Mavzu. Davlat xaridlarining mohiyati va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
Download 354.03 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU
Xarid komissiyasi - xarid komissiyasi xarid qilish tartib-taomillari g‘olibini
tanlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan kollegial organdir. Xarid komissiyasi ishining asosiy maqsadi ishtirokchilarning takliflarini buyurtmaga muvofiqlik darajasi bo‘yicha xolis baholashdan va tartibga solishdan hamda davlat xaridlari raqobatlashuv usullari orqali amalga oshirilganda g‘olibni (g‘oliblarni) tanlashdan iborat. Xarid komissiyasi davlat buyurtmachisi huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatadigan, davlat buyurtmachisining tegishli qarorlari bilan shakllantiriladigan va tarqatib yuboriladigan organdir. Xarid komissiyasi toq sonli a’zolardan iborat bo‘ladi, uning a’zolari tarkibi va soni xarid qilish tartib-taomilining turiga bog‘liq bo‘ladi hamda olinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) xususiyatlari inobatga olingan holda o‘zgartirilishi mumkin. Xarid komissiyasi a’zolari xolis bo‘lishi va xarid qilish tartib-taomili g‘olibini tanlashdan shaxsan manfaatdor bo‘lmasligi kerak. Xarid komissiyasining ishiga rais rahbarlik qiladi, u xarid komissiyasi majlislarini chaqiradi va olib boradi, ovozga qo‘yishni va xarid komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni e’lon qiladi, shuningdek xarid komissiyasi majlislarining bayonnomalarini imzolaydi. Xarid komissiyasi raisi yo‘qligida uning vazifalarini o‘rinbosari bajaradi. Xarid komissiyasining tezkor faoliyatini uning mas’ul kotibi tashkil etadi. Xarid komissiyasining har bir a’zosi ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Xarid komissiyasining raisi ovoz berishda ishtirok etishdan bosh tortish huquqiga ega emas. Xarid komissiyasining majlislari yuzma-yuz yoki sirtdan (so‘rov orqali, barchaning ishtirokisiz) o‘tkazilishi mumkin. Yuzma-yuz majlislar konferentsiyalar (videokonferentsiyalar va hokazo) shaklida o‘tkazilishi mumkin. Majlis o‘tkazilgan sanada bir davlat xaridi bo‘yicha qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan kam miqdordagi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi bo‘yicha xarid komissiyasining qarorlari xarid komissiyasining sirtdan o‘tkaziladigan majlisida, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan ortiq miqdordagi davlat xaridi bo‘yicha xarid komissiyasining qarorlari esa xarid komissiyasining faqat yuzma-yuz majlisida qabul qilinishi mumkin. Qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan ortiq miqdordagi davlat xaridlari o‘tkazilganda xarid komissiyasi tarkibiga davlat buyurtmachisining vakillaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zinjiniring» respublika loyihalashtirish institutining vakillari kiritiladi. Vakolatli organ xarid komissiyasining majlisiga o‘z vakilini kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun yuborishga haqlidir. Xarid komissiyasining yuzma-yuz majlisi o‘tkazilishi uchun xarid komissiyasi a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi ishtirok etishi zarur. Qaror xarid komissiyasi a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Xarid komissiyalari a’zolarida ishtirokchilar bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjud bo‘lgan taqdirda, xarid komissiyasining bunday a’zosi bu masala ko‘tarilgan majlisda o‘zini o‘zi rad etishi va mazkur masala bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etmasligi kerak, bu haqda bayonnomada qayd etiladi. Agar xarid komissiyasiga mazkur komissiya a’zosining affillanganligi mavjudligi tegishli masala yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar ma’lum bo‘lib qolgan bo‘lsa, uning o‘zi esa o‘zini o‘zi rad etmagan bo‘lsa, bunday a’zoning mazkur masala bo‘yicha ovoz berishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar xarid komissiyasiga tegishli masala bo‘yicha ovoz bergan mazkur komissiya a’zosining affillanganligi mavjudligi qaror qabul qilinganidan keyin ma’lum bo‘lib qolgan bo‘lsa, bunday a’zoning ovozi mazkur masala bo‘yicha ovoz berish natijalaridan chiqarib tashlanadi. Xarid komissiyasi quyidagi vazifalarni bajaradi: tanlov (tender) hujjatlarini kelishadi; takliflar qabul qilinadigan muddatlarni belgilaydi; takliflarni ochish tartib-taomillarini belgilaydi; takliflarni baholash mezonlarini belgilaydi; taklif kiritish tartibini, hajmini va uni ta’minlash shaklini belgilaydi; xarid qilish tartib-taomili ishtirokchilarining takliflarini ochishni amalga oshiradi; malaka tanlovini o‘tkazadi, agar tanlov (tender) hujjatlari shartlarida bu nazarda tutilgan bo‘lsa; xarid qilish tartib-taomillarini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi; xarid qilish tartib-taomillarining raqobatlashuv turlari ijrochisini va zaxira ijrochisini belgilaydi yoki savdoni amalga oshmagan deb topadi. Xarid komissiyasi ijrochini aniqlash tartib-taomillari davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi, o‘zi qabul qilayotgan qarorlarning asosliligi va beg‘arazligi uchun javobgar bo‘ladi. Xarid komissiyasi davlat xaridlarining boshqa sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar uchun javobgar bo‘lmaydi. Xarid komissiyasi tomonidan o‘z vakolati doirasida qabul qilinadigan qarorlar barcha ishtirokchilar uchun majburiydir. Xarid qilish tartib-taomillari: xo‘jalik faoliyati doirasida o‘tkazilganda xarid komissiyasi davlat buyurtmachisining vakillari orasidan, zarur bo‘lgan taqdirda ovoz berish huquqiga ega ekspertlar jalb etilgan holda shakllantiriladi; loyiha faoliyati doirasida o‘tkazilganda xarid komissiyasi vazifalarini belgilangan tartibda tashkil etiladigan loyihani amalga oshiruvchi guruh bajaradi, u xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish natijalari to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. Download 354.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling