Mavzu: Davlat va huquq asoslari (Konstitutsiyaviy huquq, huquqshunoslik) fanini o‘qitishda kompetentsiyaviy yondashuvlar Reja


Download 142.54 Kb.
bet2/10
Sana24.12.2022
Hajmi142.54 Kb.
#1053810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SbV9rrBMHJmZ1INEPPkDKodgvd20yLGI0QIFkUEv

Uchinchi bosqich 90-yillardan boshlanadi. Bu davrda kompetentlikni ilmiy kategoriya sifatida ta’limda nisbatan qo‘llash bo‘yicha tadqiqot ishlari bajarildi. A.K.Markovaning (1993-1996-y) ishlarida mehnat psixologiyasi kontekstida kasbiy kompetentlik maxsus predmet sifatida har tomonlama qaraladi. Bu davrda shuningdek, o‘qituvchi kompetentligiga tegishli bo’lgan ishlar L.M.Mitina, L.A.Petrovskoy, N.V.Kuzmina, L.P.Alekseeva, N.S.Shabligina va boshqalar tomonidan bajariladi. Mazkur yondashuv rivojlanishining uchinchi bosqichining yana bir jihati shundaki YuNESKO materiallari va hujjatlarida ta’limdan kutiladigan natija sifatida bir qancha kompetentsiyalar ajratib olina boshlandi.
To‘rtinchi bosqich kompetentsiyaviy yondashuvni kasbiy ta’lim, umumta’lim fanlari standartlari mazmuniga kiritish bilan bog‘langandir. 2006-yil 18-dekabrda Yevropa parlamenti va Kengashi uzluksiz ta’lim uchun quyidagi tayanch kompetentsiyalarni tavsiya qildi:

  • O‘z ona tilida muloqot qila olish;

  • Chet tilida muloqot qila olish;

  • Matematik kompetentlik hamda fan va texnika sohasidagi asosiy kompetentsiyalar;

  • Raqamli kompetentlik;

  • O‘qishni o‘rganish;

  • Ijtimoiy va fuqarolik kompetentsiyasi;

  • Tadbirkorlik va tashabbuskorlik tuyg‘usi;

  • Madaniyatdan xabardor bo‘lish va uni ifodalash.

    1. Huquq ta’limida kompetentsiyaviy yondashuv va kompetentsiya tushunchasi

Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur’atlarda jadal rivojlanishi kuzatilmoqda. Ta’lim-tarbiya jarayoniga umumta’lim fanlarini o‘qitishning printsipial yangi metodologiyasi sifatida kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limni joriy etish siѐsiy, umumdavlat va didaktik ahamiyatga ega bo‘lgan hodisa hisoblanadi.
Mazkur jarayonda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, Uzluksiz ta’limni davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim dasturlari bilan ta’minlashda, avvalo, ularning jahon talablari darajasida bo‘lishiga, yuksak ma’naviyat zaminida qurilganiga asosiy e’tibor berish kerak1. Albatta, eng avvalo, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi bugungi kun talabi, jamiyat ehtiyoji, fan va



1 Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq, 1998. – 63 b.
texnikaning rivojlanish tendentsiyalari asosida ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga bog‘liq.
XXI asrda dunyoning rivojlangan davlatlarida ta’lim mazmunini modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ta’limda kompetentsiyaviy yondashuvni joriy etish masalasiga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o’quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo’llay olish layoqatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim hisoblanadi.
Mazkur masala bo‘yicha Yevropa Kengashi 1996-yilda Yevropa uchun tayanch kompetentsiyalar mavzusida Simpozium tashkil etib, unda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning uzluksiz ta’lim tizimi uchun dastlabki tayanch kompetentsiyalar belgilangan2.
Yevropa Parlamenti amaliy tajriba va takliflar asosida 2006-yil 18-dekabrda Yevropa Ittifoqiga
a’zo davlatlarga uzluksiz ta’lim tizimi jarayonida shakllantirilishi lozim bo’lgan 8 ta tayanch kompetentsiyalarni tavsiya qilgan3.
Dunyoning rivojlangan davlatlarining davlat ta’lim standartlaridagi tayanch kompetentsiyalarning tahlili bugungi kunda mazkur masalaga qarash va yondashuvlar har mamlakatning ta’limdan ko‘zlagan maqsadi, imkoniyati va shart-sharoitlaridan kelib chiqqanligini ko’rsatdi.

Download 142.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling