Mavzu. Davlat xaridlarining mohiyati va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati


Download 354.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana09.06.2023
Hajmi354.03 Kb.
#1469602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-MAVZU

Maxsus axborot portali operatori - davlat xaridlarining sub’ektlariga xarid
qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish, maxsus axborot portaliga
e’lonlarni, buyurtmanomalarni hamda davlat xaridlari va ularning yakunlari


to‘g‘risidagi boshqa axborotni joylashtirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi
maxsus vakolatli yuridik shaxsdir.
Maxsus axborot portali – operatorning davlat xaridlari o‘tkazilishini, davlat
xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlar, davlat xaridlari yakunlari, xarid qilish tartib-
taomillari ishtirokchilarining takliflari haqidagi axborotning va qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa axborotning elektron shaklda joylashtirilishini va
ko‘rilishini, shuningdek elektron davlat xaridlari o‘tkazilishini ta’minlovchi veb-
sayti va maxsus elektron platformasidir.
Maxsus axborot portali operatori:

maxsus axborot portalining uzluksiz ishlashini, unga joylashtirilgan
axborotning but saqlanishini va bir butunligini, mazkur portalning tegishli davlat
boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari va axborot tizimlari bilan belgilangan
tartibda uyg‘un ishlashini ta’minlaydi.

qonun hujjatlariga muvofiq axborotning elektron shaklda saqlanishini, shu
jumladan elektron hujjatlar va elektron xabarlar saqlanishini ta’minlaydi;

maxsus axborot portalida davlat boshqaruvi organlari o‘rtasida axborot
almashinuvini tashkil etadi;

maxsus axborot portalini O‘zbekiston Respublikasi hududidagi apparat-
texnika vositalariga joylashtiradi;

vakolatli organ, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat
qo‘mitasi, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
huzuridagi
«O‘zinjiniring» respublika loyihalashtirish instituti bilan hamkorlikni amalga
oshiradi.
Maxsus axborot portali operatori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Maxsus axborot portali operatori:

ishtirokchi, ijrochi sifatida davlat xaridlarida ishtirok etishga, ularning
affillangan shaxsi bo‘lishga;



davlat xaridlarini amalga oshirish va narx belgilash jarayoniga
aralashishga, kontragentlarni tanlashda va shartnomalar tuzishda davlat xaridlari
sub’ektlarining erkinligini cheklashga, shuningdek davlat xaridlari sub’ektlarining
huquqlarini boshqacha tarzda cheklashga, bundan qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollar mustasno;

o‘tkazib beriladigan, olinadigan va saqlanadigan elektron hujjatlar hamda
elektron xabarlarning ishonchliligini, shuningdek agar qonun hujjatlarida yoki
shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning qonun
hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilishga yoki tekshirishga;

davlat xaridlari sub’ektlari tomonidan joylashtiriladigan elektron hujjatlar
va elektron xabarlarning mazmunini o‘zgartirishga haqli emas.
Maxsus axborot portali operatori davlat xaridlari sub’ektlarining ushbu
operatorga beriladigan elektron hujjatlari va elektron xabarlarining, shu jumladan
bo‘lajak davlat xaridlari to‘g‘risida maxsus axborot portalida joylashtiriladigan
axborotning mazmuni bilan bog‘liq huquqiy oqibatlar uchun javobgar bo‘lmaydi.

Download 354.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling