Mavzu: Davlat va huquq asoslari (Konstitutsiyaviy huquq, huquqshunoslik) fanini o‘qitishda kompetentsiyaviy yondashuvlar Reja


Download 142.54 Kb.
bet5/10
Sana24.12.2022
Hajmi142.54 Kb.
#1053810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SbV9rrBMHJmZ1INEPPkDKodgvd20yLGI0QIFkUEv

Tayanch kompetentsiyalar insonning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirisha olish, jamiyatda o‘z o‘rnini egallay olish, duch keladigan muammolarning yechimini hal eta olish, eng muhimi, o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘la olish ko‘nikma, malakalarini tarkib toptirishga qaratiladi.
Kommunikativ kompetentsiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetentsiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetentsiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetentsiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.
Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy kompetentsiyalar ham shakllantiriladi. Jumladan:

    1. Huquqiy ongga ega bo‘lish kompetentsiyasi. Bunda o‘quvchi:

      • Konstitutsiya, davlat, huquq, burch, majburiyat, fuqaro, inson, qonun, axloq, odob kabi huquqiy tushunchalarning mazmunini bila oladi;

      • huquq va huquqqa zidlik haqida ma’lumot bera oladi;

      • axloq va huquq qoidalarini biladi;

      • bola huquqlari, voyaga yetmaganlik, mehnat huquqi, oila huquqi, fuqarolik huquqi kabi tushunchalarning mazmunini bila oladi.

      • Jamiyat, davlat va huquqning paydo bo‘lishi, huquqbuzarlik va ularning belgilari haqida ma’lumot bera oladi;

      • inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va burchlarini biladi;

      • hokimiyat va uning bo‘linish prinsiplari, belgilari, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat va uning asoslarini tushuntira oladi;

      • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik, mehnat, ma’muriy va jinoyat qonunchiligida belgilangan voyaga yetmaganlarga oid huquqlarni va cheklovlarni biladi;

      • O‘zbekiston Respublikasining protsessual qonunchiligida belgilangan voyaga yetmaganlarning huquqlarini biladi;

      • huquq sohalari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi;

      • huquqiy voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib bera oladi;

      • kundalik faoliyatida vujudga keladigan turli vaziyatlarni huquqiy jihatdan to‘g‘ri baholab, maqbul qaror qabul qila oladi.

      • huquq manbalarini biladi;

      • voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarning huquqiy asoslarini tushuntira oladi;

      • huquqiy voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib beradi.

      • jamiyat, davlat, huquq, huquq sohalari, normativ-huquqiy hujjatlar mohiyati va belgilarini tushuntira oladi;

      • xalqaro umume’tirof etilgan konventsiyalarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi;

      • davlat organlari va muassasalariga murojaat qilish tartibi va qoidalarini biladi;

      • tanlagan kasbining huquqiy asoslari haqida ma’lumot bera oladi;

      • o‘z kasbiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashni biladi.


    2. Download 142.54 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling