Mavzu: Davlat shakli boshqaruv tuzilish sharti va siyosiy rejim Reja


Download 496.43 Kb.
bet2/4
Sana22.02.2023
Hajmi496.43 Kb.
#1219584
1   2   3   4
Bog'liq
Davlat shakli boshqaruv tuzilish sharti va siyosiy rejim

2.Davlat tuzilish shakli
Davlatning amal qilish tarixi shu narsani kursatadiki, turli xil davlatlar bir-biridan o’zlarining ichki tuzilishi jixatidan farq qilgan, jumladan: xududiy bo’linish uslublariga ko’ra (ma'muriy-xududiy bo’linmalar, siyosiy avtonom bo’linishlar, davlatning tashiliyligi va b.), va davlat xokimiyatining markazlashuvi darajasi bo’yicha (markazlashgan, demokratik sentralizm printsipiga asosan tashkil etilgan va b.).

Davlat tuzilishi – bu davlat xokimiyatining ma'muriy – xududiy tuzilishi bo’lib, davlatni o’zining tashkil etuvchilariga bo’lgan munosabatining harakteri tushiniladi. Davlat tuzilish shakli- bu har bir davlatning siyosiy va ma'muriy-hududiy tuzilishi, davlat oliy organlari bilan mahalliy organlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlardir.

Davlat tuzilishi shakli bo’yicha oddiy , murakkab va konfederativ bo’ladi.

Unitar davlat – bu markazlashgan bir butun davlat bo’lib, uning ma'muriy – xududiy bo’linmalari davlat tuzilmasi statusiga hamda suveren huquqlarga ega e mas.

Unitar davlatlarda yagona davlat oliy organi, yagona konstitutsiya, yagona fuqarolik bo’lib, o’z navbatida bular butun mamlakat miqyosida markazlashgan davlat xokimiyatining ta'siri yuqori darajada bo’lishi uchun tashkiliy – huquqiy asos yaratadi. Ma'muriy – xududiy bo’linmalarning organlari yoki to’la ravishda markaz qaramog’ida bo’ladi yoki ikki tomonlama qaramog’da, ya'ni markaz yoki maxalliy vakolatli organlarning ta'siri ostida bo’ladilar. Shu paytgacha amalda bo’lgan va xozirgi ko’pgina davlatlar unitar shakldadir.Bu tushunarli hol, chunki unitar davlatlar birligi yaxshi ta'minlanadi va boshqariladi. Unitar davlatlarning aholisi bir xil millatli va ko’p xil millatli bo’lishi mumkin.Masalan, Frantsiya,Shvetsiya,Norvegiya va boshqalar – bir xil, Buyuk Britaniya,Belgiya va boshqa har xil millatlar.

Unitar yoki oddiy davlat tuzilishi ma'muriy-hududiy qismlarga bo’linib, yagona oliy organga, hukumatga, konstitutsiyaga, fuqarolikka, o’zining hududiga, davlat chegarasiga va qonuniylikka ega bo’ladi. Masalan; Angliya, Frantsiya, Italiya, O’zbekiston, Ukraina, Qozog’iston davlat tuzilishi shakli bo’yicha unitar davlatdir.


Federatsiya deb aniq ilmiy ma’noda shartnoma va konstitutsiyaga asoslangan davlatlar ittifoqiga aytiladi. Shuning uchun ham federatsiya faqatgina mustaqil davlatlarning birlashmasi bo’lishi mumkin. Federatsiya tarkibiga kiruvchi davlatlarning tuzilmalarini uning sub'ektlari deyiladi.Bu sub'ektlar o’zlarining konstitutsiyalariga, fuqarolariga, xususiy oliy davlat organlariga (qonunchilik, ijro, sud xokimiyatlari) ega bo’lishlari mumkin. Federatsiya tarkibiga ( uning o’zi va sub'ektlaridagi) ikkita oliy davlat organlarining mavjudligi – ularning kompetentsiyalarini chegaralash (bo’lish) ni etadi. Kompetentsiyalarni bo’lib olish turli federatsiyalarda turlicha bo’lishiga qaramasdan nisbatan ko’prok tarqalgani ikkitadir. Federativ davlat tuzilishi bu teng huquqiy respublikalar, muhtoriyatlar, shtatlar, kantonlar, viloyatlar va okruglarning ihtiyoriy birlashuvidan iboratdir. Masalan; AQSh. Argentina, Braziliya, Avstriya, Meksika, Germaniya, Hindiston, Rossiya va boshqalar. Federatsiyaga kiruvchi davlatlar ihtiyoriy ravishda markazlashgan davlatni tashkil qiladi. Federatsiyada barcha a'zolar nomidan mamlakat ichki va tashqi siyosatida yagona ish olib boradi va ularning manfaatlari himoya qilinadi. Federativ davlat konstituttsiyasida davlatning boshqarishiday vakolatlar federatsiya vakolatiga, qandaylari uning a’zolariga berilishi kursatilgan. Sobiq Sovet davlati Konstituttsiyaga asosan Federativ davlat edi. Sho’ro davlati markazlashgan, buyruqbozlikka va partiya diktaturasiga asoslangan unitar davlat edi.


Konfederativ davlat ma’lum maqsadlarni amalga oshirish maqsadida muhim- iqtisodiy, mudofaa masalalari bo’yicha tuziladigan davlatlar ittifoqiga aytiladi. Konfederatsiya bir necha davlatlarning ittifoqidir. Konfederatsiyada yagona davlat hududi yagona oliy va idora etuvchi organlari bo’lmaydi. Har bir Konfederatsiyaga kiruvchi davlat muhim masalalri bo’yicha boshqarish huquqini konfederatsiyaga berib, ularning mustaqilligini saqlab qoladi. Masalan; AQSh, 1776-1787 yillarda Konfederatsiya shaklida bo’lgan, 1952 yilda Misr va Suriya davlatlari birlashib Birlashgan Arab Respublikasi Konfederatsiyasini tuzadi. Keyinchalik bu tarqalib ketadi. 1982 yilda Namibiya va Senegal Respublikalari birlashib Senegambiya Konfederatsiyasini to’zdi. 1989 yilda bu Konfederatsiya ham tarqaldi. Siyosiy rejim – bu siyosiy xokimiyatni amalga oshirish usullari (metodlari) bo’lib, jamiyatning siyosiy natijaviy axvoli,ya'ni har xil siyosiy kuchlarning qarama-qarshiliklari va o’zaro harakatlaridan hamda turlicha siyosiy institutlarning amal qilishidan mujassamlashadigan vav demokratizm yoki antidemokratizm bilan tavsiflanadigan usullar yig’indisidan iborat.Bu ta'rif yuqoridagi tushunchaning (siyosiy rejim) quyidagi belgilarni ajratib kursatishni etadi:
^
Siyosiy tartib.

  1. Siyosiy rejim – bu siyosiy xokimiyatni amalga oshirish usullari (metodlari) bo’lib, jamiyatning siyosiy natijaviy axvoli,ya'ni har xil siyosiy kuchlarning qarama-qarshiliklari va o’zaro harakatlaridan hamda turlicha siyosiy institutlarning amal qilishidan mujassamlashadigan vav demokratizm yoki antidemokratizm bilan tavsiflanadigan usullar yig’indisidan iborat.

  2. ^

Bu ta'rif yuqoridagi tushunchaning (siyosiy rejim) quyidagi belgilarni ajratib kursatishni etadi:

  1. siyosiy rejim avvalambor davlatda siyosiy xokimiyat qanday usullar bilan amalga oshirilishiga bog’liq;(agar ishontirish, kelishuv, qonunchilik, parlamentlik yoki huquqiy majburlov usullari bo’lsa, u albatta rogressiv, ya'ni demokratik rejim) yoki aksincha usullar qo’llansa – antidemokratik, reaktsion rejim bo’ladi.

  2. ^

har bir mamlakatda siyosiy rejim siyosiy kuchlarning nisbati bilan belgilanadi.Siyosiy kuchlar balansi bir xil bo’lsa, bu yerda stabil rejim bo’ladi.

Bu davlat hokmiyatining amalga oshirish usuli yig’indisidir. Bu usullar ikki hil bo’ladi, demokratik siyosiy tartib va nodemokratik siyosiy tartib, Demokratik siyosiy tartibda davlatda fuqarolarning huquq va burchlarini ta'minlash, xalqni turli jamoat tashkilatlariga birlashtirish, davlat hokimiyat va boshqaruv organlarini xalq ishtirokida saylash, davlatni boshqarishda keng xalq ommasini ishtirok etishi va boshqalar. Masalan; O’zbekiston Respublikasida davlat siyosiy tartib bo’yicha demokratik asosda idora etiladi


3. Davlat funktsiyasining tushunchasi va turlari.
Davlatning funktsiyasi - uning oldida to’rgan vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan davlat foliyatining asosiy yunalishi bo’lib, davlatni mohiyati va ishtimoiy belgilarini, jamiyatni boshqarish uchun davlatni maqsad va vazifalarni amalga oshirish usul va shakllaridir. Bu tarifdan quyidagi davlat funktsiyasining belgilari kelib chiqadi.

1.Davlatning vazifasi ya'niy iqtisodiy, madaniy, siyosiy va boshqalar u amalga oshiradigan asosiy yo’lni belgilaydi, barcha faoliyatini shu vazifalarni bajarishga qaratiladi. Shuning uchun davlatning funktsiyalari uning vazifalaridan kelib chiqadi.

2.Davlat funktsiyasida –uning mohiyati nomoyon bo’ladi. Funktsiya orqali davlat mohiyati, uning jamiyati bilan munosabatlari ko’rinadi.

3.Davlat vazifalarini amalga oshirish uchun funktsiya orqali jamiyat boshqarilib, u amaliy ahamiyatga ega bo’ladi.

4.Davlatning vazifa va funktsiyalari jamiyatning iqtisodiy, sinfiy, milliy va madaniy tuzilishi bilan belgilanadi.

5.Davlat funktsiyasi orqali har bir tarixiy bosqichida davlat boshqariladi. Davlat funktsiyasi ichki va tashqi funktsiyalarga bo’linadi. Ichki funktsiyada -- davlatni ichki vazifalari, tashqi funktsiyada esa tashqi vazifalari amalga oshiriladi.

6.Davlat funktsiyasiga huquqiy shakllar davlatni huquq ijodgarligi va huquqni ijro etish faoliyati kiradi.

7. Davlat funktsiyasi davlatni boshqarishda va majbur qilish usullari orqali amalga oshiriladi.

O’zbekiston davlatining asosiy vazifasi –jamiyatdagi barcha ishtimoiy guruh millat, elat, guruh, tabaqalarlaarning manfaatlaarini ifodalab, bozor iqtisodiy siyosatiga utib, demakratik huquqiy davlat ko’rishdir. Davlatning ichki sohada asosiy vazifasi iqtisodiy, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy sohada turli islohatlar o’tkazib bozor iqtisodini asosini yaratishdir. Tashqi vazifasi esa jaxondagi barcha davlatlar bilan aloqa qilib, davlatni tashqi sohasiadgi vazifalarini amalga oshirishdir. Davlat funktsiyasi uning ichki sohadagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy, siyosiy va tashqi vazifalaridan kelib chiqadi.


Download 496.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling