyidagicha ifodaladik: milliy xalq o`yinlari orqali o`quvchilar milliy qadriyatlar bilan yaqindan tanisha boradilar; milliy xalq o`yinlari orqali o`quvchilarning so`z boyligi yanada oshadi; milliy xalq o`yinlari orqali jismoniy sog`lom, haqiqiy vatanga e’tiqodli insonlar etishib chiqadi; milliy xalq o`yinlari orqali o`quvchilarda chaqqonlik, topqirlik, mardlik, epchillik kabi ijobiy sifatlar shakllanadi; milliy xalq o`yinlari yordamida bolalarda jamoa atrofida birlashish ko`nikmasi shakllanadi. O`zbekiston Respublikasi hududida bir vaqtlar asosan ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi elatlar yashagan. Ularning asosiy mashg`uloti chorvachilik bo`lgan. CHorvachilik bilan faqat yarim o`troqlar emas, balki o`troq dehqonlar ham shug`ullangan. Dehqonlar mollardan er haydashda, bug`doyni yanchishda, daryo va quduqlardan suv tortishda foydalanishgan. Shuningdek, chorva mollaridan savdogarlar va hunurmandlar ham foydalangan. Mana shular tufayli «Podachi», «Oqsoq bo`ri va qo`ylar», «Echkilar va cho`ponlar», «Oq tuya» va «Bo`ri keldi» singari qator o`zbek xalq o`yinlari kelib chiqqan. Xalqimiz orasida hayvonlar va qushlar mavzuidagi juda qiziqarli raqslar «Kaptar o`yini», «Chag`alak», «Yumronqoziq», «Ot o`yini» va hokazolar keng rasm bo`lgan. Shuningdek, o`zbeklar orasida «Karnaymi, surnay?», «Nina, in va tuguncha», «Tapir-to`pur qayrag`och», «Qovoq ekish», «Xo`rozlar jangi», «Xo`roz va tovuq», «Qoch bolam, kalhat keldi», «Oq terakmi-ko`k terak» kabi o`yinlar ham mashhur bo`lgan. Milliy xalq o`yinlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan, rivojlanishining har bir tarixiy bosqichida mazmunan o`zgarib, turli ijtimoiy vazifalarni bajargan. An’analar, udumlar shu jumladan, xalq milliy o`yinlari, millatimiz hayoti bilan bog`liq bo`lib, avloddan - avlodga meros bo`lib o`tib kelgan. Avlodlar egallagan bilim va tajribalar amaliy hayotda sinalgan, keyingi avlodlar tomonidan mustahkamlangan va takomillashtirilgan. Ularning mazmunini har bir avlod, jamiyat rivojlanishining har bosqichi yangilab borgan. Bolalar jamiyat rivojlanishining o`sha bosqichida kattalar o`ynagan xalq milliy o`yinlarini o`ynaganlar. Xalq milliy o`yinlarida xalqning ijtimoiy hayoti, mehnat faoliyati va turmush tarzi o`ziga xos shakllarda aks etgan. Ulardagi juda boy hissiyot va kechinmalar orqali o`z Vataniga sadoqatlilik, mardlik, matonat, sabr-chidam kabi sifatlar shakllantiriladi. odobnoma fanidan o’tkazilgan bir soatlik dars namunasini keltiramiz: MAVZU: Vatanni sevmoq iymondandir Darsning maqsadi: O’qkvchilarning o’z ona vatanlari O’zbekiston haqidagi bilim, ko’nikmalarini shakllantirish. O’quvchilar qalbida o’z Vataniga, xalqiga muhabbat uyg’otish. Milliy urf – odatlar, qadriyatlarni e`zozlash tuyg’usini uyg’otish. Darsning jihozlanishi: Davlat bayrog’i, gerb, plakat va allomalar portiretlari. Mavzuga oid fotosuratlar, adabiyotlar, alьbomlar. Kerakli asos yaratiladi. Tarqatma materiallar tayyorlash. Yuqoridagi mavzu bo’yicha mustaqil tayyorgarlik ko’rishlari maqsadida oldindan o’quvchilarga adabiyotlar ro’yxati beriladi. O’qituvchi o’quvchilarni olti kishidan jamlab, oltita guruhga bo’ldi. Bunda o’qituvchi sinfdagi o’quvchilarni jamini 1 dan 6 gacha bo’lgan raqamlar bilan, bir boshdan sanab chiqdi va shu orqali sinf o’quvchilarini guruhlarga bo’lib oldi. Masalan: 1 – raqamlar - 1 - guruh 2 - raqamlar - 2 - guruh 3 - raqamlar - 3 - guruh 4 - raqamlar - 4 - guruh 5 - raqamlar - 5 - guruh 6 - raqamlar - 6 - guruh O’qituvchi o’quvchilarni guruhlarga bo’lib, olgandan so’ng, o’quvchilarga mavzu bo’yicha qisqa, mazmunli yo’llanma – ko’rsatma berdi hamda oldindan tayyorlangan tarqatma savollarini guruhlarga tarqatib chiqdi. Tarqatma savollar taxminan quyidagicha: - - O’z uyim – o’lan to’shagim”, “O’zga yurtning podshosi bo’lguncha, o’z yurtingda gado bo’l”, “Bulbul chamanni sevar, odam vatanni sevar” hikmatlarida qanday ma’no yashiringan? - Ona Vatanni mahd etuvchi qanday asar – she`rlarni bilasiz? - O’zbekiston o’zining nimalari bilan olamga tanilgan? - Vatan deganda siz nimani tushunasiz? - Sizning vavtaningiz qaer? Nima uchun uni sevasiz? - Vatan shon shuxratini ko’tarish uchun nimalar qildingiz va nimalar qilmoqchisiz? - Vatan, ona yurt oldidagi burchni six qanday tushunasiz? Tarqatma savollar guruhlarga tarqatilgandan so’ng, har bir guruhda berilgan savollar yuzasidan fikr almashuv hamda bahs – munozara orqali javoblar tayyorlana boshlanadi. Bunda har bir guruh o’z guruhi uchun yetakchi va kotib saylaydi. Saylangan kotib o’z navbatida guruh qatnashchilari tomonidan aytilgan to’g’ri javoblarni yozdi. Yetakchi esa, guruh ishini faollashtirdi. Fikr almashuv hamda bahs munozara uchun ajratilgan vaqt poyoniga yetgandan so’ng, har bir guruh yetakchisi navbatma – navbat berilgan tarqatma savollar yuzasidan so’zga chiqdi.boshqa guruhlar tomonidan berilgan qo’shimcha savollrga javob berdi. (Guruh a’zolari bilan hamkorlikda). Dars yakunida vazifani qaysi guruh a’zolari yoritib bera olganliklari muhokama qilindi, baholandi va mukofatlandi. Download 80.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling