Mavzu: Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari Reja
Download 31.29 Kb.
|
Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Davlat va huquq nazariyasi fanining asosiy vazifalari, funktsiyalari
Mavzu: Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari Reja: Kirish Asosiy qism 1.Davlat va huquq nazariyasi fanining asosiy vazifalari, funktsiyalari 2.Davlat va huquq nazariyasining usuli. 3.Davlat va huquq nazariyasining usuli. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Kirish Har bir fanni aniqlash uchun bu fanning umumiy fanlar tizimida tutgan o’rni, roli va ahamiyati,o’organiladigan ob'ektini bilish zarur bo’ladi. Boshqa fanlar qatori «Davlat va huquq nazariyasi» insonlarning faoliyat doirasini ifodalab beruvchi fan sifatida o’z oldiga shunday vazifani qo’yadi, ya'ni: birinchi navbatda, davlat va huquq to’g’risidagi hodisalarni, bu hodisalarning jamiyatdagi o’rni huquqiy fikrlarning ob'ektivligi borasidagi bilimlarni ishlab chiqish va uni nazariy jihatdan ma'lum bir tizimga solishni ko’zlaydi. Davlat va huquq to’g’risidagi ilm - bu davlat-huquqiy hodisalarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va amal qilishini o’organuvchi umum siyosiy-yurudik qonuniyatlar xahidagi bilimlar tizimining yig’indisidir. Bu fan yuqoridagi hodisalarni to’laligicha o’rganadi (kuzatadi) va shu bilan o’zining fundamental harakteriga ega. Umuman shuni ta'kidlash mumkin, davlat va huquq nazariyasi - bu mavjud bo’lgan, zarur, umumiy va mustahkam bog’lh bo’lgan davlat - huquqiy hodisalarning o’zaro hamda boshqa ijtimoiy hodisalar bilan bog’lhligini ifadolovchi qonuniylik bo’lib bu qonuniylik davlat - huquqiy hodisalarga va ularning siyosiy - yuridik xususiyatlariga nisbatan sifatli aniqlik kiritadi. Davlat va huquq o’zaro mustahkam aloqada bo’lib, bir-birini ifoda etadi, ajralgan holda bo’lmaydi. Davlat huquq normalarni o’organadi, ularning ijrosini taminlaydi; huquq esa, davlat tizimini, uning funktsiyalarni, kompetentsiyasini mustahkamlaydi va bu bilan u davlatning siyosiy hokimiyatni amalga oshirish uchun aniq ifoda baxsh etadi. 1.Davlat va huquq nazariyasi fanining asosiy vazifalari, funktsiyalari Huquqiy bilim berish konstepstiyasi davlatning huquqiy xayotida ijodiy faol qatnasha oladigan, yuqori kvalifikatsiya va keng (chuqur) bilimga ega bo’lgan mutaxasislarni tayyorlashga qaratilgan. Davlat va huquq nazariyasi ikkita asosiy funktsiyani bajaradi: 1) talabalarga huquqiy bilim beradi 2) ularning umumnazariy bilimlarini ta’minlaydi. Birinchi funktsiya, davlat va huquq nazariyasining asosi o’organilayotganda tatbih etiladi. Bunda talabalar davlat va huquqshunoslik huquqgi dastlabki tushuncha va qoidalarni o’organib ularga sohaviy yuridik fanlarni o’organishga o’tishga yo’l ochib beradi (konstitutsion, fuqarolik, jinoyat huquqlari, ma'muriy, mehnat huquqlari...). Ikkinchi funktsiya, talabalarni abstrakt, tahliliy fikrlar yuritishga o’rgatib, ularning siyosiy va huquqiy ongini shakllantirishga yordam beradi. Bu funktsiyaning tatbiqi 1-kursda boshlanib, oxirgi kursda yakunlanadi, ya'ni butun kursning nazariy yakunlari tugatiladi, talabalarda yuridik tizimlar to’g’risida to’la tasavvur shakllanadi. Davlat va huquq nazariyasi fundamintal fan sifatida bir hator funktsiyalarni bajaradi: Ontologik funktsiya. Ontologiya- bu ijtimoiy hayot huquqgi ilm va fikrlar, bunda uning printsiplari, tuzilishi va qonuniyatlari o’organiladi. Davlat va huquq nazariyasi bu funktsiyani bajara turib, davlat va huquq qanday va nima uchun paydo bo’ldi, bugungi kunda ular handay va kelajakda ularning qismati (tahdiri) nima bo’ladi degan savollarga javob beradi. Gnoseologik funktsiya, ya'ni bilish funktsiyasi. Bu funktsiya bilishning tabiatiga, uning real muhitga munosabatini o’rganishga haratilgan. Evristik funktsiya(nazariy bilish). Evristika – bu hahihatni yangiliklarni izlab topish san'ati. Davlat va huquq nazariyasi davlat-huquq hodisalarni o’rganibgina holmasdan, balki uning bugungi kundagi rivojlanish qonuniyatlarini ham o’organadi. Metodologik funktsiya. Fudamental fan sifatida davlat va huquq nazariyasi sohaviy yuridik fanlarga nisbatan metodologik fanktsiyasini bajaradi. Siyosiy-boshqaruvchilik funktsiyasi. Davlat va huquq doimo siyosiy harashlar,chuqur siyosiy baxslarning fokusi bo’lib kelgan. Davlat hokimiyati kimning ko’lida bo’lsa, asosan u hamma narsani xal qiladi. Bu funktsiya esa davlat boshqaruvi orhali bajariladi (tatbiq etiladi). Davlat va huquq nazariyasi davlat siyosatining (ichki va tashki) ilmiy asosini shakllantirishga hamda davlat boshqaruvining ilmiyligini ta'minlashga haratilgan. Ideologik funktsiya. Davlat va huquq nazariyasi bu funktsiya orhali ijtimoiy hayotga,kishilarning hulqiga,nafaqat davlat va huquq orqali, balki to’g’ridan-to’g’ri ta'sir etib, huquq sub'ektlarining huquqiy ongiga va yaxlit butun ijtimoiy hayotni tartibga solishda hoyaviy omil sifatida yo’zaga chiqadi. Amaliy-tashiliy funktsiya. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqning amal qilishda (funktsionirovat) asosiy ilmiy asos bo’lib xizmat qilgan holda, Davlat qurilishidagi ko’pgina muammolarni yechishga qaratilgan taklif (rekomendattsiya)larni ishlab chiqadi. Prognostik funktsiya. Davlatchilik va huquq soxasining keljakdagi axvolini ilmiy ko’zatish,o’organish(prognoz) muhim ahamiyatga ega.Chunki buning natijasida davlat-huquqning qanday rivojlanishi to’g’risida ilmiy ma'lumotlar beradi(olinadi). O’quv kursi sifatida fanning tuzilishi. Davlat va huquq nazariyasining predmetiga an'anaviy ravishda fanning umumiy harakteristikasiga taalluqli bo’lgan barcha masalalar (predmet va metod, ijtimoiy va yuridik fanlar tizimidagi o’rni), davlat va huquqning kelib chiqishi o’zgarishi bilan bog’liq masalalar kiradi. Umumiy huquq nazariyasiga taalluqli masalalar juda keng bo’lib, bularga: * ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tizimida huquq; * huquqning printsiplari, shakllari, manbalari, ijtimoiy mohiyati; * huquq va ma'naviyat; * huquqiy ong va huquqiy madaniyat; * huquq normalari - tushunchasi, belgilari, tuzilishi, turlari; * huquqiy va normativ - huquqiy aktlar (tushunchasi, printsiplari, tuzilishi turlari); * huquq tizimi va qonunchilik tizimi; * huquqiy munosabatlar (tushunchasi, tuzilishi, turlari); * huquq ijodkorlari; huquqni tatbiq etish; va x. Umumiy davlat va huquq nazariyasiga taalluhli masalalarga quydagilar kiradi: - siyosiy tizim huquqgi tushunchalar; davlat hokimiyati boshqaruv, davlat apparati huquqgi tushunchalar; - davlat shakllariga harakteristika (boshqaruv shakli,davlat tuzilishi, siyosiy rejim); - davlatning funktsiyalariga va mexanizimiga harakteristika. Bir guruh mustaqil o’organiladigan masalalarga : - huquqiy tartibot muammolari (huquqona hulh, huquqbo’zarlik, uning tushunchasi, turlari, tarkibi): - Yuridik javobgarlik (tushunchasi, belgilari, turlari; qonuniylik va huquq tartibot; xavfsizlik va x.) Bundan tashhari davlat va huquq doimo rivojlanishdadir. Jamiyat taraqqiyotining har bir yanti bosqichga kirishi - davlat va huquqning yangi bosqichidir. Bunda davlat va huquq mohiyatiga ko’ra eski bosqichning ijobiy tomonini saqlab, yangi tajribalarni to’plab ijtimoiy belgilari bilan o’z funktsiyasini bajaradi. Buning isboti uchun bir tomondan quldorlik va feodal davlat va huquqini, ikkinchi tamondan hozirgi kapitalistik davlat va huquqni solishtirish mumkin. Download 31.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling