Mavzu. Davlat xaridlarining mohiyati va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati


Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi-


Download 354.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana09.06.2023
Hajmi354.03 Kb.
#1469602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-MAVZU

Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi- xaridlarini ijro etish uchun
talabgorlar sifatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va
norezidentlari xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
Ishtirokchi:

davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotdan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hajmda foydalanish;

muayyan davlat xaridlari tartib-taomillari, ularni o‘tkazish talablari va
shartlari bo‘yicha so‘rovlar berish va tushuntirishlar olish;

xarid komissiyasi tomonidan takliflar ochilayotganda belgilangan tartibda
ishtirok etish;



xarid qilish tartib-taomillari buzilgan taqdirda davlat xaridlari natijalari
ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;

davlat xaridlari tartib-taomillarida ko‘rsatilgan hollarda qonun hujjatlariga
muvofiq takliflarga o‘zgartishlar kiritish yoki ularni qaytarib olish huquqiga ega.
Ishtirokchi:

davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;

davlat xaridlari to‘g‘risidagi hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lgan takliflar
va hujjatlarni taqdim etishi hamda taqdim etilgan axborotning ishonchliligi uchun
javobgar bo‘lishi;

g‘olib deb topilgan taqdirda davlat buyurtmachisi bilan qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda shartnoma tuzishi shart.
Ishtirokchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi
va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Davlat xaridlari ijrochisi - xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha
g‘olib deb topilgan va u bilan shartnoma tuzilgan ishtirokchi davlat xaridlari
ijrochisidir.
Ijrochi:

davlat buyurtmachisi bilan tuzilgan shartnomani ijro etish jarayonida
tushuntirishlar olish uchun unga murojaat qilish;

etkazib berilgan tovar (ish, xizmat) uchun haq olish;

shartnoma shartlariga muvofiq va (yoki) qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega.
Ijrochi:
 davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
 shartnomani uning shartlariga muvofiq ijro etishi;
 shartnomani ijro etish jarayonida davlat buyurtmachisiga yoki vakolatli
davlat organiga uning so‘rovi bo‘yicha tushuntirishlar va axborot berishi shart.
Ijrochi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va
uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.



Download 354.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling