Mavzu: Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari Reja


Ikkinchidan, bu fan umumnazariy fan, zero u jamyatda davlat va huquqning paydo bo’lish va rivojlanish umumiy qonuniyatlarni ochib beradi. Uchinchidan


Download 31.29 Kb.
bet3/5
Sana24.02.2023
Hajmi31.29 Kb.
#1226412
1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari

Ikkinchidan, bu fan umumnazariy fan, zero u jamyatda davlat va huquqning paydo bo’lish va rivojlanish umumiy qonuniyatlarni ochib beradi.
Uchinchidan, bu fan falsafiy hususiyatga ega. Chunki davlat va huquqning paydo bo’lish va rivojlanish qonuniyatlarni falsafaning (dialektik va tarixiy materializm) qonunlariga asosan o’organadi.
To’rtinchidan bu fan amaliyot bilan bo’g’liqdir. Chunki u O’zbekistonda demokratik huquqiy islohatlarni amalga oshirishda nazariy asos bo’lib hizmat qiladi. U shahs jamiyat, davlat va huquqning rolini oshirishda amaliy harekterga ega.
Beshinchidan, bu fan o’quv - tarbiyaviy ahamiyatga ega. Chunki u kishilarning jamiyat, davlat va huquq tuhrisidagi bilimini oshirmasdan, balki ularda huquqiy bilim, huquqiy tarbiya, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirishga yordam beradi.
Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqning rivojlanish qonuniyatlarini barchasini o’rganmaydi, balki u faqat umumiy va asosiylarini o’rganadi. Jumladan,bularga quyidagilar kiradi:
- Davlat va huquqning paydo bo’lishi (vujudga kelishi), ularning tarixiy o’rin almashuvi qonuniyatlarini;
- Davlat va huquqning rivojlanishi mohiyati va mazmunini;
- Davlatning mexanizimi uning ichki va tashqi funktsiyalarni;
- Davlat va huquqning belgilarini;
- Davlat organlarni qurilish tizimi qonuniyatlarini;
- Demokratiya, qonuniylik, huquqiy tartibotning umumiy printsiplarini;
huquqni vazifasi,funktsiyasini hamda huquqiy tartibga solishning chegaralarini o’rganadi.
Jumladan, davlat va huquq nazariyasining predmeti bo’lib, davlat - huquq hodisalarining paydo bo’lishi, rivojlanishi va amal qilishining umumiy qonuniyatlari tizimini o’organish hisoblanadi.
Davlat va huquq nazariyasi - davlat huquqda o’z ifodasini topgan jamiyat rivojining ob'ektiv qonunlarini ularning ijtimoiy siyosiy maqsadlarini tushuntiradi, ijtimoiy munosabatlarni davlat huquqiy tartibga solishning va bu munosabatlarning rivojlanish tendentsiyasini tartibga solishning butun bir mexanizimini ochib (ko’rsatib) beradi.
Boshqa fanlar kabi davlat va huquq nazariyasining predmeti ham o’zgarmasdan qolmaydi.

Download 31.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling