Mavzu: Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari Reja


Sotsial (ijtimoiy) tajribadan kelib chiqqan holda fan o’z oldiga muhim va zarur vazifalarni o’organishni qo’yadi


Download 31.29 Kb.
bet4/5
Sana24.02.2023
Hajmi31.29 Kb.
#1226412
1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari

Sotsial (ijtimoiy) tajribadan kelib chiqqan holda fan o’z oldiga muhim va zarur vazifalarni o’organishni qo’yadi.
Birinchi navbatda quyidagi muammolarni o’organish turadi:
-Hokimiyat apparati va boshqaruvni shakllantirish va rivojlantirish qonuniyatlarini;
-Demokratiyani rivojlantirish, vakillik tizimini shakllantirish yo’llarini;
huquq tizimini takomillashtirish va qonunchilikni tizimlashning asosini ishlab chiqish, ularning amalda tatbih etlishi yo’llarini;
-Davlat va huquqning ijtimoiy munosabatlarga nisbatan ta'sir dorasini anihlash va boshqalar;
-Xozirgi paytda dunyoning barcha mamlakatlaridagi ijtimoiy siyosiy tarahhiyot davlat va huquqning roli (o’rni)ni oshib borayotganini harakterlaydi, ya'ni turlicha ijtimoiy jarayonlarga davlat va huquqning ta'siri yetarli sezilmoqda.
3.Davlat va huquq nazariyasining usuli.
Davlat va huquq naziriyasi qotib bo’lgan (dogmatik) fan bo’lmasidan, balki u doimiy ravishda izlanishda bo’lgan, rivojlanib boruvchi, jonli fandir. U bilish usullari (metodlari)ni yangilab va rivojlantira borib, o’zining asosiy vazifasini bajarishga, davlat - huquqiy amaliyotda ilmiy mo’ljal bo’lib xizmat qilishga yondasha boradi.
Shunday qilib, davlat va huquq naziriyasining usuli (metodi)- ushbu fan tomonidan o’zining predmetini o’organish hamda ilmiy natijalar olish uchun foydalanadigan yo’llar, usullar, yondashishlardir.
Oxirgi bir necha o’n yillar davomida davlat va huquq hodisalarini o’rganishga yondashishda - markscha-lenincha yondashish gegemonlik qilib qoldi.
Davlat va huquq to’g’risidagi markscha-lelincha nazariya hahihatni ochib beruvchi eng bosh ob'ektiv fan (ilm) deb tan olinib keladi. Bu esa o’z navbatida boshqa nazariyalar va harashlar (doktrina)ni u yoki bu ko’rinishda tanhid ostiga olib keldi, va natijada, davlat va huquq to’g’risidagi bilimlarni qashshoqlashtirib, dunyoning siyosiy va huquqiy sohasidagi ilg’or yutuhlaridan foydalanishga to’sqinlik qiladi.
Bugungi kunda davlat va huquq naziriyasi uchun oldingi va xozirgi davlat-huquq huquqiy bilimlarni baholash va analiz (tahlil) etish uchun konstruktiv-tanhidiy yondashish to’g’riroq bo’ladi.
Davlat va huquq nazariyasi usullari (metodi) uning predmeti bilan mahkam bog’liqdir.
Agarda fanning predmeti - u nimani o’organadi degan savolga javob bersa, usullari esa qanday o’rganilishi yo’llari savoliga javob beradi. Fanning usuli asosida uning predmeti yotadi, chunki nazariyasiz usul predmetsiz qoladi, fan esa - mazmun va mohiyatsiz. 
Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq hodisalarini o’organish uchun o’zining shaxsiy usullarini ishlab chiqadi, lekin shu bilan birga ijtimoiy va tabiiy fanlar tomonidan ishlab chiqilgan umumiy usullarni ham faol qo’llaydi.
Fan uzoq muddat davomida bilishning idealisitik va materialistik usullari bir-biriga harishi ko’rashib keladi (metafizika, dialektika).
Falsafiy qonun va kategoriyalarga bevosita kirishib (bohlanib) ketadigan usullardan biri-mavhumlik (abstrakt)dan konkretlikka va konkretlikdan mavhumlikka utish usulidir.
Jumladan, davlat va huquq huquqgi hodisalarni o’organishda tarixiy usul ham ho’llanadi. Chunki, fan davlat va huquqning ildizini bilish uchun tarixiy an'analarni bilishi zarur bo’ladi
Umumiy usul bu falsafiy (dialektik va tarixiy materializm) qonunyatlariga asosan davlat va huquq masalarini o’organishdir. Dialektikaning 3-ta asosiy qonuni bo’lib, ular qarama - qarshiliklar birligi va ko’rashi qonuni, mikdor o’zgarishlarning sifat o’zgarishlarga o’tishi va inkorni inkor qilish qonuni ososida davlat va huquqning paydo bo’lish va rivojlanishi o’organiladi.
Falsafiy usulga asosan davlat va huquqni o’organish- bu ijtimoy hodisa, bular boshqa ijtimoiy hodisalar inson bilan jamiyat hayotining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va mafko’raviy sharoitlari bilan bo’g’liqdir.
Davlat va huquq nazariyasining usuli- deganda bu fan o’rganadigan predmetni ilmiy o’rganish yullariga aytiladi. Bu usullar davlat va huquqning mohiyati, vazifalari, funksiyalari va rivojlanishiga ilmiy bilish uchun hizmat qiladi. Bu fan o’z predmetini umumiy va hususiy usullar orkali o’rganadi.
Umumiy usul bu falsafiy (dialektik va tarihiy materializm) qonuniyatlariga asosan davlat va huquq masalarini o’rganishdir. Dialektikaning 3-ta asosiy qonuni bo’lib, ular harama - karshiliklar birligi va kurashi qonuni, mikdor o’zgarishlarning sifat o’zgarishlarga o’tishi va inkorni inkor hilish qonuni ososida davlat va huquqning paydo bo’lish va rivojlanishi o’rganiladi.
Falsafiy usulga asosan davlat va huquqni o’rganish - bu ijtimoy hodisa, bular boshqa ijtimoiy hodisalar inson bilan jamiyat hayotining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy sharoitlari bilan bohlihdir. Bundan tashhari davlat va huquq doimo rivojlanishdadir. Jamiyat taraqqiyotining har bir yanti bosqichga kirishi - davlat va huquqning yangi bosqichidir. Bunda davlat va huquq mohiyatiga ko’ra eski bosqichning ijobiy tamonini sahlab, yangi tajribalarni tuplab ijtimoiy belgilari bilan o’z funktsiyasini bajaradi. Buning isboti uchun bir tamondan quldorlik va feodal davlat va huquqini, ikkinchi tamondan hozirgi kopilastik davlat va huquqni solishtirish mumkin.
Davlat va huquq nazariyasining umumiy usuli bilan bir katorda, uning hususiy ilmiy usullari ham mavjud. Bu usullarga quyidagilar kiradi. mantikiy usul, siyosiy usul, tarihiy usul, sotsiologik usul, sistemaliy usul,kiberneka va boshqa usullar.
Mantiqiy usul - davlat va huquq masalalarini mantiq ilmining tafakkur va bilish qonuniyatlarining usul va vositalariga asosan o’rgatadi. Davlat va huquq masalalarini o’rganishda mantiqiy usuldan foydalanish bular haqidagi ilmiy hulosalar chiqarishga imkon beradi.
Qiyosiy usul - bu davlat va huquq hahidagi tushunchalar hodisalar o’zaro solishtirilib, ular o’rtasidagi o’hshashlik va farhlar anihlanadi. Bu usulning fanda va amaliyotda ahamiyati juda kattadir. Masalan davlat va huquqning har bir tipi (quldorlik, feodal, burjuaziya) avvalgisiga nisbatan ijobiydr.
Tarixiy usul- davlat va huquq masalalari tarihiy rivojlanishning turli bosqichlarida o’rganiladi. Bunda kishilik jamiyatining turli davrlarida sodir bo’lgan vokealar, hodisalar, tarihiy manbalar qonunlar, alohida ishlar bo’yicha sud kororlari o’rganiladi.
Sotsialogik usul- Davlat va huquq masalalarini o’rganishda alohida dalillar va faktlar asosida o’rganiladi. Bu usul alohida suroklar orkali o’rganishni, anketalar yordamida ma'lumotlar tuplash statistikadan foydalaniladi.
Kibernitik usul- Davlat va huquq sohasida ahborat berishda matematik - statistik usullarni qo’llaigan holda huquqiy statistika va ahboratlarni kompiterlar yordamida kayta ishlashda turli hil tehnika vositalaridan foydalinadi.
Davlat va huquqni o’organishning yana bir usuli - tizimli usul bo’lib, u davlat va huquqning o’z mohiyatiga, tuzilishiga ko’ra - murakkab tizimiy hodisadir.
Yuqoridagi usullarning barchasi umum ilmiy usullar jumlasiga kiradi.
Davlat va huquq nazariyasining umumilmiy usullari bilan bir hatorda davlat va huquq tushunchasini anhlashga yordam beruvchi xususiy ilmiy usul (metod)lari mavjud. Bu metodlarga quyidagilar kiradi: formal-mantiqiy; formal-yuridik; qyoslash; davlat va huquqni modellashtirish; konkret-sotsiologik; sotsial-eksperiment va b.
Formal-mantiqiy usul - davlat va huquq ob'ektining mohiyatini, asosiy mazmunini nazariy formada, abstraktsiya (mavhumlik) va mantihiy qonuniyatlarga asosan o’rganadi.
Formal-yuridik usul - huquq nomalarini va umum huquqni ichki tuzilishini o’rganadi, huquqning shakllari va manbalarini tahlil qiladi va h. Umuman bu usul davlat va huquqning tabiyatidan kelib chiqqan holda, u davlat va huquqning fenomeni (eng nodir hodisa tomonlari)ni ochib berishga, klassifikatsiya qilishga va ma'lum tizimga solishga yordam beradi.
Qiyoslash usuli - davlat va huquq huquqgi hodisa va fikrlarni (harashlarni) kiyoslab o’rganishdir.
Davlat va huquqni madellashtirish usuli - bu usulning mohiyati shundaki, har xil davlat va huquq hodisalari o’rtasida ma'lum bir uxshashlik mavjud va shuning uchin ham ulardan birining xususiy va belgilarini bilgan holda (modelini), boshqalari huquq yetarlicha fikr yuritsa bo’ladi.
Konkret-sotsiologik usul - bu usul yordamida barcha davlat organlarining huquqiy tartibga solishning, qonuniylik ahvolini, huquq-tartibotlik to’g’risida, ularning amal qilishning samaraligi huquq anihlik kiritish mumkin.
Sotsial-eksperement usuli - davlat va huquqqa doir biror normani qo’llanishning maqsadga muvofihligini tajriba (eksperiment) yo’li bilan sinab ko’rish mumkin.


Xulosa

Huquqiy bilim berish konstepstiyasi davlatning huquqiy xayotida ijodiy faol qatnasha oladigan, yuqori kvalifikatsiya va keng (chuqur) bilimga ega bo’lgan mutaxasislarni tayyorlashga qaratilgan.



Download 31.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling